"Storge muhabbat" Sokin, yoqimli, tushunmovchiliklardan xoli tuyg'u. Storge muhabbat "bir qarashda" emas, balki asta-sekinlik bilan paydo bo'ladi. Bu tuyg'uga muyassar bo'lganlar bir-birlarini so'zsiz tushunadigan, ko'ngil yaqinligini qadrlaydigan, muhabbat olovini so'ndirmaslik odatini o'zlashtirgan bo'ladilar. Muhabbatning bu turi eng mustahkam va barqaror hisoblanadi. "Agape muhabbat" Bunday muhabbatga yo'liqqanlar o'ta fidoyi bo'lishadi. Ular har qanday hiyonatni kechirib, sevgilisining bahti uchun o'zidan kechishga ham tayyor. Afsuski, bunday muhabbat kam uchraydi. Chunki odamlar, asosan, xudbin bo'lishadi. Darvoqe, shuni aytish kerakki, agape muhabbat erkaklardan ko'ra ayollarda ko'proq kuzatiladi. "Maniya, ya'ni savdoyi muhabbat" Og'riqli ehtirosning belgilari - uyqu va ishtahaning yo'qolishi, qattiq iztirob chekish. Bunday muhabbatga yo'liqqanlar birga yashashga ham, alohida yashashga ham chiday olmaydilar. Kishini tushkunlikka tushiradigan, o'rtadagi muhabbatni barbod qiladigan, oqibatda nafrat olib keladigan tuyg'u bu. Ruhshunoslarning aytishicha, savdoyi muhabbatga ko'pincha o'ziga ishonch bo'lmagan, o'zini hech narsaga arzimaydigan kishi deb hisoblaydiganlar duchor bo'ladi. Muhabbatidan havotirga tushish, jahldorlik va tez xafa bo'lishlarining sababi ham shu. "Pragma muhabbat". Tuyg'ulardan ko'ra aql ustunlik qiladi va reja bilan ish ko'riladi. Bu reja xudbinlikka emas, balki hushyorlikka va tirikchilik tashvishlariga asoslangan. Asrlar davomida ota- bobolarimiz shu tuyg'u asosida oila qurishgan. Bu tuyg'uni qoralab bo'lmaydi. Chunki muhabbat faqat tuyg'ular isyonidan iborat emas. Pragik bilan oila qurganlar bir-birlariga ortiqcha talablar qo'ymay, o'zaro g'amxo'rlikda hayot kechirishadi. Muhabbatning boshqa turlari vaqt o'tishi bilan so'nishi mumkin. Lekin mazkur tur mustahkamlanib, yanada iliqlashib boradi. "Ludus muhabbat". Ovidey "o'yin" deb atagan bu muhabbatning adabiyotdagi misoli Don Juandir. Hech qanday majburiyatlarsiz bir yo'la bir nechtasini sevish shu turga xos. Ular rashkchi va xudbin bo'lmaydilar. erkinlik ular uchun hamma narsadan ustun turadi. Kim qaysi muxabbat turiga kiradi?