Главная » 2014»Sentyabir»22 » MTS o‘rniga ochilayotgan operator beradigan raqamlare’lon qilindi
05:52
MTS o‘rniga ochilayotgan operator beradigan raqamlare’lon qilindi
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolaridan biri MTS o‘rniga ochilayotgan yangi operator — Universal Mobile Systems kompaniyasi Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda abonentlarga beradigan raqamlar keltirilgan hujjatni taqdim etdi. Hujjat “Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarining raqamlash rejasidan Universal Mobile Systems MChJga biriktirilgan raqam sig‘imlari” deb nomlanadi. Rasmiy ekanligi tasdiqlanmagan hujjatga ko‘ra, Toshkent shahriga quyidagi raqam (prefiks)lar ajratilgan: 130 131 155 156 157 342 343 344 400 401 402 403 404 410 411 414 420 422 424 430 434 440 441 442 443 444 445 446 447 448 449 450 454 455 460 464 470 474 477 480 484 488 490 494 496 497 498 499 Yangi operator kodi 97 bo‘lishi belgilangan. Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri uchun 1,5 mln, Samarqand viloyati uchun 200 ming, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari uchun 120 mingdan, Namangan viloyati uchun 100 ming, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari uchun 60 ming, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlari uchun 40 mingdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyati uchun 30 mingdan raqam ajratilgan. Ta’kidlash joiz, keltirilgan hujjatning rasmiyligi tasdiqlanmagan. Bu haqda UMS yoki O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi rasmiy xabar bermagan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi UMS’ga ilk faoliyatini olib borishi uchun 2,5 million abonent raqami ajratdi. Ulardan 1,5 millioni Toshkent aholisi uchun berilgan bo‘lib, qolgan raqamlar O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha taqsimlanganligi 18- sentabr kuni e’lon qilingan edi.