Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Yanvar » 27 » MTS-arizasini Toshkent shahar xo‘jalik sudi qabul qildi
01:12 MTS-arizasini Toshkent shahar xo‘jalik sudi qabul qildi |
Toshkent shahar xo‘jalik sudi "O‘zdunrobita" XK MChJ ning moliyaviy majburiyatlarni qondira olmasligi yuzasidan bergan bankrotlik to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun qabul qildi.
Bu haqda "RIA Novosti"ga tayangan Rossiya huquq va sud ishi axboroti agentligi xabar tarqatgan.
Manbaning xabar berishicha endilikda kompaniyada kuzatuv ishlari olib boriladi va vaqtinchalik boshqaruv tayinlanadi. Bir oy ichida qarzlar reestri tuzilib, kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladi va unda bankrotlik masalasi xal qilinadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bankrotlik ishi xo‘jalik sudi tomonidan shu mazmundagi ariza qabul qilingan kundan boshlab 3 oy muddatda ko‘rib chiqiladi. Ba’zi istisno holatlarda ish ikki oyda ham tugatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yil 16 yanvar kuni «O‘zdunrobita» XK MChJ Toshkent shahar xo‘jalik sudiga bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan edi. Bunga «O‘zdunrobita» MChJning Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2012 yil 17 sentyabrda chiqargan hukmi va sudning Apellyatsiya kengashi tomonidan 2012 yil 8 noyabrda belgilangan majburiyatlarni, ya’ni 600 mln. dollar miqdoridagi jarimani to‘lashga qodir emasligi sabab bo‘lgan.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 1123 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|