Главная » 2013»Fevral»11 » Mourino: «Futbol dunyosi chempionlar ligasida «Real» - «MYu»dan boshqa o'yinni kutmaydi»
09:01
Mourino: «Futbol dunyosi chempionlar ligasida «Real» - «MYu»dan boshqa o'yinni kutmaydi»
«MYu» - «Everton» uchrashuvini maydondan turib kuzatgan «Real» ustozi Joze Mourino Ser Aleks Fergyuson haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. «Real» - «MYu». Bu uchrashuvni butun dunyo kutmoqda. Futbol dunyosi chempionlar ligasida bu uchrashuvdan boshqasini kutayotgani yo'q, shuning biz dunyoga bizdan kutayotganlarini berishga harakat qilamiz. Fergyuson yaxshi inson, u futbol olamidagi eng muhim shaxslardan biri. Bizning o'rtamizdagi munosabatlar doim yaxshi bo'lgan. Avval «Portu»da, keyinchalik «Chelsi» va «Inter»da, va mana «Real»da ham u bilan uchrashishga yaqin turibman. Men doim «MYu» va ser Aleksga qarshi o'ynaganman. Albatta, men ham u ham bu musobaqada g'olib bo'lishni xohlaymiz. Mag'lubiyatga uchragan tomon xafa bo'lishi aniq, lekin yana bir bor takrorlab aytaman: men yutishni xohlayman»,- deb murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.