Qachondir bir oqil va mömin yigit o'ziga o'xshagan bir oqila qizni yaxshi ko'rib qolibdi. Yigit juda ziyoli, kelishgan, qiz ham öta sohibjamol qiz ekan. Bu sevgilari judayam mustahkam, sira ham bir-birlari bilan tortishishmas, janjallashishmas ekan. Nihoyat ota-onalari roziligi bilan ular unashtirilibdi. Lekin afsuski to'yga yaqin bir baxtsizlik röy beribdi. Qizning uyiga öt tushibdi va qiz olov ichida qolib ketibdi. Harchand urinsalarda qizni qutqarib olishganda qiz bexush holda, tanasining ancha qismi kuyib bölgan holda edi. Qizni ming mashaqqat bilan davolatishibdi. Lekin qiz öziga kelib közguga qaraganda yuzidagi chandiqlarni, tanasidagi jarohat izlarini körib yig'labdi. U yigitni judayam sevarkan. Shuning uchun har jihatdan mukammal yigitga özini noloyiq deb hisoblabdi. Va keyin u yigitga turmushga chiqishdan bosh tortibdi. Yigit unga köp yolvoribdi, lekin qiz öz fikrida qat'iy turib olibdi. Bu holdan keyin yigit betob bo'lib qolibdi. Bir-necha kun og'ir ahvolda yotib, keyin oyoqqa turibdi. Lekin baxtsizlik qösha kelarkan. Yigitning ko'zi ojiz bo'lib qolibdi. Buni eshitgan qiz yana öyga tolibdi. Nihoyat u yigitga turmushga chiqib, unga bir umr g'amxörlik qilishga qaror qilibdi."Mening og'ir holimda ham uylanish fikridan qaytmagan mehribon insonni men ham og'ir kunida tashlab ketmasligim kerak. Bas, u dunyoni mening közlarim bilan körsin",- öylabdi qiz. Chunki u yigitni judayam kuchli sevarkan. Yigitning taklifini qabul qilgach ular turmush qurishibdi. Ular uzoq vaqt baxtli hayot kechirishibdi. Vaqti soati kelib qiz hayotdan o'tibdi. Keyin bilishsaki yigitning ko'zi ojiz emas ekan. U shuncha vaqt dunyoni öz közlari bilan körib yashagan, qizning iztirob chekmasligi uchun bu haqda hech kimga bildirmagandi. Bu ishni esa o'z sevgisi uchun qilgandi. Chunki yigit ham qizni judayam qattiq sevardi