Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Aprel » 18 » MENING SHE"RLARIMDA NOMING O"LMAGAY..!
18:24 MENING SHE"RLARIMDA NOMING O"LMAGAY..! |
Kamalak rangiga o’hsharmisan yor..? Sen undan dilbarsan,rangin,mo’tadil. Yillar go’zallikni sindirib ketar, Ko’z ochib yumguncha umr o’tadi..!
Nadomat qoplagay bosilgan izni, Goh ko’kni qoplaydi.bulutlar qat-qat. Vidolar sadosi-tinch qo’ymas bizni. Axir..! iztiroblar bizgadir qismat..!
Halovatdan mahrum bo’lgach,qandayin, Horg’inlik zarbasin,yengmog’im gumon. Dardlar to’lg’og’ini yengillatmas tun, Tunim kunday g’amda ezar beomon..!
Izhor sadolari dilingda tursin, Boylab oldilar-da meni tilimni. Yillar zahmatdaman..peshonam qursin, Kechalari hijron o’rtar dilimni..!
Pinhon hislarimni saqlab o’zimda, Chehrangga o’hshatdim,yorug’ kunduzni. Olisdan salomlar yo’llab so’zimda.. Senga qiyos etdim,ko’kda yulduzni..!
O’lmasdan bejonman,so’zlarim sassiz, Yirtildi hislarim andozasiga..! Yagona o’tinchim..ohirgi marta.. Kelgin..Muhabbatim janozasiga..!
Lekin hijronlarda toblangan taning, Serquyosh va boqiy,yozing so’lmagay. Ajal soyasiga yetmagay sha’ning.. Mening she’rlarimda noming o’lmagay..!
Muallif:EL_SHaFeY
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 604 |
| Теги: MENING SHERLARIMDA NOMING OLMAGAY..
| Рейтинг: 5.0/4 |
Всего комментариев: 1 | |
|
|
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|