SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 04:37
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Fevral » 28 » Men tilanchi emasman! Meni masxara qilishmasin
12:49
Men tilanchi emasman! Meni masxara qilishmasin
Kafe. Chiqish eshigi oldida.
–Salom!
–Salom…
–Sizdan bir narsa
so‘ramoqchi edim. O‘tirib
gaplashsak maylimi?
Ayol begona erkakning
to‘satdan bergan g‘alati
savoliga hayron bo‘lib qoldi.
Keyin:
–Xo‘p, tinchlikmi?
–Ha, tinchlik. Uzr o‘zimni
tanishtirmabman. Men shu
kafening xo‘jayiniman.
–Tanishganimdan
hursandman…
Ayol bu erkak undan nima
xohlayotganini hamon
tushuna olmas edi.
Ular burchakdagi ikki kishilik
stolga borib o‘tirishdi.
Ofitsiant ikkita choy olib
keldi. Kafe xo‘jayini ayoldan
so‘radi:
–Biror nima yeysizmi?
–Yo‘q, rahmat. Hozirgina
ovqatlandim.
Erkak ofitsiantga ruxsat
berdi. Choydan bir ho‘plab,
biroz o‘ylandi-da gapini
davom etdi:
–Siz to‘g‘rimizdagi
universitetda dars berasiz-a?
–Ha, shunaqa.
–Sizdan bir iltimosim bor…
–Xo‘p, eshitaman.
Erkakning kenja o‘g‘li ham
shu universitetda o‘qir edi. U
ayolga o‘g‘lini tanishtirib,
so‘zida davom etdi:
–Bilasizmi, o‘g‘lim sizning
faningizni yaxshi o‘zlashtira
olmayotgan ekan. O‘zi
tirishqoq. Lekin, faqat shu
sizning faningizdan sal
qiynalib qolibdi…
Ayol suhbat maqsadini
tushungandek bo‘lib gapni
shart kesdi:
–Xo‘p, unda men unga
yordam beraman. Haftaning
juma, shanba kunlari
tushlikdan so‘ng qo‘shimcha
dars o‘tib berishim mumkin!
Erkakning yuz harakatlari
o‘zgarib, bazo‘r jilmaydi va
davom etdi:
–Siz meni tushunmadingiz…
Xullas, agar o‘g‘limni
imtihondan o‘tkazsangiz,
mana shu kafe siz uchun bir
yil davomida bepul xizmat
qiladi!
Ayol ham masala nimada
ekanligini aniq payqab, gapni
ham qisqa qila qoldi:
–Bo‘pti, kelishdik unda. Siz
menga o‘g‘lingizning ism-
sharifini yozib bering!
Erkakning yuzida kulgu
paydo bo‘ldi. Ichida –
“bo‘larkan-ku”, deb
farzandining ism-sharifini
qog‘ozchaga yozib ayolga
uzatdi.
O‘rinlaridan turishdi.
Xayrlashishdi.
Ayol to‘g‘ri universitet
rahbariyati huzuriga yo‘l oldi.
Kirishi zahoti qo‘lidagi
qog‘ozni ularga ko‘rsatdi.
Bo‘lib o‘tgan voqeani aytib
berdi va darhol zarur chora
ko‘rilishini so‘radi.
So‘ng so‘zini davomladi:
–Men tilanchi emasman! Men
o‘zim ham ishlab pul topa
olaman! O‘zimning pulimga
o‘zim ovqatlana olaman!
Meni masxara qilishmasin!..
Bu hikoya emas! Buni men
ham o‘ylab topgan
emasman. Bu bir afsona.
Tillardan tillarga ko‘chib
yurgan afsona!
Bu voqea qayerda bo‘lgan,
kim bilan bo‘lgan, keyin
nima bo‘lgan hech kim
bilmaydi. Kimdir bunga
ishonadi, kimdir esa yo‘q.
Men esa ishonaman!
Chunki…
Chunki, menga ta’lim
bergan barcha ustozlarim
yuqoridagi voqea
qahramoni kabi bo‘lishgan.
Men haqiqat borligiga
ishonaman! U bor! Men uni
ko‘rganman! Va u hali juda
uzoq yashaydi…
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1020 | | Теги: Men tilanchi emasman! Meni masxara | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Fevral 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz