Bilardim dunyoda borligingizni, Meningdek telbaga zorligingizni, Sevgim asir etdi borlig'ingizni, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib, Tig'lardim o'zimni poralar qilib, Tunlarda uxlamay nolalar qilib, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Bilmadim, men sizni qanchalar kutdim, Aqiq lablarimda g'unchalar tutdim, Sizni ko'rgan ondan o'zni unutdim, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Samoda charx urgan qushlardan emas, So'ngiga yetmagan tushlardan emas, Oshnolardan emas, heshlardan emas, Men sizni Xudodan so'ragan edim... Hijron damlarini bo'lmaydi cheki, Aslida baxt uchun yaralgan edim. Sizga bo'lgan sevgim shunday edi-ki, Men sizni Xudodan so'ragan edim ..!
|