(Mehrning ham uvoli bor) Mo'minjonning ota onadan erta ajraldi.Buning ustiga yolg'iz o'g'il emasmi,na akasi,na ukasi yo'qligi uchun bu judolikka ko'nikishi juda qiyin bo'ldi.Shu boisdan qarindoshlari uni uylantirib qo'ymoqchi bo'lishdi.Tez orada unga qiz ham topildi. Kelgan sovchilarga Zarifaning dadasi o'ylab netib o'tirmay rozilik berdi.Zarifani onasi ''dadasi qizizdan bir og'iz so'raylik.Ahir o'qishga kirmoqchi'' degan edi,tengi chiqsa tekin ber deyishgan deb hotinining og'ziga gap bilan urdi... -Men sizga aytgandimku o'qimoqchiman,deb.Nega menga uylandingiz?Bari bir siz bilan ajrashaman.Ketaman Shaharga!- Mo'minjonning kunda eshitadigan malomatlari edi.Shunday paytlar Mo'minjon Zarifani indamay tinglardiyu sekin ko'chaga chiqib ketardi. Shunday kunlarni birida Zarifa dugonasini o'g'il ko'rganini eshitib uning oldiga bordi.Dugonasiga erining qo'pol muomalasini ko'rib,o'zini dugonasini o'rnida tassavur qildi va o'ziga kerakli hulosa chiqardi.Uyga kelib Mo'minjondan kechirim so'radi.