Salom qadirli saytdoshla mani ismim Kumush. Man silaga bugun bir xikoyani yozvomman bunda manam borman manga yaqin odamlarim man uchun bu xikyani qadirliligi beg'ubor maktab davrim bor bunda. Biza sinfdoshim Dadaxon bilan ikkinchi sinfdan birga bir prtada o'tirardik uchinchi sinfga o'tganimizada Navruz bayramida teatr ko'rsatdik unda man bilan Dadaxon chol va kampir rolini o'ygandik. Usha teatrdan keyin bizani xamma chol kampir dib chaqiradigan bo'ldi boshida bu mani judayam jaxlimi chiqazardi nima man kampirmanmi dib xafa bo'lardim. Lekin oltinchi yettinchi sinfga o'tib balog'at yoshiga yetganimiz sain manga yoqib qoldi balki o'rganib qogandim. Xar kuni maktabga man dadaxon va mani eng yaqin dugonam Dilnoz bilan borib kelardik.Dilnoz maktabga kemagan kuni Dadaxon bilan yo'l bo'yi xazil qilib ketardik uyam mani jaxlim chiqishini bilib san mani kampirimsan man sanga uylanaman dirdi unga o'zimmi jaxli chiqgan qilib ko'rsatardimu lekin o'zimga yoqardi chunki u sinifimizdigi eng kelishgan yigitlardan biridi. Oradan yillar o'tdi bizani cholu kampirligimiza xaliyam davom etardi, man 9 sinfni bitirib kollejga kirdim u vaqtlarda xali 11 sinf o'tilardi Dadaxon maktabda qoldi. U xar kuni mani bekatda o'tirib o'qishdan qaytishimi kutardi manam u bilan birga ketaman dib yarim yo'lda avtobusdan tushib qolardim. Maktabni tugatib u temir yo'llar institutiga kontraktga o'qishga kirdi mani xali tugatishimga bir yil boridi. U endi oliy o'quv yurtida o'qiydi endi boshqa do'st topadi dib siqilardim to'g'risi man uni sevardim u borligi uchunam man boshqa yigitlar bilan xicham gaplasholmasidim xayolimda man baribir Dadaxonga turmushga chiqaman dib yurardim.endi u man uchun maktab yonidagi bekatda tushib qoladigan bo'ldi ushatdan uyga ketardik u mani o'ziga do'st bilib doim qaysi kurdosh qizga gap otgani kim bilan telefonda gaplashgani xammasini yashormasdan aytardi. Manam o'qishni bitirdim afsus man o'qishga kirolmadim, keyin o'zim o'qigan soxam bo'yicha xamshira bo'lib ishladim u doim o'qishdan keyin mani oldimga kelardi Zood (Etgancha u mani ZOOD dib chaqirardi undan boshqa odamga mani bunaqa chaqirishga ruxsat bermasidim) odat bo'p qopti san bilan ketish mani uygacha kuzatib qo'yaqogin dib xazil qilardi. Keyin u o'qishidan ruxsat olib bir oylik armiyaga ketdi, xaftada 2 yoki 3 marta tel qilib turardi u tel qiganida judayam xursand bo'p ketardim u telba bo'sa Zood anu qizim yuriptimi turiptimi dib mani jig'imga tegishni qo'ymasidi. Armiyadan qaytganda u bilan bizani uyda o'tirib miriqib gaplashdik u kuldirishdan to'xtamasidi man kegunimcha boshqa chol topvomadimi kampir dib qayta qayta so'rardi manam doim san borsanu chol dib javob berardim uydan chiqib ketvotganda oyimlaga qarab Zilola opa qaren buniz man yo'g'imda rosa o'tlabdi endi bu kampirii nima qilib tuzataman a? dib xazil qildi oyim bo'sala bu kampir saniki san bilasande bolam dib kulib qo'ydila. Ertasi kuni abed payti Dadaxon ish xonamga keldi xayron bo'ldim xa chol mani uyga ketishimga xali voxli disam Zood bir joyga borib kelilik ruxsat ol bugun didi tushunmadim qatga boramiza disam borganda ko'rasan tez bo'l dib shoshirdi man ruxsat olib chiqdim. Biza tilla sotadigan magazinga bordik tushunmadim Dado' bo'tda nima qilamiza disam indamiy uzuk qarab ketdi ichimda xursanman u xozir mani qo'limi so'ridi nixoyat orzularim ushaldi e xudo o'zinga shukur. Zood taqib ko'rchi qanaqekan didi man uzukni taqdim loyiq keldi nazarimda bu dunyodigi eng chiroyli uzukdiy tuyuldi manga. Xop saga siqqan bo'sa ungayam sig'adi sovg'a qisam ustimdan kulmidimi Zood qarasenchi qiz bolasanu chiroylirog'ini tanla sani diding manga yoqadi deme ungayam yoqishi kere didi, man nimala divotganini tushunolmasidim bu xozir istimasi chiqvitgan odami gapini gapirvotti alaxsiravotti u dib kimi etvotti uzuk manikiyu dirdim o'zimga o'zim. O'zimmi qo'lga olib oxiri so'radim Dado' uzuk kimga u diganing kim nimala divossan tushtiribro gapirsenchi - u bo'sa Zood nima balo uxlavossanmi bilasanu kursdoshimmi yoqtirishimi uyam mani sevarikan kursdoshlaga etibdi mani sevishini kursda mandan boshqa xamma bilarikan ertalab oyimlaga etudim oyim unda Gulzoda bilan borib unga biror sovg'a ogin man uyiga boraman didila u xozir balnitsada yotibdi sariq kasali qo'zib jigari orivotganakan man uni qo'lini so'riman xozi borib u judayam xursand bo'ladi tushundimi g'alcha???????? Dadaxonni to'yiga mandan boshqa xamma sinfdoshla borishdi, faqat man soddani xayolparastni ko'ngliga to'y sig'madi. Oradan bir xafta o'tdi man xaliyam o'zmcha aza tutib yurardim bir kuni kechki payt Dadxon uyimizaga keldi Zood san manga do'stmassan dushmansan man to'yda sani kutgandim shumi oqibat dib avvalgi xazilida davom etardi nima diyishi bilmasidim yig'idan o'zimi zo'rg'a ushlab turardim Man Man usha kuni sevgan yigitim bilan uchrashuvim boridi uzur o'rtoq sani to'yingdanam muximroq ishlarim boridi endi ketaqo mani ishlarim ko'p dib yuziga darvozani yopib uyga kirib o'kirib to'yib to'yib yig'ladim...