Assalomu alekum hurmatli saytdoshlar. Bugun sizlarga yoritib beradigan maqolam o'zimni hayotimdan olingan! Buni o'qib o'zingiz hulosa qilib olarsiz, marhamat endi maqolaga e'tiboringizni qarating Hozirgi sizga yoritib beradigan voqeamni yozish uchun juda ko'p bosh qotirdim. "Yozsammikan? Yozmasammikan" - degan fikr butkul qamrab olgandi! Va nihoyat bir qarorga kelib yozishga qaror qildim. Buni yozishdan oldin sizlardan so'ranib o'tib ketardim. Bu voqeani o'qigach " Ahir sen yoshbolasan, shungadir! Sen qayerdan xam bilarding bu tuyg'uni?" degan fikrdan yiroq bo'lsangizlar! Endi yozadigan maqolaga o'tsam. Men 7- sinfda o'qiyotganimda bir qiz biznisinfga yangi o'qishga kelgandi. Boshida unga be e'tibor bo'lib yurdim. Keyinchalik e'tibor berib kuzatsam juda hushmomila, juda xam chiroyli, pokiza qiz ekan! Unga astalik bilan yaqinlasha boshladim. U bilan yaxshi aloqani o'rnatdim. Har gal uni ko'rganimda o'zimi yo'qotib qo'yar edim, juda xayolparast bo'lib qolgandim. Men hech ham uni sevib qolaman deb xayolimga ham keltirmagandim. Kunlar o'tar, maktabda o'qishlar, darslar yaxshi bo'lardi! Unga tobora bog'lanib qoldim. To'g'ri , unda yosh bo'lgandurman! Lek Sevgi tuyg'usi yosh tanlamas ekan! U odamning qalbiga beso'roq kirib olib, goh shirin, goh alamli narsani tuxfa qilar ekan! Unga do'st bo'lishni taklif qildim, rozi bo'ldi. Men juda xursand edim. Aloqamiz kundan kunga kuchayardi! Uni sevib qoldim.Men ancha vaqtdan keyin ya'ni oylardan keyin unga sevgi izhor etdim. U sevgimi qabul qildi! Keyinchalik bilsam u ham menga be e'tibor emas ekan! Menga ham sevishini aytdi! Men o'sha paytdayoq 7- osmonga chiqib qolgandek edim. Chunki, men sevgan inson meni ham sevadi. Bundan ham ortiq baht bor ekanmi bu dunyoda! Oradan ancha vaqtlar o'tdi. Maktab ham tamomlab qolgandi. So'ngi kunlarda Nafisa bilan xayrlashdik. Men maktab tugagach nima qilaman? Deya o'ylanaverardim. Uni bir kun ko'rolmasligimi o'ylasam yuragim siqilib ketardi! Shuning uchun ko'pam o'ylanmas edim. Mana maktabdan ham ta'tilga chiqdik. Ta'til paytida hech ham uni esdan chiqarolmasdim. Uni juda juda sog'inardim. Yaxshiyamki uning uy telefon nomerini olgandim. Unga 3-4 kunda qo'ng'iroq qilardim. Nafisa bilan suhbatlashsam yuragimdagi barcha alam, dard, sog'inch, qayg'ular butkul mendan sohit bo'lardi! Kunlar shu tariqa o'tib borardi!!! 3-4 kunda bir martta qo'ng'iroq qilardim. Keyinchalik qo'ng'iroqqa javob bermay qo'ydi! Ya'ni go'shakni u emas oyisi yoki opasi olar edi! Men tushkunlikka tushib qolgan edim. " Nega go'shakni Nafisa olmayapti? Nega? Yoki unga biror korhol bo'ldimikin?"- degan o'yu-fikrlar butun hayolimni yemirardi! Lekin Allohga shukur, Nihoyat bir kuni javob berdi. Men Nega go'shakni u olmayotganini tushuntirishini so'radim. Nafisa esa javoban past ovozda "Akam bilib qolmasin, akamni fe'lini bilmaysiz , uyda akam bo'lib qoldi. Shunga go'shakni men ololmadim. " deya javob berdi. Mening esa ko'nglim hotirjam , Sevgilim tanu-joni sog' . Kunlar o'tib borardi! Nihoyat o'qish payti yaqinlashayabdi. 1- sentyabr! Va nihoyat uni yana munchoq yuzli ko'zlarini ko'raman, shirin so'zlaridan bahramand bo'laman . Sevish naqadar yaxshi!!! Maktabga Nafisani ko'rish ilinjida oshiqardim. Yuragim ot chopgandek duk-duk urar edi! Hayajon hamma tanamni egallab bo'lgandi. Maktabning ostonasidan kirib keldim. Sekin astalik bilan gulimni ya'ni Nafisani qidira boshladim. Ko'zlarim pand bermadi! U maktabga mendan oldin kelgan ekan. Uni oldiga asta qadam ila talpindim! Yoniga kelib salom - alik , hol ahvol so'radim. Nafisa endi butkul boshqacha qiz bo'lib qolgandi. Ya'ni juda go'zal bo'lib ketgandi. U bilan suhbatlashganda beihtiyor hayajonimni bosa olmasdim. Yuzlarim olmadek qip-qizil!! Uni ham hayajonlanishi yuzidan yaqqol bilinib turar edi! Chamasi 30 daqiqa gaplashdik , so'ng uni dugonalari kelib olib ketishdi. Men esa juda juda o'zimda yo'q hursand edim. Mana endi 8 - sinfga ham qadam qo'ydik. Sinf honasiga yo'l oldik. Men endi bir partada do'stim bilan emas Nafisa bilan o'tiradigan bo'ldim. Yanayam quvonib, zavqlanib ketdim. Darslar ham boshlandi. O'qisha ham havasim sustlashib ketdi. Uncha o'qishga qiziqmay qo'ydim. Meni endi o'qish emas Nafisa qiziqiradi. Usiz hayotimni tasavvur qila olmasdim. U xayotim mazmuniga aylangandi. Nafisani yo'qotib qo'yishdan juda qo'rqardim. Uni boshqasi bilan suhbatlashishini, kulishlarini hech ham tasavvur qilolmasdim. Uni yeru ko'kka ishonmasdim. Uni hammadan , hatto o'zimdan xam qizg'onardim. U ham meni chindan sevardi. Meni ham hammadan qizg'onardi. Agar birorta qiz bilan suhbatlashib qolsam jahli chiqib arazlab qolardi. Uni eritish juda qiyin edi. Juda shaddod qiz bo'lgani uchundir balkim. Shu shu kunlar bilan o'qishning yarmi ham o'tib ketdi. Kunlarning birida Nafisa juda jahl otiga mingan edi. Juda boshqacha qiz bo'lib qolgandi. Hatto men bilan gaplashmay qo'ydi. Savol bersam zarda bilan "Siz bilan gaplashmay turganimiz ma'qul" degan gapni aytdi. Men hayron bo'lib unga boqardim. Nega bunday gapirayotganini tushuntirib berishini so'radim. Lek tushuntirmadi. Men uni dugonalaridan surishtira boshladim. Ular ham bu holdan behabar edilar. Bu holat ko'p vaqtga cho'zildi. Nafisa men bilan suhbatlashmay qo'ydi. Gaplarimga zarda bilan javob qaytarar edi. Men aqlan tamom bo'lgandim. O'qish vaqti tugagach uni astalik bilan kuzata boshladim. Ancha vaqt kimnidur kutdi. Keyin bir bola keldida Nafisa bilan ketdi. Men ko'zlarimga ishonmagandim. " Bu tush holos, hozir uyqidan turasan " deya o'zimga dalda berardim. Unga buni oshkor qilmadim. Lek Nafisa ham menga oshkor qilmadi bu haqida. Men hechnarsa bilmagandek yuraverdim. Va hech narsa qilmadim. Keyinchalik Nafisadan hat keldi: "Salom Abdullatif.Yaxshimisiz? Bilaman yaxshi emassiz. Sizni ham qiynab yubordim. Men sizga aytsam Sevgi insonni ne ko'yga solmaydi. Qalbga buyruq berib bo'lmas ekan. Men bunday bo'lishni istamagan edim. Lek men o'zgasini sevib qoldim. Meni kechiring. Siz albatta bahtizi topasiz! Mayli ALVIDO!!! Shu hatni o'qidimu, yuragimga qattiq hanjar urilgandek bo'ldi. Ko'z oldim qorong'ulashib ketdi. Men buni Nafisa yozganiga ishonmagandim. Ammo bu achchiq haqiqat edi. Keyin ming hayol bilan Javob Hatini yozishga qaror qildim Salom Nafisa, qalesiz?? Ha, men yaxshi emasman. Menga gapirmay qo'ymasligizi boisini topolmay hunob bo'layotgan edim. Biroq bu hatni o'qigach bu o'ylashim puchga chiqdi. Ha, to'g'ri aytasiz Qalbga buyruq berib bo'lmaydi. Lek mendan ketmay turib o'ylang. Keyinchalik aldangandan so'ng yana meni oldimga qaytib kelmang. Meni ohirgi so'zim shu, Men Sizni Sevaman! Shu hatni yozdimu stolni ustiga qo'yib zarda bilan ko'zimda yosh ila sinfdan otilib chiqib ketdim. To'g'ri yigit kishiga yig'lash yarashmaydi. Lekin Bu Sevgi tuyg'usi hammani yig'latar ekan! Boyni ham boshini egadi bu tuyg'u! Ertasi kuni yaxshi kayfiyat bilan maktabga keldim. O'zimi siqilayotganimi sezdirmadim. Sho'x shodon ,o'ynab kulib yuraverdim. Ammo qalbim , vujudim yonayotgan edi. Oradan hash-pasht deguncha vaqt ham o'tib ketdi. Ya'ni 2 oy o'tdi. Men butkul o'zimni qo'lga ololgan edim. Uni unutishga urinsamda , unutolmasdim. U qalbimda o'chmas alanga bo'lib qolgandi. Maktab tugashidan 2 hafta oldin hat keldi. Kimdan ekanligini surishtirmadim . Unda quyidagicha yozilgandi: Assalomu alekum menga qadrli bo'lgan Abdullatif. Tuzukmisiz??? Uydagilar yaxshimi? Abdullatif siz meni kechiring. Men sizni o'shandayoq gapizga kirishim kerak edi. Sizga qanday tushuntirishni ham bilmayapman. To'g'risi juda afsusdaman. Siz aytkandek u meni aldab ketdi. Menga vafo qilmadi. O'yladimki menga sizdan boshqa hech kim to'la mehr-muhabbatni bera olmas ekan! Men hatoyimni tushundim. Meni kechiring. Lek va'da beraman. Sizga vafoli bo'laman.Hayr. Hurmat ila Nafisa Bu gaplarni o'qib qalbimning yarasi yangilandi. Uni kechirgim kelmagandi. Lek achinib ketdim. Hatdagi gaplari ayni haqiqat ekanini angladim. Uni kechirdim Chunki uni sevardim hali hanuz!! Uni kechirganligimni yozdim. Shu bilan hayrlashdik maktab ham tugadi. Yana ta'tilga chiqdik. Ta'tilda u har doim qo'ng'iroq qilardi. Kunlar shu tariqa o'tdi. Yana hash- pash deguncha maktabga qaytdik . Yana birga edik. U bilan juda bahtli sezardim o'zimni. "Endi u menga sodiq, u menga vafoli, menga hiyonat qilmaydi " deya har doim fikr yuritardim. Keyinchalik yana o'zgarib qoldi. " o'rgangan ko'ngil o'lganda qolar" degan maqolga tayanib ish qildi. Ya'ni yana be etibor bo'lib qoldi. Men yana yomon fikrga bormasdim. Har dam yaxshi fikrlar haqida o'ylardim. Bu yaxshi o'ylarim bekorga ketdi. U yana menga hiyonat qildi. Men bunga bardosh bera olmas edim. Ohiri u bilan urushishga bordim. Har doimgidek gapni aytdim. U ham menga hatda yozgan gapini aytdi. Butkul nafrat qamrab olgandi. Nafisa yana qaytib kelishga ishonardim. Keyinchalik nafrat, jahl degan tuyg'ularim so'ndi. Yana o'qisha berildim. 9- sinfga ham ko'chib bo'lgandim. Noyabr oyida ya'ni oradan 2 oy o'tar o'tmas o'ylaganimdek u yana qaytib keldi. Men yana kechirdim. Unga ayttim: -Meni o'ringda bo'lganingda kechirarmiding??" - dedim. Nafisa esa: -Ha kechirardim, chunki sizni unutish qiyin. - Ho'sh, men uchun hamma narsaga tayyormisan?? - Albattta tayyormanda. -Ha mayli senga ohirgi bora imkon berishim , yana takrorlansa o'zinga qara" - dedimu kettim. (Hamma aytayotgan bo'lsa kerak , Nega kechirdiz? Bu unga loyiqmas! Men sizi o'rnizda bo'ganimda umuman kechirmasdim deyayotgandirsiz! Ha albatta bu aniq!) Men uni sevar edim. To'g'ri shuncha ishdan keyin kechirish yaxshimas!!! Men boshqa yo'l bilan uni sinamoqchi edim. Ertasi kuni men yashirincha bir qiz ya'ni yaqin dugonasi bilan gaplashmoqchi bo'lib harakat qildim. Dugonasiga yolg'ondakam sevgi izhor qildim. Bilardimki u dugonasi Nafisaga bu haqida aytishini. Nafisaga aytti ham . U jahl o'ti bilan men tomonga keldi. Va menga gapirib ketdi: -Siz o'zizi kim deb o'ylayapsiz?? Nima men sizga o'yinchoqmanmi?? -Voy, bu nima deganing?? Nega bunday deyapsan?? Bir boshdan gapirchi... -O'zizi bilmaganga olmang. Kechagina Dugonamga Sevgi izhor qilibsizku. Buni menga dugonam aytdi. Ho'sh.... -Iye, Haaaaaa. Gap bu yoqda degin. Ha to'g'ri sevgi izhor qildim . Nima deysan?? -Sizni bunday hotinboz ekanligizi bilmagan ekanman . Eh afsus.. -Ey , nimalar deb valdirayapsan?? Nima men hotinbozmanmi?? A? Bunaqa odam sensanu! Nima senga mumkinu menga mumkun emasmi?? Javob ber. -Ni-ni-ni-nimaaaaa?? Ha meno'shandayman. Alam qilyaptimi? -Hechamda , Ho'sh meni kechirasanmi?? - (Kulib) Menmi?? Sizniya? Yooooo'q , aslo kechirmayman. -Ha, kul kulaverchi, O'sha paytda nima degan eding?? "Ha, kechiraman sizni" degan edingku. Nima endi bu gaplaring esdan chiqdimi?? O'zim ham bilgandim. Agar shu isni qilmaganimda aldanib yuraverar ekanmanda a??? Allohga shukurlar bo'lsin, buni avvalroq bildim. Bo'ldi bas qil. Hayr, meni unut. ALVIDO... Shu so'zni ayttimu uyim tomon ketdim. U esa ko'ziga yosh olib qoldi. Bir narsa ham deyolmagandi, deyolmaydi ham. Chunki asl basharasi ochilgandi uni. Sevgan insonni unutish uchun Mehr o'rniga Nafrat degan tuyg'u qamrab olishi kerak ekan. Ana o'shanda unutish oson bo'ladi. Men bu voqeamni nega yozdim??? Bir insonni kechirishdan oldin yaxshilab o'ylang, bugunni yoki ertangi kunni emas keyinchalikni bilib ish tuting! Bu bo'lgan hayotiy voqeamdan hamma o'ziga yarasha narsani oladi albatta! Hozir Nafisaga nima bo'ldi?? deyayotgandursizlar. U yana eski ishini qilyapti. Uni tashqi ko'rinishi boshqa ichki qalb ko'rinishi boshqa. Uni ko'rgan inson juda esli hushli qiz deb o'ylayashadi. Lek tashqari boshqa ichkari boshqa. Odamni yuziga qarab bir narsa deyish qiyin. Bu borada inson juda ojizlik qiladi. Endi biror she'r yozsam kimga atalishini ham bilib oldingiz. Hammaga chinakam sevish, sevilish nasib etsin. Hali hamon Nafisani unutolmay qiynalaman. Nima qilishga ham boshim qotdi. Eh bu sevgi....... Insonni nimalarga solmaydi deysiz. Nima bo'lganda ham boshimiz omon bo'lsin. Bosh omon bo'lsa hamma narsa topiladi. To'g'rimi?