SHERLAR.BIZ Payshanba, 28.03.2024, 15:32
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Mart » 2 » MAG'RUR SEVGI.....
03:52
MAG'RUR SEVGI.....
Mag`rur sevgi…
Shunaqasi ham bo`larkan dunyoda.
Sevasanu, lek oshkor qilishga g`ururing yo`l qo`ymaydi.
Ichingda sevging deb kuyib-pishasanu, ammo tashqariga hatto tututnini ham chiqarolmaysan.
Eng yaqin sirdoshing ham kimni sevishingni bilolmaydi.
Avvallari hatto o`zingdan ham qizg`angan nigohing bugun unga, ha, ha, o`sha sirli insonga qadalgan.
Avvallari hech kimga aytilmagan, qalbing tubidagi sirlaringni unga oshkor etging keladi.
O`sha inson sening orzuingdagi shahzoda, tushlaring farishtasi, sen bir umr kutgan yor.
U bilan baxtli bo`lishga, u bilan hayot yo`lingni bog`lashingga ko`zing yetadi. Lekin yana mag`rurlik qilasan…
Sen tushingda ko`rgan, orzu qilgan xayollar ro`yobga chiqa boshladi.
Ich- ichingdan quvonasan, dunyoga jar solging keladi: "Sevib qoldim” deya.
Ammo yana o`sha qizlik g`ururing halal beradi…
U senga nigoh tashlaganida bor vujuding titrab ketadi-yu, ammo atrofdagilarga sezdirmaysan.
Yuzing hayajondan qizarsa, kun issiqligini bahona qilasan. Sevganing do'stlaring bilan uzoq gaplashib qolsa, yuraging yorilgudek bo`ladi.
Shu choq uni hammadan, hatto o`zingdan ham rashk qilib, qizg`anib ketasan.
Lekin uni yoniga borib: "Sizni sevaman” deyolmaysan. Seningcha, bu gapni aytsang, o`sha onda g`ururing o`ladi, qat`iyating sinadi…
Kutilmaganda u yoningga kelib seni sevishini aytadi.
Quvonching ichingga sig`may turibdi-ku, lekin yana mag`rurlik qilib, uning sevgisini sinovdan o`tkazasan.
Bunchalar beshafqatsan-a? "Sevdim” deb ko`zlaringga termulib turgan sevgilingga rahming ham kelmaydi- ya?!
U hatto sen bilan hayot yo`lini birlashtirmoqchiligini aytdi. Axir bu sening umrbod Ollohdan tilagan baxting-ku! Yo`q, shunda ham mag`rursan…
Eh, yurak! Buncha mag`rur bo`lmasang.
Nahot, sen sevgan yor bir og`iz "sevdim” degan so`zingga arzimasa?
Shunchalar mag`rursanki, o`z his-tuyg`ularingni oshkora aytolmaysan…
Biroq…Biroq muhabbat shunday kuch ekan-ki…
Hatto mag`rurlik ham uning oldida tiz cho`kar ekan.
Chin sevgi mag`rurlikni yengadi…
Bir kun kelib mag`rur sevgi oshkor bo`ladi…
Ana o'sha sevgi chin va abadiydir...
Barchangizga ana shunday sevgi yor bo'lishini Ollohdan surab qolaman. Sevib-sevilib yashang.
Ahir sevgi- muhabbat ila hayotimiz go'zal va mazmunlidir...
Прикрепления: Rasmi batafsil ko'rish 1
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 702 | | Теги: sevgi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
SAYT_ADMINKASI02.03.2013 09:19
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz