Dizayner Damion O’Sullivan shunday og‘ir paytda sizga asqotadigan bir juft issiqqa ta’sirli krujkalarni yaratdi. Morning Mug hamda Monday Mug deb nomlangan ushbu krujkalar sizning holatingizni tasvirlay olishi bilan ahamiyatga molik. Qahva insonni tetiklashtirib, kayfiyatini ko‘taradi deyishadi. Ushbu krujkalar bu gapni rostligini isbotlaydi, idishning bo‘sh holati tund, xafa smaylikni eslatsa, uning ichiga issiqqina qahva yoki oddiy qaynagan suv solinganda krujkalar sizga kula boshlaydi. Mabodo krujkani yarmigacha to‘ldirsangiz smaylik kuladiyu, lekin hali uyqusi ochilmagan bo‘ladi. Ertalab ishga yoki o‘qishga ketayotganimizda yo‘l davomida xuddi shunday bo‘lamiz! Ushbu "sehrli” oshxona anjomi kayfiyatingizni ko‘tarishi, shubhasiz!