SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 12:54
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 7
Mexmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » [<DIORDAN>] HANGOMA)))
01:17
[<DIORDAN>] HANGOMA)))
Inson bolasining vujudidagi
ko‘pgina a’zolar
aqlning hukmiga bo‘ysunadi.
Aytaylik, qo‘l, oyoq... hatto ko‘z.
Aql «Ro‘parangdagi jononga
qarama», deb
buyruq bersa,
ko‘z bechora bu amrga bo‘ysuna
qoladi. Quloqni
ayblab bo‘lmaydi,
chunki u ko‘z kabi yopilish
fazilatidan mahrum.
Yaxshi gapni ham, yomonini
ham eshitaverishga
majbur.
Tanadagi bo‘ysunmas,
o‘zboshimcha a’zolardan
biri tildir.
Aqldan buyruq kelmasa ham
sayrab tashlaydi.
Barcha bani odam singari
kamina ham bu qusurdan holi
emaslar.
Ihtiyorimsiz aytilgan ayrim
gaplarni
sizlarga ilindim, ayblamaysiz.
Muchal
Bir davrada muchal haqida so‘z
yurib qoldi.
Kaminadan ham so‘radilarkim:
-Muchalingiz nima?- deb.
To‘g‘risini aytishga istihola qilib
dedim-ki:
-Xotinimning muchali «it».
-Bizga o‘zingizning
muchalingizni ayting,
dedilar.
Tilginamdan aylanay, o‘ylab ham
o‘tirmay,
qiynalib ham o‘tirmay shartta
dedi-ki:
-Ey birodar, xotinimning muchali
«it» bo‘lgach,
kaminaniki «itboqar»-da!
Qovoq
Do‘stlar bilan gurunglashib
o‘tirib edik.
Birodarimiz gapning beliga tepib,
hali tog‘dan,
hali bog‘dan so‘zlay boshladi-da,
kutilmaganda:
-Men bir yillik qovoqni ko‘rdim,
balkonda qolib
ketgan ekan, bir yilda
aynimabdi,-deb huddi
ulug‘ kashfiyot qilganday kerilib
qo‘ydi. Aqlim
«ko‘rsang ko‘ribsan-da», deb
qo‘ya qoldi. Lekin,
tilginamdan aylanay, bunga
murosa qilmay:
-Shunga ham maqtanasanmi,
men ellik yillik
qovoqni ko‘rganman,-deb
yuborsami!
-Lofni ham olib qochasan-da,
qani, qaerda
ko‘rgansan, isbot et,-deb talab
qildi birodarim.
Aql «hazillashdim», deb qo‘ya
qol», demoqqa
da’vat etdi. Til esa:
-Isbot qilish uchun uzoqqa
bormaymiz, ana,
ko‘zguga qaragin, yelkangning
ustida turibdi.
Ellik yildan beri aynimasa-ya...-
deb yubordi.
Tish va bosh
Do‘stimning kayfiyati chatoqroq
edi. Hol
so‘rasam, «boshim og‘riyapti»,
deb nolidi. Aql
«charchagansan, oshnam, dam
ol, shirin choy
ich...» deb dalda bermoqchi edi,
til , hay-hay-
hay, shoshqaloq bo‘lsang
aylanay, dedi-ki:
-E, og‘ayni og‘riq yomon-da,
tishim og‘riganda
oldirib tashlab, qutilgan edim.
Zahar
Yodgor aka o‘g‘illari Habibulloh
bilan yo‘qlab
keldilar-da, mehribonlik bilan
muolajaning turli
yo‘llari haqida gapirib:
-Sizga ilon sho‘rva dori, ilon
topib, sho‘rva
pishirib kelaman,-dedilar.
Aql «Rahmat, aka, kam
bo‘lmang», demoqchi
edi, tilginamni qarang:
-Yodgor aka, ilon qidirib ovora
bo‘lmang,
sho‘rvani pishiring-u bitta
barmog‘ingizni
tekkizib qo‘ysangiz bas, - deb
yuborsa-ya!
Yodgor akamizning ham
tillaridan aylansangiz
arziydi. Aqllari «Qo‘y, shu kasal
odam bir hazil
qilsa qilibdi, javob qaytarma»,
degandir. Lekin
tillari tinch turarmidi:
-Aka, men sho‘rvaga
barmog‘imni tekkizsam,
ovqat achchiq bo‘ladi. Zahar
bo‘lishi uchun siz
tilingizni tekkizishingiz kerak...
Bosh
Boshim og‘rib o‘tirgan edim. Bir
og‘aynim kelib
hol-ahvol so‘radi-da:
-Men senga «Ko‘p kitob o‘qima»,
deb ming
marta aytganman, kamroq
o‘qisang, boshing
og‘rimaydi, mana men bitta ham
kitob
o‘qimaganman. Yoshim ellikdan
oshdi, lekin shu
paytgacha sira boshim
og‘rimadi,- dedi.
«Gaping ma’qul», deb qo‘ya
qolsam bo‘lardi,
lekin til bunga yo‘l qo‘yarmidi.
Aytgan gapini
qarang:
-Odamning boshi bo‘lsa, og‘rib
turgani ham
ma’qul...
Baliq
Aroqxo‘rlikni xush ko‘ruvchi
tanishim Ramazon
oyi arafasida:
-Bir baliqxo‘rlik qilaylik,- deb
qoldi.
-Nechuk ko‘ngling baliqni tusab
qoldi, baliqqa
boshqorong‘umisan?-deb
hazillashdim.
-Ro‘zadan avval xalqumni
tozalab olay,-dedi u.
«Niyating yaxshi», demoqchi
edim, tilim boshqa
gapni aytib yuborsa:
-Tinch okeandagi barcha
baliqlarni yeb
tugatsang ham halqumingni
tozalashga kifoya
qilmas... Antenna
O‘sha chala mulla:
-Soch tolalari antenna,
kechqurun
uxlaganingizda ruhlarning
to‘lqinini qabul qilib,
siz tush ko‘rasiz,-deb qoldi.
Davradagilardan biri:
-Domla, sochi yo‘qlar-chi, ular
antennasiz ham
tush ko‘raverishadimi?-deb
so‘radi.
Tilginamdan o‘rgilay, chala mulla
javob
topgunicha, uning mushkulini
yengil qilib qo‘ya
qoldi:
-Ularniki paraban (chig‘anoq)
antenna, tushning
dodaxo‘jasini o‘shalar ko‘rishadi.
Ehtiyotdagi bosh
Chala mulla Allohning
mo‘‘jizalarini gapira turib
derdi:
-AgarXudo ko‘zni peshonaga
emas, yelkangizga
o‘rnatganida kostyumni yechib
qararmidingiz?
Quloqni qo‘ltig‘ingizga
o‘rnatganida birov
gapirganida qo‘lingizni ko‘tarib
turarmidingiz?
Agar boshni yelkaga
mahkamlamay telpakka
o‘xshab, olib qo‘yadigan qilib
yaratganida, biron
joyda boshni olib qo‘yib,
esingizdan chiqib
qolsa, nima qilardingiz?
-Hammaning emas, shu chala
mullaning boshini
olib qo‘yadigan qilib yaratsa,
yaxshi bo‘lardi,-deb
yubordi tilginam.
-Nega?-deb ajablanib so‘radilar.
-Shu boshi esidan chiqib qolsa,
buning o‘rniga
aqlliroq boshni olib
o‘rnatarmidi...
Qiyin savol
O‘sha chala mulla ilm olish
xususida gapirib,
maqtanib qoldi:
-Ilmimiz yetarli darajaga yetdi.
Har qanday
savolga javob topa olamiz.
-Domla, unchalikmasdir,-dedim.-
Mening
Rahmatilla oshnamga ro‘para
bo‘lsangiz, tesha
tegmagan savollarni qalashtirib
tashlaydi-ki, lol
qolasiz.
-Masalan, nimani so‘rashlari
mumkin?
-Masalan, u «Domla, iftor
chog‘ida og‘izni aroq
bilan ochgan ma’qulmi yo
kon’yak bilanmi?» deb
so‘rab qolsa, javob bera
olarmikinsiz?
Domla tushmagur Rahmatilla
oshnamga ro‘para
kelmayoq mag‘lub bo‘la qoldilar.
Isinish
Iymoni zaifroq birodarimiz bilan
ketayotgan
edik.
-Sovqotyapman,-deb nolib qoldi.
Tilginamdan aylanay, shu yerda
ham tinch
turmadi-ya! Aytgan gapini
qarang:
-Birodar, ozgina sabr qiling,
do‘zaxda isinib
olasiz (astag‘firulloh!).
Qulupnay
Ziyofatda qulupnayning
fazilatlari madh
qilinardi. Mendan:
-Qulupnay qon bosimini tushirar
emishmi?-deb
so‘rab qolishdi.
Aqlim «ha», demoqqa
shaylangan edi, tilim
tushmagur chaqqonlik qildi:
-Ziyofatda tekin qulupnoyni
to‘yib yesangiz, qon
bosimingiz tushadi. Agar
pulingizga sotib
olsangiz, aksincha, ko‘tarilib
ketadi.
Xandon pista
Bozor oralab yurgan edim.
-Inim, xandon pista oling,-dedilar
bir otaxon.-
Qarang, pistalar sizga qarab kulib
turishibdi.
«Rahmat, pista olmayman», deb
o‘tib ketaversam
ham bo‘lardi, ammo til bunga
yo‘l bermadi:
-Otaxon, pistalaringiz menga
qarab kulib
turishgani rost, lekin narxini
aytganingizdan
keyin cho‘ntak sizga qarab
yig‘lab yuboradi-ku,
bunga nima deysiz?
Quvvat
Bir chala mulla hammani og‘ziga
qaratib va’z
aytardi:
-O‘rik nima uchun yurakka
o‘xshaydi,
bilasizlarmi, chunki o‘rikni
yesangiz, yurakka
quvvat bo‘ladi.
Aqlim «balki shundaydir»,deb
o‘ylashga
ulgurmay til tish hatlab qo‘ya
qoldi:
-Taqsir, qovoq-chi?
Tom
-Uning tomi ketgan,-dedi
do‘stim.
-Bunday bo‘lishi mumkin emas,-
dedim.
-Nega?
-U asli tomsiz tug‘ilgan edi...-dedi
tilim.
Tovuq
Hamkasbim bilan suhbatlashib
o‘tirgan edim.
Katakdagi tovuq qaqag‘lab qoldi.
-Bitta tuxum tug‘ib shuncha
vahima qiladi-ya,-
dedi hamkasbim kulib.
-Shapaloqdek kitobi chiqib,
maqtanishi olamni
buzadigan shoirga o‘xshaydi,
bizning tovuq,-deb
yubordi tilim.
Quloq
Issiq jonmiz-da, behos qulog‘im
og‘rib, quloq,
burun, tomoq do‘xtiri bo‘lmish
do‘stimnikiga
chiqdim.
-Ha, nechuk, biz g‘ariblarni
yo‘qlab qolibsan,
do‘stim, meni ko‘rging kelib
qoldimi?-deb
hazillashdi do‘xtir.
-Seni men emas, qulog‘imning
ko‘rgisi kelib
qolibdi,-deb yubordi baraka
topgur tilim.
Havo o‘zgardi
Qon bosimim oshib, boshni
bog‘lab yotgan edim.
Ahli ayolim kirib, hol so‘rab:
-Ob-havo o‘zgarsa, sizning
bosimingiz ham
o‘zgaradigan bo‘lib qoldi, bugun
ko‘chaga
chiqmang,-dedilar mehribonlik
bilan.
-Gapingiz to‘g‘ri, ob-havo
o‘zgarsa, qon bosimi
ham o‘zgaradi. Lekin xotin
o‘zgarsa, har qanday
qon bosimi yaxshilanib
ketarmish,-deb yubordi
tilginam.
Qaymoq
Do‘xtir jiddiy parhez lozimligini
uqtirib, yeyish
mumkin bo‘lmagan taomlarni
sanab ketdi.
"Qaymoq ham mumkinmas”,
deganda "aytsangiz-
aytmasangiz qaymoq
yemayman”,-dedim.
-Nima uchun?-deb so‘radi do‘xtir
ajablanib.
-Juda qimmat-da,-deb to‘g‘risini
aytib qo‘ya
qoldi suyaksiz tilginam.
Do‘xtir yana ro‘yxatni davom
ettirib, oxirida
"tushundingizmi?”-deb so‘radi.
-Faqat bitta narsaga
tushunmadim, nafas olishim
mumkinmi?-deb yubordi
tilginam.
Almashtirib berarsiz
Bir uchrashuvda "Nega
xotiningizni olib
kelmadingiz?” deb so‘rashdi.
-Keyingi safar, albatta, olib
kelaman. Ko‘rarsiz,
yoqsa yoqdi, yoqmasa
almashtirib berarsiz,-dedi
tilginam taltayib....?
ETIBORIZ UCHUN RAHMAT
Прикрепления: Rasmi batafsil ko'rish 1
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 2314 | | Теги: aha | Рейтинг: 5.0/14
Всего комментариев: 3
DILIM616728.11.2012 13:56
Sayt_Malikasi29.11.2012 05:01
Ravshanbek06.12.2012 14:04
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz