Главная » 2014»Sentyabir»26 » London universiteti professori Moskvadagi bog‘daadashib qolib, halok bo‘ldi
16:08
London universiteti professori Moskvadagi bog‘daadashib qolib, halok bo‘ldi
London universiteti professori Aleksey Chervonenkis Moskvadagi “Losiniy ostrov” bog‘i hududida adashib qolib, halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Interfax. 76 yoshli olim 21-sentabr kuni “Losinoostrovskaya” platfomasi bo‘ylab sayrga chiqib ketadi, biroq qorong‘i tushgach ham uyiga qaytib kelmaydi. Kechasi u qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qilib, adashib qolganini ma’lum qiladi. “Zudlik bilan qidiruv otryadi tuzildi. U mutaxassislar bilan birgalikda professorning 100 dan ortiq hamkasb va talabalaridan iborat bo‘ldi, biroq qidiruvlar muvaffaqiyat keltirmadi. Olimning jasadi ertasi kuni vertolyot yordamida topildi”, — deyiladi London universiteti saytida. Podmoskovye politsiyasi xabariga ko‘ra, aniqlangan jasadda zo‘ravonlik belgilari bo‘lmagan. Huquqni muhofaza qilish organlarining aniqlik kiritishicha, Aleksey Chervonenkis sovqotishdan halok bo‘lgan. Marhum professorning xotini aytishicha, u yaqinda jiddiy operatsiyani boshidan kechirgan, shu tufayli uning organizmi zaiflashib qolgan bo‘lgan. Aleksey Chervonenkis 1938-yil 7-sentabrda tug‘ilgan. U Rossiya Fanlar akademiyasining Boshqaruv muammolari universitetida yetakchi xodim, shuningdek London universiteti kollejida professor bo‘lib ishlagan. Olim matematik statistika, mashina bilan o‘qitish nazariyasi va uning qo‘llanilishi bilan shug‘ullangan. U matematik Vladimir Vapnik bilan birgalikda o‘zlarining empirik ma’lumotlar bo‘yicha bog‘lanishlarni qayta tiklash statistik nazariyasini ishlab chiqqan, u Vapnik- Chervonenkis nazariyasi deb ataladi.