Krishtianu Ronaldu: «O'g'limni o'rtaga qo'yib qasam ichishim mumkinki, «Real»dan noroziligim pul bilan bog'liq emasdi» Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2012 yilning kuzida jamoadagi holatidan norozi bo'lishiga pul bilan bog'liq masalalar sabab bo'lmaganini ta'kidlab o'tdi. «Xozir bor diqqatimni futbolga qaratganman. Shundagina shartnomani yangilash borasida mavsum oxiridagina so'zlash mumkin bo'ladi. O'g'lim nomi bilan ont ichishim mumkinki, jamoadan noroziligim pul bilan bog'liq masala tufayli bo'lmagan». «Necha yoshimga qadar professional futbolchi sifatida o'ynamoqchiman? Murakkab savol. O'zimga qolsa, yana o'n yil o'ynashni istayman, ammo 38 yoshimda hozirgidek holatda bo'lamanmi, yo'qmi bilmayman». «Men agar barchasi o'z joyida bo'lsa, uzoq vaqt o'ynashni istayman. Genetik jihatdan yaxshi holatdaman. Bu borada muammo bo'lmasligi kerak. Ammo aytishlaricha 32-33 yoshdan so'ng ko'p narsa o'zgarar ekan», deya Krishtianu Ronalduning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «AS» nashri. Manba: www.orzular.com