Статистика |
Hozirda saytda: 12 Mexmonlar: 12 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 20 » Kolumbiyada oshqozonida narkotik tashishi rejalashtirilgan 11 yoshli qiz qo‘lga olindi
05:06 Kolumbiyada oshqozonida narkotik tashishi rejalashtirilgan 11 yoshli qiz qo‘lga olindi |
Kolumbiyaning Kali shahri politsiyasi oshqozonida narkotik moddalarni tashishi rejalashtirilgan 11 yoshli qizni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qo‘lga olingan qizning oshqozonidan jarrohlik operatsiyasi orqali umumiy og‘irligi 500−600 gramm bo‘lgan narkotik moddalarning 104ta kapsulasi olingan. Bu qaysi turdagi norkotik moddasi ekanligi hozirda aniqlanmoqda.
Politsiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi ajrashib ketgan qiz dam olish kunlari otasinikida bo‘lib, keyin onasinikiga qaytgan. Tunda u o‘zini yomon his qilgach shifoxonaga olib borgan. Politsiya hozirda qizning otasini tergov qilmoqda. Kimdir yosh qizdan Yevropaga narkotiklar olib o‘tish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan. U Kolumbiyada bunday maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan eng yosh inson ekanligi ta’kidlangan.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 781 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|