Главная » 2014»Aprel»10 » Ko'kraklaringiz ko'rkam bo'lishini istaysizmi?
11:33
Ko'kraklaringiz ko'rkam bo'lishini istaysizmi?
Tarang, baquvvat, chiroyli, nozik va silliq teri bilan... Bunday ko'kraklarni har bir ayol orzu qiladi. Ayollar faxri hisoblanadi. Quruq orzular bilan ish bitmaydi, hech qanday harakat qilmasdan turib orzularni ro'yobga chiqarib bo'lmaydi?! Mo''jizaviy vositalar yo'qligini hamma biladi, ammo ko'krak o'z shaklini yaxshi saqlashi uchun ba'zi bir harakatlarni amalga oshirsa bo'ladi. Muntazam ko'krak parvarishini teri o'zining tarang va sog'lom ko'rinishini yo'qotmasdan turib qancha erta boshlasangiz, shuncha yaxshi natijagaerishasiz. Kosmetik vositalarning eng yaxshisi - har kuni sovuq suvda parvarish hisoblanadi. Bunda qon ta'minlanishi yaxshilanadi, qon tomirlari va terini elastik va tarang bo'lishiga olib keladi. Cho'milganingizda, sovuq suv bilan ko'kraklaringizni chaying. Undan ham yaxshisi - kontrast suv quyishlarni qo'llang. Cho'milishdan oldin so'rg'ichlar atrofini aylana harakatlar bilan uqalash maqsadga muvoffiq. Bu qon aylanishini faollashtiradi. So'ng teriga albatta krem surtib chiqing. Ko'krak terisi o'ta sezuvchandir va namlik yo'qolishiga ta'sirchandir, har kungi krem surtishlar teriga ortiqcha e'tibor emas, balki zaruratdir.
Kompress
Shaklini yo'qotayotgan ko'krakka kontrast kompresslar yordam berishi mumkin - galma-gal mo''tadil issiq va mo''tadil sovuq suvni sochiq yordamida ho'llash. Bunda issiq suvga ozroq tuz, sovuq suvga esa vino sirkasi yoki limon sharbati qo'shiladi. Avval issiq -sochiqni tuzlangan suvdan, ozroq siqib ko'krakka, tagidan boshlab 30 soniyaga qo'yiladi. Keyinesa sovuq kompress 1 daqiqa qilinadi. Bu ikki jarayon 10 marta qaytariladi. Muolaja sovuq kompress bilan tugatiladi.
Ko'krak uchun kerakli yordam
O'ta tor va noqulay byustgalter ko'krakka ziyon yetkazadi. Agar u "burishtirib" yoki belda yuqoriga sudralib chiqsa, demak o'lchamingiz noto'g'ri tanlangan. Avvalan bor, byustgalter to'la ko'krakka zarurdir, aks holda terini cho'zilishiga olib keladi. Agarda sizning ko'kragingiz kichkina bo'lib, sport bilan shug'ullanayotganingizda undan voz kechmaganingiz ma'qul. Ayniqsa keskin harakatlarni talab etuvchi sport turlarida, masalan tennis, aerobika, yugurish yoki basketbol yoki otda yurish. Shuni ham aytib o'tish kerakki, noto'g'ri tanlangan byustgalter, bosh og'rishining sabablaridan biri bo'lishi ham mumkin! Elastik sportiv byustgalterlar ayni muddaodir, ular ushlab turishi bilan birga harkatlaringiz doirasini kamaytirmaydi. Choksiz turlariga e'tiboringizni qaratganingiz ham to'g'ridir. Ular juda ham qulay.
Ko'krak massaji
Maxsus gimnastika va massaj yordamida siz ko'kragingiz o'lchami yoki shaklini to'g'rilashingiz mumkin. Massaj - taranglikni va terining elastikligini saqlash usullarining foyda beruvchi usullardan biridir. U sababli qon aylanishi yaxshilanadi, limfalarning chiqishi kuchayadi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Hozirgi paytda osilib va burishib qolgan ko'kraklarni tortib taranglashtiradigan, ko'krak atrof terisining tiklanishiga yordam beruvchi maxsus krem va bal'zamlar xilma-xilligini ko'rasiz. Massaj qila turib, har doim teri va mushaklaringizga ta'sir qiladigan kuchingizni to'g'ri taqsimlang. Bunda professional massajistga murojaat qilganingiz ma'qul. Qilinishida eng sodda va eng samarali massaj turlaridan biri bu akva yoki gidromassaj hisoblanadi.
Suv teriga yumshoq va ehtiyotkorlik bilan ta'sir etib, mushaklar tonusini oshiradi. Qo'yilgan maqsadga qarab bu suv oqimi, vanna, kompress, kontrast suv quyishlar bo'lishi mumkin. Suv oqimi yordami bilan masaj bajarishingiz bilan, ko'kraklaringizni "ushlab" turuvchi mushaklarni kuchaytirasiz. Doimiy massaj ko'kragingizga chiroyli va tortilgan shaklini beradi.
Shunday qilib, "suv oqimi" variantini ko'rib chiqamiz. Eng asosiysi - muolajani doimiyligidir. Uni har tong o'tkazganingiz ma'quldir. Juda bo'lmaganda haftada 3-4 marta. Bu ko'krak mushaklarini tortilishiga yordam berib, ko'krak atrofi qon aylanishini yaxshilaydi, hujayralar va to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi, shu bilan ularning yangilanishini ta'minlaydi. Uni qanday qilib to'g'ri qilish kerak? Oldindan oqim kuchini to'g'rilab olib, uni ko'kragingizga yo'naltiring. Ko'krakka ziyon etmasligi uchun oqim juda kuchli bo'lmasligi kerak, hamda juda ham kuchsiz bo'lmasin, bunda erishiladigan natijaga erishmasligingiz mumkin. Suvning harorati xohlaganingizdek bo'lishi mumkin, sizga noqulaylik yaratmasa bas. Suv oqimini aylana harakatlar bilan yo'nalishini yuqoriga qiling. Ko'krak osti va qovurg'alar orasida harakatlarni intensiv qiling, chunki aynan shu joylar ko'krakning baland turishiga javob berishadi. So'rg'ichlar va ularning atrofiga suv bosimini yo'naltirmang. Aynan shu joylarda teri juda ham nozikdir. Oqimni bir tekisda, ravon yuqoriga, keyin qo'ltiq ostiga, so'ng ko'krakning o'ziga qaytaring.
Muolajaning davomiyligi 8-10 daqiqani tashkil qiladi. Chayinganingizdan keyin yaxshilab artining va ko'kragingizga maxsus ko'krakni tiklovchi bal'zam yoki ozuqaviy krem surting. Siyrak oqim massaji ham yaxshi hisoblanadi. U teriga ko'proq ta'sir qilib, nerv tolalarini jonlantiradi, shu bilan birga teri va so'rg'ichlar sezgirligini oshiradi. Bu massaj quyidagicha bajariladi: oqimni aylanma harakatlar bilan qovurg'alardan yelkangizga qarab yo'naltiring, tomoq ostini qo'shgan holda. Muolaja 15-20 daqiqani tashkil qiladi. So'ng suv oqimi ostida turing, terini momiq sochiq bilan namini tortib, oziqlantiruvchi krem surting. Yana bir yaxshi ijobiy natijalarni beruvchi massaj turi - dengiz suvi bilan bajarishdir. Uning foydaliligini eshitgan bo'lsangiz kerak. Lekin buning uchun dengiz sohiliga borishingiz shart emas. Dengiz tuzini dorixonadan olib, quyidagi proporciyada, ya'ni 100 g 1 l suvga, vanna to'ldiriladi. "Kichkina dengizda" taxminan 15-20 daqiqa yoting, so'ng engil massaj qilishni unutmang.
Maxsus gimnastika
Yaqinda tug'gan ayollar uchun ko'krakni yaxshi shaklda saqlanib qolishi uchun jismoniy mashg'ulotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Quyida keltirilgan mashg'ulotlar ko'kragingizni deyarli tez muddat ichida (bir necha oyda) yaxshi holatga keltiradi. Mashg'ulotlarni har kuni 15-20 daqiqa bajarganingiz ma'qul.
1. Mashq . "Otjimaniye"
Qo'llarni yelkalardan sal kengroq qo'yish kerak. Oyoqlar va bel bir tekis chiziqni tashkil qilishi kerak. Barmoqlar to'g'riga, tirsaklar esa yonga yunaltirilgan bo'ladi. Tirsaklarni oxirigacha to'g'rilash shart emas. To'g'rilanishida nafasni chiqaring, egilganida nafasni ichingizga torting. Bu mashqni yerdan qilishga qiynalsangiz, boshlanishiga stuldan qilib ko'ring. Bittada 10 marta qilishga harakat qilish kerak.
2. Mashq. Tizzaga turib "otjimaniye" qilish. Bilaklar yelka ostida, barmoqlar oldinga yo'naltirilgan, tizza bilan yerga turamiz. Qolgani 1-mashqdagidek qilinadi.
3. Mashq. To'g'ri turing, oyoqlar yelka barobarida. Kaftlaringizni birga oldingizda qiling, barmoqlaringizni yuqoriga qiling, tirsaklaringiz ko'kraklaringiz baroobarida bo'lsin. Ikki marta, "bir,ikki" hisobiga kaftlaringizning pastki qismini qattiq siqing. "Uch" hisobiga barmoqlaringizni o'zingizga qarating, "to'rt"da -kaftlaringizni to'g'rilang, "besh"da - qo'llaringizni tushiring, "olti"da qo'llaringizni oldingizda yig'ing. Shunday 5-10 marta qiling.
4. Mashq. Qo'llaringiz barmoqlarini birga chirmashtiring. To'g'ri turing, oyoqlar yelka barobarida bo'lsin. Tirsaklardaegilgan qo'llaringizni yuzingiz barobariga ko'taring. Barmoqlaringizni bir biri bilan qattiq chirmashtiring. Keyin keskin harakatlar bilan qo'llaringizni har xil taraflarga qarata harakatlantiring. Mashqni 10-12 marta qaytaring.
5. Mashq. Qo'llaringiz bilan aylana qilishga harakat qiling. Birga sinxron yoki ketma-ket qo'llaringizni oldinga va orqaga, "sakkiz" sonini konturlarini harakatingizda bajarib ko'ring. Shu bilan birga gantellar bilan ishlashingiz, turnikda tortilishingiz va maxsus korrektorlash trenajerlarda fitness-markazlarida shug'ullanishingiz mumkin. Gantellar va turniklarning yana "salbiy" ta'siri - qo'llaringiz va yelkalaringizni chiroyli bo'lib ketishidir. Keyingi savolesa, qanday qilib yosh onaga bularni bajarish uchun vaqt ajratishidir, bolasiga qarasa, uy yumushlarini qilsa, oilasini o'ylasa, shu bilan birga ustiga ishlasa. O'zingiz sezgan bo'lsangiz ham kerak, gantel va fitnesslarning go'zallikni saqlashda katta ahamiyat kasb etmaydi, eng asosiysi bu - tirishqoqlik va doimiylikdir.