SHERLAR.BIZ Juma, 19.04.2024, 13:21
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Avgust » 5 » Kimning ko'zi ko'r ( ohirigacha o'qing yig'lisiz )
21:04
Kimning ko'zi ko'r ( ohirigacha o'qing yig'lisiz )
Xotinim ilk farzandimizni
tuqqanida o'ttiz yoshda edim...
O'sha kechani hanuz eslayman...
Daydi o'rtoqlarim bilan yarim
tungacha choyxonalardan birida
gap sotib yotdik... Ma'noli biror
gap bo'lganini eslolmayman,
quruq oldi-qochdi, g'iybat,
haromga to'la gaplar bilan liq
to'lgan bir kecha edi... Gapga
ustaroq bo'lanim uchun suhbat
jilovi mening qo'limda, turfa
qiliqlar, gaplar bilan sheriklarni
kuldirar edim... O'sha kech
ularning juda ichaklarini uzdim...
Kishilar ovoziga, qiliqlariga taqlid
qilish qobiliyati menda chakana
emasdi. Go'yo ovozni o'zgartirish
murvati iyagim tagida turgandek
tomog'imga qo'l yuborib bir
burab qo'yardimda, bir yumalab
Palonchi bo'lib olardim, keyin sal
o'tmay, yana tomoqni bir burab,
Pistonchi bo'lib olardim. Esimda...
O'sha tun bozorda ko'rib qolgan
bir ko'zi ojiz qariyaning roliga
kirib ustidan rosa kuldim,
yigitlarning ko'zlaridan yosh
chiqib ketdi kulaverib.. Bu ham
yetmaganday, qariya o'rnidan
turib ketayotganda oyog'iga chil
berib yubordim, gursillab qulab
tushdi, qah-qahamiz kochani
tutdi... Odatdagidek, uyga
bemahalda qaytdim... Ayolim bir
ayanchli ahvolda eshikka ko'z
tikib o'tirgan ekan. Borishim
bilan qaltiragan, mungli ovozda: -
Rashid aka, qayoqda ediz? -dedi.
Men zarda aralash istehzo bilan
javob berdim: - Marsda! Qayoqda
bo'lardim? Do'stlarim bilan edim..
Holdan toygan, bir ahvolda
ekanligi shundoq ko'rinib
turardi. Kelgan yig'isini zo'rg'a
to'xtatib, dedi: - Rashid aka,
charchab ketayapman, madorim
yo'q... Ko'z yoradigan vaqtim juda
yaqin... Shu gaplarni aytar ekan,
beixtiyor ko'zlaridan chiqqan
yosh siniq yuziga yumaladi...
Ichimdan qirindi o'tdi, xotinimga
e'tibor bermay, ko'chada,
choyxonada chaqchaqlashib
yurganimga achinib ketdim,
bolasi to'qqiz oylik bo'lsayu, bu
ahvolda yursam.. Tezda
tug'ruqxonaga olib bordim,
opkirib ketishdi.. Bir necha soat
o'tib ketdi hamki, biror kishi
chiqib xabar bermasdi, turib-
turib oxiri chachadim,
kiraverishdagi hamshiraga
telefonimni qoldirdim-da, uyga
ketdim... Bir soatdan keyin
telefon jiringladi, meni
chqarishdi. Bir zumda
tug'ruqxonaga yetib bordim. -
Xonasi qani, qayerga
joylashtirdinglar? Avval xotinimga
doyalik qilgan do'xtir ayolga
uchrashishim kerak ekan: - Qaysi
ayol?! Men avval xotinimni,
farzandimni ko'ray! Hamshira
yelka qisdi: - Avval do'xtirga
uchrarkansiz. Do'xtir ayol oldiga
kirdim. U menga Ollohning
taqdiri, qismat, qazoga rozilik
haqida so'zlab turib: - O'g'il
ko'rgansiz, biroq ko'zi uncha
rivojlanmagan ekan, sabr qilasiz
endi buyo'iga, dedi. Yarq etib
bozordagi, mening oyog'imga
surinib o'mbaloq oshib rushgan
ko'r ko'z oldimga keldi,
tomog'imga bir narsa xip etib
tiqildi... Xudoyo tavba! Ekkaningni
o'rasan, deganlari shumikin-a?!
Bir muncha vaqt nima deyarmni
bilmay ag'rayib qarab turdim.
So'ngra xotinim, farzandim
esimga esimga tushdi, do'xtir
ayolga yaxshi muomalasi uchun
yengilgina rahmat aytdimda,
xotimni ko'rgani xonasi tomon
yurdim. O'zimning rafiqam!
Shunday musibatni ko'rib
tursada, ko'zlarida g'am, tashvish
belgilarini ko'rmadim, taqdirning
bu qaltis zarbasiga
mardonalarcha tan berib, rozi
bo'lib yotardi.. Kelin bo'lib
tushganidan beri menga
mustahkam tayanch bo'lib
kelgan, odamlarni kalaka
qilishimga rozi bo'lmay doim:
"Kishilarni g'iybat qilmasangiz
bo'lardi.." deb nasihatomuz
gaplarni aytib yuradigan ayolim
bu safar ham metin irodasi-la
meni lol qildi.. Tug'ruqxonadan
uyga qaytdik, bu safar uch kishi
bo'lib, o'g'limiz Salimjon ham
(unga shunday nom berdik)
bizga yangi mehmon bo'lib
qo'shildi. Rosti… Unga nisbatan
hech ko'nglim ilimadi.. Unga
e'tibor berishga ichki bir turtki
sezmadim, uning uyda bor-
yo'qligi menim uchun farqsiz
edi…Yig'isi kuchayib o'z
borligidan xabardor etganda,
ayvonga chiqib yotib oladigan
bo'ldim! Xotinimning esa… unga
e'tibori boshqacha edi, yeru
ko'kka ishonmasdi.. Men
bo'lsam.. yomon ko'ra
olmasdimku, lekin yaxshi ham
ko'rib keta olmadim! Oylar o'tib
tetapoya bo'la boshladi, yoshi
birga kirib yurishga harakat qila
boshlaganida, bir oyog'i kaltaroq
ekanini angladik… Ilgarigi
munosabatim yanada
sovuqlashdi.. Undan so'ng
xotinim Umar va Xollidlarni tug'ib
berdi.. Yillar o'tdi.. Salimjon
ulg'aya boshladi, ukalari ham..
Uyda o'tirshni uncha
xushlamasdim, doim ulfatlarim
davrasida, ular bilan gap
"yerdik".. Bora-bora Salimjonning
ahvoli meni tashvishga solmay
qo'ydi, burungi qah-qaha, ilgarigi
qiliqlar yana o'z holiga qaytdi..
Lekin shunday bo'lsada, xotinim,
o'zimning mushtipar, munis
rafiqam, mening yo'lga kirib
ketishimdan umidini sira
uzmasdi, mening xurmacha
qiliqlarimga bardosh bilan sabr
qilar, xilvatda haqimga duo qilar
edi!! Biroq boshqa
farzandlarimga g'amxo'rlik qilib,
erkalab, Salimjonni chetga surib
qo'yganimni, butunlay
beparvoligimni ko'rib, ichidan
kuyar, bildirmay yum-yum
yig'lardi.. Salimjon maktab
yoshiga yetdi, xotinim zorlana-
zorlana uni nogironlar maktabiga
joylashtirishga meni ko'ndirdi..
Yillar tez o'ta boshladi, vaqt
o'tayotganini uncha
payqamasdim, kunlarim bir xil
ritmda – ish, uyqu, ovqat, ulfatlar
bilan bo'ladigan "gap", ertasi
ham, indini ham... shunday
o'tardi.. Bir kuni… juma kuni..
soat o'n birlarda peshinga yaqin
uyg'ondim, soat ikkilarga bir
joyga to'yga aytilgan edim.. Ha,
hali ancha vaqt bor ekan, deb
bemalol yuvinib, so'ng tanlab
kyinib, xushbo'ylanib, taranib,
ko'cha tomon yurdim. Ayvondan
o'tar ekanman, Salimjonning
g'alati yi'gisi e'tiborimni tortdi…
Ich-ichidan, ezilib-ezilib
yig'lamoqda edi, yuzlari yoshdan
yuvilib ketgan, qo'llari bilan ojiz
ko'zlarini artib ulgurolmasdi!
Go'dakligidan beri unga
qilayotgan birinchi iltifotim edi!
Mana, o'n yil (!!) o'tibdi hamki,
biror marta ham yig'laganda,
tashvish chekkanda e'tibor
bermagan ekanman… Bu safar
ham ichki bir shum tuyg'u meni
qaramay o'tib ketishga
chaqirardi! O'g'lim esa, mening
borligimni hali bilgan emas,
hazin, mungli ovozda onasini
chaqirar edi… Burilib unga
yaqinlashdimda, so'radim: -
Salimjon, nega yig'layapsan?
Ovozimni eshitar ekan, yig'idan
to'xtaganini ko'rdim.
Yaqinlashganimni sezgach,
atrofini paypaslab, xonasi tomon
kirib keta boshladi.. U mendan
o'zini olib qochmoqda edi! Oh!!
Bu o'ksik tislanishni hech qachon
unutolmasam kerak!! Uning
qilgan hatti-harakati, atrofdagi
xona ichidagi buyumlar barchasi
tilga kirib, go'yo: "O'n yildan beri
qayoqda eding?!" deyotgandek
edi… Ortidan xonaga kirdim..
Dastlab, nega yig'laganini
aytishdan bosh tortdi.. Erkalab,
muloyimlik bilan so'raganimni
sezgach, piqilllab sababini bayon
qildi: odatda masjidga yetaklab
oborib keluvchi ukasi Umar uyda
yo'q ekan, juma namozi bo'lgani
bois, birinchi safdan joy ololmay
qolaman deb yig'layotgan ekan..
Ukasini chaqiripti, onasini
chaqiripti, hech kim kelmagach
yig'lab yuboripti.. Bu gapni
aytaturib xo'rsinib qo'ydi…
Yumuq ko'zlaridan yana yosh
quyila boshladi.. Bu gapni eshitib
hayajondan bo'g'zimga bir narsa
tiqildiyu, yuzini qo'lim orasiga
olib, o'zimni tutolmay yi'gi
aralash: - Shuning uchun
yig'ladingmi-a Salimjon?- dedim.
Bosh irg'ab javob qildi: - Ha..
Shunda hamma narsani
unutdim.. ulfatlarimni, va'da
qilingan to'yni.. - Salimjon,
o'g'lim, bilasanmi, bugun seni
masjidga kim oboradi? - Umar
oborsa kerak, lekin kech
qolayaptida.. - Yo'q... bugun seni
men o'zim oboraman.. Salimjon
hayratdan qotib qoldi, hech
ishongisi kelmasdi, boshqalarni
mazax qilib, turli qiliqlar bilan
masxara qilib yuradigan otasi o'z
og'li, ko'zi ojiz nogiron farzandini
ham kalaka qilayapti deb o'yladi
shekilli.. Biroq, jiddiy
gapirayotganimni
sezdirganimdan keyin, ko'ziga
yana yosh keldi.. Ko'zlarini qo'lim
bilan artar ekanman, qo'lidan
ushlab mashina tomon
yetakladim..Mashinaga
o'tirg'izmoqchi ekanimni
sezgach: - Masjid yaqinku, dada, -
dedi. – Masjidga qadamlarimni
sanab borgim kelayapti..Masjidga
oxirgi bor qachon kirganimni
eslolmayman… Lekin, shunisi
aniqki, hech qachon bu
safargidek, qilib qo'ygan
gunohlarimni eslab bu qadar
meni vahima bosmagan edi,
behuda o'tgan uzoq yillarga bu
qadar nadomat qilmagan,
achinmagan edim… Masjid
odamlarga to'la boshlagan ekan,
shundoq bo'lsa-da, Salimjon
ikkimizga birinchi safdan joy
topa oldik.. Birgalikda jum'a
xutbasini tingladik, yonimda
namoz o'qidi.. To'g'rirog'i.. men
uning yonida o'qidim..
Namozdan so'ng Salimjon
tokchadan Mushaf (Qur'on) olib
berishimni so'radi.. Taajjub! Ko'zi
ojiz qanday o'qiy olardi..
Eshitmagandek bo'lib o'tiraveray
dedimu, og'ir botishidan qo'rqib,
qo'liga Qur'on tutqazdim.. - Kahf
surasini ochib bering… Titkilab
titkilab, oxiri mundarijasidan
topib, kerakli sahifani ochib
berdim.. Qur'onni qo'limdan olib,
oldiga, lavh ustiga qo'ydida, ojiz
ko'zlarini yumgan holda o'qiy
boshladi.. Rabbim! U Kahf
surasini to'lig'icha yod olgan edi!
O'zimdan uyalib ketdim..
Qo'limga Qur'onni olar ekanman,
vujudimni qaltiroq tutdi,
o'qiyverdim, o'qiyverdim, ich-
ichimdan Ollohga qilgan
gunohlarimni kechirishni so'rab
nola qilar edim.. Oxiri o'zimni
tutib turolmadim, boshida bir-
ikki tomchi ko'z yoshi bilan
boshlangan yig'i endi avjiga
mingan, butun borlig'imni
egallagan edi.. Masjidning u yer
bu yerida qolib namoz
o'qiyotgan odamlardan xijolat
chekib, yig'imni ichimga oldim,
endi yig'i bo'g'iq ingroqqa,
hiqillashga aylandi.. Sezmay
qolibman… Qarasam, ingichka,
kasalmand qo'llar yuzimni
paypaslab topib, seldek oqib
tushayotgan yoshlarimni arta
boshlabdi.. O'g'lim Salimjon!
Yuragim to'lib, quchog'imga
oldim, bag'rimga uzun bosib
turar ekanman, xayolimdan shu
o'ylar kechdi: Sen ko'r emassan
o'g'lim! Ko'zi ko'r men ekanman!
Jahannam sari sudrayotgan
bemaza daydilarga qo'shilib, ular
orqasidan quyuqib ketgan, ortiga
bir marta bo'lsa ham qarab
qo'ymagan otang ko'r ekan!!
Uyga qaytdik.. Xotinim Salimjonga
juda xavotir olib turgan ekan,
mening yetaklab kelayotganimni,
jum'ani birga o'qib
kirayotganimizni ko'rib xavotiri
quvonchga aylandi, xursandlik
cho'qqisining eng oily ifodasi
bo'lmish – sevinch ko'z yoshlarini
to'kdi.. Shu kundan e'tiboran
namozni doim masjidda
o'qiydigan bo'ldim, eski
ulfatlardan, eski joylardan oyoq
uzib, masjiddan, mahalladan
yangi do'stlar orttirdim.. Ular
bilan birga bo'lganda hech bir
lazzatga taqqoslab bo'lmaydigan
iymon ta'mini, qalb xotirjamligini
tota boshladim.. Ko'p narsa
o'rgandim, biror rakaat namozni
qoldirmaydigan, Qur'onni bir
oyda bir necha bor qaytaradigan
(xatm qiladigan) bo'ldim.. Oilam,
bola-chaqamga bo'lgan ilgarigi
sovuqlik, beparvolik ko'tarilib,
o'rnini g'amxo'rlik, kuyunchaklik
egallagan edi.. Mushfiq
rafiqamning qayg'uli, mungli
nigohlari ham qaytib kelmasga
ketib, joyiga o'ynoqi, quvnoq
nigohlar kelgan, o'zi ham
ko'rkam bo'lib, hech
mubolag'asiz, o'n yoshga
yasharib ketgandek edi.. Ayniqsa,
o'g'lim Salimjonning yuzidan
tabassum arimas, ko'rgan odam
uni dunyo xazinasini qo'lga
kiritgan deb o'ylardi… Bularning
barchasini ko'rib o'zimda yo'q
quvonar, bu ne'matlarni ato
qilgan Rabbimga shukrlar qilar
edim.. Haqiqiy saodat endi meni
o'z og'ushiga olib, erkalay
boshlagan edi.. Sal o'tmay… bir
kuni.. o'rtoqlarim uzoqroqqa
da'vatga boradigan bo'lishib,
meni ham taklif qilishdi.. Istixora
qilib, xotinim bilan
maslahatlashdim, uzoqqa, ancha
vaqtga ketayotganlarini aytib,
uning javobini kutar ekanman,
rad javobini olsam kerak deb
o'ylagan edim, aksi bo'lib chiqdi.
Xursand bo'lib ketib, safarga
tayyorlanishga unday boshladi..
Avvallari turli huda-behuda
qilinadigan safarlarga ayoliga
mutlaqo maslahat solmaydigan
odamning o'z yostiqdoshi bilan
qilayotgan birinchi mashvarati
edi bu.. Salimjonning oldiga
borib, safarga ketayotganimni
bildirdim, ingichka qo'llari bilan
bo'ynimga osilib men bilan
vidolashdi… Safarimiz uch yarim
oyga cho'zildi.. Bu vaqt ichida
fursat topgan paytimda uyga
telefon qilib, ayolim, bolalarim
bilan gaplashib turdim, ularni
juda sog'ingan edim, ayniqsa
Salimjonni… Qiziq, qachon telefon
qilsam yo masjidga, yo maktabga
ketgan bo'ladi, kechqurun
qilganimda uxlab qolgan bo'ladi..
Ayolim mening unga bu qadar
bog'lanib qolganimni eshitib
kular, telefon ortidan bo'lsa ham
uning yuzlari yorishib
ketayotganini ko'rgandek
bo'lardim… Faqat..
qaytishimizdan bir ikki kun ilgari
sim qoqqanimda odatdagi
kulgusini eshitmadim, ovozi ham
o'zgargandek edi.. - Salimjonga
mening nomimdan quyuq salom
ayting.. - Ha, albatta.. Xudo
xohlasa.. Va nihoyat, safar ham
qarib, uyga yetib keldim, eshikni
qoqdim… Bolalarim, ayolimga bir
quchoq sovg'a-salomlar bilan,
undan-da ko'proq sog'inch bilan
eshikka qarab turdim, ana, hozir
Salimjon eshikni paypaslab bo'lsa
ham topib o'zi ochadi..! Biroq…
eshikni hali to`rtga kirib
ulgurmagan kenja o'g'lim Xolid
ochdi.. Qo'limga olib yerdan
ko'tarar ekanman, u: "Dadadon..
dadadon" deb bir nima
demoqchi bo'lardi.. Uyga
borayotib, o'zim ham
tushunmayman, birdan
yuragimni bir narsa siqqandek
bo'ldi.. "Shayton vasvasasian
O'zing asragin.." . Shu o'yda turar
ekanman, qarshimdan rafiqam
chiqdi, yuzi allanechuk siniq,
ko'zlarida ham mung
qotgandek… Unga tikilib qarar
ekanman so'radim: - Tinchlikmi?
Nima bo'ldi sizga? - Hech…
Birdan xayolimga Salimjon keldi..
- Salimjon qani?! - … Chetga
qarab boshini egar ekan, yuziga
issiq, yirik yoshlar yumaladi.. Shu
payt Xolid o'zining hali to'g'rilab
ulgurmagan chuchuk tili bilan:
"Dadadon.. Talim atam dannatga
tettila.. Olloga.." degan gapini
eshitdimu, karaxt bo'lib turgan
yerimda qotib qoldim, qulog'im
tom bitdi, boshqa nima
deyishganini bilmayman.. Faqat
xotinimning o'krab xonadan
chiqib ketganini ko'rdim…
Keyinchalik bildim.. qaytishimdan
ikki hafta burun Salimjonni
to'satdan bezgak tutib, isitmasi
ko'tarilibdi, ayolim tezda
kasalxonaga olib boribdi… Isitma
avjiga minib, o'z otasining
mehridan necha yillar mahrum
bo'lgan, bir marta bo'lsa-da
"o'g'lim" degan ovozni
eshitmagan, boshlarini silaydigan
ota qo'lini sezmay o'tgan o'g'lim
Salimjon kasalxonada, onasi
qo'lida, ingichka qo'llarini unga
uzata-uzata jon taslim
qilibdi…………. (Muallifdan Alloh
rozi bo`lsin, oxiratini obod qilsin)
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 580 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Avgust 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz