SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 19:22
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 13
Mexmonlar: 13
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 28 » Ketsang unitishga urgatib ket
05:52
Ketsang unitishga urgatib ket
Seni ilk bor uchratganimda
qalbimda ilgari his etmagan
tuyg'ularni tuydim. O'zgacha
edi hammasi. Ilk bor
hiyobonda muzqaymoq
yeganimizni eslaysanmi? Ikkalamiz ham bir xil
muzqaymoqni yoqtirar
ekanmiz. "Tarnado".
Muzqaymoqni yemoqchi
bo'lib, qoshiqchaga olishing
bilan bir bo'lagi yerga uchib tushgandi. Ehtiyotsizlik
qilganing sabab o'ta hijolat
chekding, buni sezdim.
Atrofdagilar esa kuldi
ustingdan. Tasodifni qaraki
mening ham bir bo'lak muzqaymog'im yerga tushdi.
Sen tushirib yuborgan
muzqaymoqning yoniga. Ular
birga qolishdi, erib ketishdi
birgalikda. Biz esa...O'shanda
ko'zlarimiz ilk bor to'qnashdi. Bu bizning ayriliqqa qo'ygan
ilk qadamlarimiz edi. Biz
ayriliqqa mahkum eding
boshidayoq. Faqat buni
sezmasdik xolos...
Ilk bor qo'ng'iroq qilganingda qo'pollik bilan javob
qaytardim. "Tinch qo'ying!"
deya do'q qildim hattoki.
Qabimda esa muhabbat jo'sh
urardi. Ammo sezdirgim
kelmas edi aslo. Sezdirmadim ham.
-Alo.
-Salom, bu yana men!
-Hm, ko'rib turibman..
-Ko'rmayapsiz, eshityapsiz.
-Nima farqi bor? -Farqi borda.
-Yaxshi, nima gapingiz bor
edi?
-Siz menga yoqib qoldingiz,
keling, bir doston bo'laylik.
-Hech qachon...-tut - tut - tut...davomli qisqa gudoklar.
Shundan so'ng SMS yozding.
"Niyatim jiddiy, sizda nimadur
bor, doim o'zingizga
tortaveradigan. Tan olaman,
ko'p qizlarni aldab sevaman deganman, ammo ishoning bu
safar niyatim jiddiy!"
Men esa javob yozdim: "Nima,
kecha tanib olib, bugun
sevaman deyapsizmi? Buni
umid ham qilmang, men har qanday insonga
ishonavermayman!"
Shu SMSdan so'ng meni
bezovta qilmading. Kollejni
yonida ko'rdim seni oradan
oylar o'tib. 25 - fevral, 2010 yil edi. Uyga qaytayotganimda
ortimdan gap otding:
-Yaxshi qiz, sochingiz zanglab
ketibdimi? -(sochimni sariq
rangga bo'yagan edim)
quvnoq ohangda so'rading. -Ha endi sizni o'ylayverib
shunaqa bo'lib qoldida. -
tilimdan qanday uchib
chiqqanini bilmadim bu
so'zlarni.
Sho'ng sen lol qotding turgan joyingda. Chunki, mendan
bunaqa hazilni kutmagan
eding. Hattoki tushingga ham
kirmagandi qo'pol qizning bu
so'zlari. Manzilimga yetgach,
hanuz ortimdan kelayotganingni sezib,
ortimga o'girildim. "Yaxshi
boring!" deya takror va
takror aytdim. Ammo e'tibor
ham bermading. Uyga borgach
chiday olmay qo'ng'iroq qildim. Alamim kelardi.
Befarqligingdan
g'azablanardim.
-Allooo, telefonimning
ekranlari aldamayaptimi?
-Men qayerdan bilay? Na muncha, 8 marta yaxshi
boring desam ham bir marta
javob qaytarmaysiz?
-Shunchaki mening xolatimni
sizga ma'lum qilmoqchi edim.
-Nimaaa? Tushunmadim. -Eee, bo'pti. Kechga telefon
qilaman xop. -yana quvnoq
javob berding.
Nima demoqchi bo'lganingni
tushuna olmadim. Endi
tushundim seni. Sen mening befarqligim va qo'rsligimdan
qanchalik aziyat chekganingni
ko'rsatmoqchi bo'lgansan
o'shanda. Mening esa
ko'zlarim ko'r va quloqlarim
kar bo'lgan ekan, kechir qalb kechinmalaringni his
etmaganim uchun. Kechir
meni muhabbatim.
O'sha kuni ont ichdim,
qo'ng'iroq qilsa ko'tarsam,
"eshak bo'layin" deb. Ammo qo'ng'iroq qilishingni intiqlik
bilan kutardim. O'zimni
chalg'iztish uchun tikuv
mashenkasini ovozini
balandlatib, keraksiz
narsalarni tika boshladim. Soat 20:30 da uxlaydigan odam
23:00 bo'lganda ham bedor
edim. Sen qo'ng'iroq qilishing
bilan tikishdan to'xtadim.
Qanday qilib javob berganimni
bilmay qoldim. Rost sezmadim.
-Eshitaman!
-Bilaman, mendan boshqa
kimni ham eshitardingiz.
-Hm, menda gapingiz bormi?
-Yo'q, sizni gapingiz bor ko'rinadi, 23:00 bo'lsa ham
qo'ng'irog'imni kutibsiz.
-Hechamda, nega kutar
ekanman.
-Qo'ying, qaysarlik qilmang!
Men boshida ham aytganman, niyatim jiddiy. Keling, bir
doston bo'laylik.
-Qanaqa? -hayajonimni
yashira olmadim.
-Masalan Romeo va Julyetta.
Ishoning, hech kimga aytmaymiz. Sir bo'ladi.
Uchrashaylik deb ko'p ham
bezovta qilavermayman.
Kollejingiz yoniga ham
boravermayman. Har
zamonda bir qo'ng'iroq qilaman, SMS ham juda kam
yozaman. Vada beraman.
Bir oz jimlik bo'lgach, yana
gapira ketdingiz, ovozingiz
esa juda yoqimli edi.
-Men asalim, jonim degan so'zlarni aytsam xafa
bo'lmang. Faqat yaxshi
ko'rganim uchun aytaman bu
so'zlarni.
-Oxxoo, shoshilmang yaxshi
yigit. Hali men rozi bo'lmadimku.
-Iltimos, yetar endi shuncha
kutdirganingiz. Axir bir yil
bo'libdi. Men vada beraman,
sizni doim baxtli qilaman,
ishoning menga. -Hech kim bilmaydimi?
-Vada.
-Xop.
-Meni sevasizmi?
-E, o'zingizdan ketmang ko'p.
-Bo'ldi, malikam. -Menga "narmalni" gapiring.
Jonim, asalimga ham tobim
yo'q!
-Xo'p bo'ladi "GULIM".
-Aytmang dedim...
-Xo'p, farishtam. -Ufff!!!
-Yaxshi dam ol!
-Nima? Darrov senlab
boshladingizmi?
-Ha, meni sevgilimsanku.
-Mayli, xayrli tun! Men so'zlarngizga ishondim.
Ko'p bezovta qilmaysiz deb
o'ylagandim, ammo
chuchvarani xom sanagan
ekanman. Hammasi tongdagi
qo'ng'iroqdan boshlandi.
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 781 | | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz