Главная » 2014»Mart»29 » Kelajakda telefonlarni qo‘l orqali zaryadlash mumkin bo‘ladi
15:02
Kelajakda telefonlarni qo‘l orqali zaryadlash mumkin bo‘ladi
Pekin universiteti tadqiqotchilari odam tanasi mobil telefonni zaryadlash uchun elektrod sifatida ishlatilishi mumkin, degan xulosa kelishdi. Bu haqda Look At Me nashri xabar berdi.
Xitoylik olimlar “bir chig‘iriqli sirtqi triboelektrik generator” (STEG — Single-friction-surface TriboElectric Generator) ishlab chiqishdi. Ular o‘z tajribalarida telefon ustini STEG’li material bilan qoplashdi. Qurilmaga qo‘l tekkizgan odam bevosita telefondagi elektrodga ham ta’sir o‘tkazdi. Natijada elektronlar almashinuvi sodir bo‘ldi.
Tadqiqotchilardan biri Xaksia Chjanning aytishicha, hozircha generator kamquvvat qurilmalar uchun to‘g‘ri keladi. “Kelajakda uni portativ elektron qurilmalar uchun energiyaning zaxira manbasi sifatida ishlatish umididamiz”, — dedi u.