SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 00:23
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 34
Mexmonlar: 34
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 21 » "Kechirasiz...mana bu qalam sizniki emasmi?
17:49
"Kechirasiz...mana bu qalam sizniki emasmi?
Qishning sovuq kunlaridan yana biri...Fayzsiz
ko'chalar Sarvinozning qalbi kabi huvillab
qolgan. U derazadan boqqanicha shirin
hotiralarini birma-bir yodga olardi. Birdan
uning marjondek ko'zlari namlanib, yuragida
og'riq bir ingranish paydo bo'ldi... Uning
Behruz bilan o'tkazgan baxtli onlari
kechagidek yodida edi. Sarvinoz birinchi bor
Behruzni uchratganida atigi o'n oltida edi.
Bir kuni katta tanaffusda dugonalari bilan
aylanib yurganida, uning uchun mutlaqo
begona bo'lgan bir yigitning unga och qolgan
bo'ridek suqlanganicha tikilib turganini sezib
qoldi. Sarvinoz uni yahshilab jerkib
bermoqchi bo'lib unga bir nazar tashladiyu,
nigohini uning oydek chehrasidan uzolmay
qoldi. Shu onda uning tili aylanmay,
badanini kuchli bir titroq bosdi. Go'yoki
osmon qulab yerga tushgandek
bo'ldi...Sarvinoz yuragida uyg'ongan bu
notanish tuyg'ulardan cho'chib ketdi. Ular
uzoq vaqt bir-birlariga termulib turishdi,
so'ngra Sarvinoz o'sha notanish yigitga
mayin jilmayib qo'yiyu, ko'zlarini asta-sekin
uning nigohidan olib qochdi. Shu tarzda u
qanday qilib darslarini o'tkazganini ham
bilmaydi. Butun dars davomida uning hayoli
o'shal sirli shahzodada bo'ldi. Uning
ko'zlarida charaqlab turgan yoqimli nuru,
kelishgan qomatini ko'z oldidan ketkiza
olmasdi. Dars tugagach u yana o'sha yigitni
uchratish maqsadida "Odil" do'koni tomon
shoshilayotgan bir paytda, uning ortidan
kimdir hushtak chalgandek bo'ldi. Ne ko'z
bilan ko'rsinki, uning ortidan o'sha shahzoda
yetib kelardi...Shu onda u ne qilarini bilmay,
telbalarcha bir yigit, bir maktab darvozasi
tomon boqardi. Yigit Sarvinozning yoniga
yetib kelgach esa uning yuragi dukkillab tez
ura boshladi, butun vujudi uni Behruz
tomon tortsada o'zini bir amallab qo'lga
oldi, va iloji boricha o'zidagi hayajonni
bildirmaslikka harakat qildi.
"Kechirasiz...mana bu qalam sizniki emasmi?
Sizning sumkangizdan tushib qolganini
payqadim...", Behruz shunday deganicha
ko'zlarini charaqlatib Sarvinozga tikilib
turardi. Sarvinoz o'z qalamini tanidi va uni
asta yigitning qo'lidan oldida, unga
minnatdorchilik bildirganday jilmayib qo'ydi.
Uning yigitga juda ham gapirgisi kelar,
ammo ming urunmasin baribir tili aylanmas
edi. Buning uchun Sarvinoz o'zidan juda
qattiq ranjidi. Bunday imkoniyatdan
foydalanib qololmaganidan og'ir ho'rsinib
qo'ydi...Nogahon uning ko'zlaridan yoshlar
tomchilay boshladi, yig'isini to'xtatishga
qanchalik urunmasin, uning nozik qalbi
bunga ojizlik qilardi. Behruz bu holatdan
nohotirjam tortdi, lekin sira ham bo'sh
kelmadi. Sekingina cho'ntagidan
dastro'molini olib, Sarvinozning ma'yus
ko'zlarini artib qo'ydi. So'ngra qaddini
rostlab, "Nimadir bo'ldimi?", dedi. Sarvinoz
shu zaylda o'zini bir nodondek his qildi. O'z
qilmishidan uyalgani uchunmi, uning qordek
oppoq yuzi qizil tusga kirdi. "Uzr...Hammasi
joyida. Bilasizmi, bu qalam man uchun o'z
jonimdan ham azizroq. Rahmatli buvim bir
kun kelib yozuvchi bo'lsang mana shu
qalamda yozasan, deb manga tashlab
ketgandila. Agar buni yo'qotganimda
bilmadim nima qilardim...Sizga kotta
rahmat", yolg'on bilan bo'lsada Sarvinoz
o'zini oqlagan bo'ldi. Ular shu tarzda
tanishib ham olishdi, va tez-tez uchrashib
turadigan bo'lishdi. Ikki yosh borgan sari bir
biriga bog'lanib borardi. Shu damlar
Sarvinoz o'zini dunyodagi eng baxtli
insondek his qilardi. Afsuski ularning
quvonchlari ko'pga cho'zilmadi...Behruz
litseyni tamomlagach, uning ota-onasi o'glini
Amerika yuniversitetlaridan birida o'qitish
niyatida uni jo'natib yuborishlari kerak edi.
Ular majnuntol tagida suhbatlashib turishar
ekan, Behruz vaziyatni Sarvinozga
tushuntirishga urunardi. Bu habarni
eshitgach Sarvinozning qaddi majnuntol
singari bukilib ho'ngrab-ho'ngrab yig'lab
yubordi. U Behruzni yo'qotib qo'yishdan
juda-juda qo'rqardi. "Yuniversitetni bitirgach
albatta yonizga qaytib kelaman. Biz
dunyodagi eng baxtli oilaga aylanamiz.
O'zbekistonga kelishim bilanoq sizdan habar
olaman...Faqat iltimos mani unutmang.
Shuni bilingki, siz man uchun dunyodagi
barcha boyliklardan ham afzalroqsiz. Man
sizni butun vujudim bilan sevaman. Jonim,
man sizsiz hayotimni tasavvur ham qila
olmayman. Yig'lamang azizam...Bir kun kelib
biz albatta birga bo'lamiz", Behruz shunday
deya Sarvinozni mahkam bag'riga bosdi. Shu
onda Sarvinoz vaqtning to'xtab qolishini,
Behruzning bag'rida abadiy qolishni istardi.
Mana nihoyat Sarvinoz intiqib kutgan onlar,
yani Behruzning Toshkentga qaytadigan kuni
ham yetib keldi. Uning qalbi Behruzni
uchratishga oshiqardi. Sarvinoz
shoshilganicha yangi liboslarini kiyib, u yoq,
bu yog'ini to'g'irladida, ko'chaga otildi. U o'z
"neksiasini" haydab borarkan, uning qalbi
to'lqinlanib, hursandligidan bor ovozi bilan
qichqirgisi kelardi. U o'ziga tanish bo'lgan
mahallaga yaqinlasharkan, moshinasini
Behruznlarning uyi tomon haydadi. Ularning
uyiga yaqinlashgan sari Sarvinozning
yuragida qallaqanday nohushlik paydo
bo'ldi...Uning ko'ngli nimadandir g'ash edi.
U sekingina moshinadan tushdida,
hashamatli uyning darvozasini taqqilatdi.
Darvozani bir sariq soch ayol ochdi. Sarvinoz
bu notanish qizni ko'rib havotirga tushdi.
Uning hayolidan ming bir shubhalar o'tdi
(Balki Behruzni rashk qilayotgandir...o'zi
ham bilmaydi). "Kimnidir qidirib keldizmi?"
dedi sariq soch qiz jingalak sochlarini
o'ynatarkan. "...Ha...Man Behruz okani
qidirib kegandim. Bugun Amerkidadan
qaytib keladi deb eshitgandim, shunchun..."
Sarvinoz gapini tugatib bo'lmasidan Behruz
yetib keldi. U Sarvinozga e'tobor ham
bermasdan "sariq soch" qizni bag'riga
bosganicha "Asalim, jonim", deya erkalardi.
Sarvinoz o'z ko'zlariga ishona olmasdi. Shu
onda yer yorilsayu, u yer qariga g'arq bo'lsa.
Uning yuragi qon-qon yig'lasada, ko'zlaridan
bir tomchi yosh ham chiqmasdi. Nahotki
yig'layverib uning ma'yus ko'zlarida bir
tomchi yosh ham qolmagan bo'lsa?! "Behijon
oka, manbu qiz sizni so'rab keptila", sariq
sochli qiz Sarvinozning o'ylarini bo'ldi.
Behruz Sarvinozga bir boqdiyu, ikkinchi
qaray olmadi. U boshini mung qilib turardi.
Bir oz o'tmay-"Tanishila, bu mani xotinim
Zilola, bu esa mani...mani...", Behruz
shunday deya duduqlanib qoldi.
Sarvinozning ho'ngrab-ho'ngrab yig'lagisi
kelar, Zilolaning sochlarini bittalab yulishni
istardi. Sarvinoz qaddini tik tutdida, "Bir
vaqtlar sizning *Behijon* okangiz manga
sevgi izhor qilgandi. Uni kutishimni, va bir
kun kelib biz albatta birga bo'lishimizni
aytgandi. Man ahmoq unga ishonib hamma
narsamdan voz kechibman...Ha deb erga
tegavermaganimdan so'ng ota-onam mani
majburlab bir yigitga uzatmoqchi bo'lishdi.
Lekin man uydan qochib ketdim...Butun
umrimni Behruz okaga bag'ishladim. Sof
muhabbatim ila yashadim. U esa bu kun
yuragimni qonga bo'yab, o'zga ayolni o'ziga
yor qilib kelibdi...", dedi. Shunda orada og'ir
bir sukunat cho'kdi. Sarvinoz shast bilan
moshinasini mindiyu, duvillab yog'ayotgan
qor-bo'ronga ham qaramasdan boshi
uchgan tomonga haydab ketaverdi. Ertasi
kuni tongda Sarvinozning jasadi topildi...U
avto halokatga uchragan edi...
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 793 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
FERIHA21.02.2013 20:59
9606asalka9622.02.2013 17:30
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz