SHERLAR.BIZ Juma, 11.10.2024, 18:29
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » May » 30 » Kapalagim - "To'qilmagan ertak"...
11:29
Kapalagim - "To'qilmagan ertak"...
To'g'risi zerikdim sansiz hayot to'xtab qolganday,go'yo sochlarim oqaryaptiyu yoshim 21-dan ko'tarilmaganday,ko'zlarim tabiatni rangli ko'rayaptiyu yuzimni ajinlar egallab olayotganday,yuragim tez-tez va duk-duk urayaptiyu sanga qo'l cho'zib ushlamoqqa holim qolmaganday.Bir daqiqa to'xta gapimni eshit mani tashlab ketma sansiz yashash qiyin ekan,endi bildim manga hayot bergan olloh yarim bo'lagimni uzoqlarga tashlab kelganu,manga qarab bor sani yarming yuragingni holsiz tanasi uzoqlarda sani kutib turibdi deyayotganday.O'rnimdan turib dunyoga ko'z tashladim olam shunchalik kattaki qay tomonga yo'l olishni bilmay boshim aylanib yerga o'tirib qoldim.Shu payt ko'm-ko'k osmondan mittigina ranglarga burkangan kapalak uchib keldi u xuddi senga o'xshardi qanotlaringning har bir qimirlashida sening yuzing aski ko'rinib turardi unga qarab jilmaysam qanotlari ostida sening yuzingda kulgu paydo bo'lardi.O'rnimdan bir amallab turib kapalak boshlagan yo'l tomon yura boshladim.Yo'lda bir katta daryo paydo bo'ldi,kapalak shu yerda meni tark etdi,men esa unga qarab qo'l silkitib tez orada seni yoningda bo'laman deb baqirdim,u uchib ketdi.Oqshom tushdi daryo yoqasida turarkanman ko'zlarimni uyqu bosa boshladi,o'ylardim daryodan qanday o'tsam ekan deb o'ylardim.Ko'zim ilinib uxlab qoldim,qulog'imga shirin tovush eshitildi.Shunaqangi yoqimli ovoz ediki hattoki es hushimdan ayrilayozdim.Uyg'onib ketib atrofimga qarasam xech kim yo'q.Dengiz sokin oqar edi,bir payt dengiz tubidan yorug' tilladek yaltirab baliq misol go'zal qiz chiqib keldi.U menga qarab turarkan ko'zlarining o'tli nigohi,meni o'ziga tortardi.So'ng u meni mast qiladigan shirin ovozi bilan o'ziga chaqira boshladi.Kel kel...kel.. O'zimni butkul yo'qotdim.O'rnimdan turib u tomon yura - Yorqin portal. Tashrif byuring va yanada qiziqroq hikoylalarni o'qib chiqing - boshladim,daryo yaqiniga kelganimda u menga yaqinlashib qo'lini cho'zdi.Men unga qo'limni cho'zar ekanman,yelkamda ikkita farishta paydo bo'ldi.Ularning biri yaxshilik istardi ikkinchisi esa yovuzlik.Bir farishta menga qarab -"To'xta nima qilyapsan,axir seni o'z yoring borku.U seni butun umir kutgan,seni xozir ham intizorlik bilan kutayapti,uni unutdingmi" dedi.Keyingi farishta esa "Quloq solma buni so'ziga u seni qiynoqlarga soladi bu daryodan kechib o'tolmaysan yaxshisi suv parisiga qo'lingni uzat,u seni baxtli qiladi mana shu dengizda sen eng kuchli va butun inson bo'lasan"-dedi.Farishtalarni so'zlari juda ko'p ediki,ularning biri aytgan so'zi ikkinchisiga qovushmas edi va men o'z hoxishim bilan suv parisiga qo'limni berdim.Suv parisi qo'limni ushlaganidan so'ng menga juda boshqacha ko'z bilan qaraganidan sezdimki u xozir meni o'z domiga tortib ketadi.Shu hayol bilan men uni qo'lini maxkam ushlagancha yer ustiga tortib chiqarishga harakat qildim va uni suvdan yerga olib chiqdim.Suv parisi menga yalina boshladi "Iltimos meni qo'yib yubor senga ozor yetkazmayman,istagan tilagingni bajaraman faqat meni qo'yib yubor"-Men o'ylab turib "Meni shu daryodan o'tishimga yordam berasan va daryo tubidan eng chiroyli dur va chig'anoq olib chiqib berasan dedim.U so'zlarimga rozi bo'ldi va meni daryodan beozor o'tkazib qo'ydi.Daryo tubidan eng chiroyli dur va chig'anoq olib chiqib berdi.Unga minnatdorchilik bildirib yo'lga tushdim.Meni yo'lda katta o'rmon qarshi oldi o'rmon ichiga kirar ekanman yuragimni qo'rquv bosdi.O'rmon o'rtasiga kelganimda qarshimdan bir bahaybat g'or chiqdi,undan boshqa yurishga yo'l qolmadi.G'orga kirib sekin-sekin yura boshladim shu payt g'or ichida meni ayiq ko'rib qoldi va baqirganicha quvlay ketdi.Qo'rqqanimdan qayerga qarab qochishni bilmay qoldim va boshim oqqan tomonga qarab yugurdim.Yugurib ketar ekanman uzoqdan kichik bir yorug'lik ko'rindi hayriyat tashqariga chiqdim.Juda charchadim o'rmonni tun botguncha kezib katta yaylovga chiqib oldim.Bu yerda maysalar shunday yumshoq ediki ustiga yotib uxlab qolayozdim.Bir payt yuzimga yana o'sha kapalak kelib qo'ndi.Uni ko'rib xursand bo'ldim,o'rnimdan turib atrofga qaradim ro'paramda chelak ko'targan bir chiroyli go'zal qiz turar edi.Kapalak uchib borib qizning yelkasiga qo'ndi.Qiz menga biroz termulib turdida "Chelakdagi suvimni uyimgacha,ko'tarisholmaysanmi"-dedi.Men uni ko'zlariga termulganimcha qotib qoldim va birozdan keyin a..aa... xop beraqoling uyiz qayerda "shu yaqinginada kelavering" Uni ko'rib charchoqlarim ham bir zumda yo'qoldi.Tanamga kuch kirib,yoshimga yosh qo'shilganday,oqarib ketgan soch tolalarim bitta-bitta to'kilib,o'rnini yana o'sha qora mayin sochlarim egallaganday,yuragim uni ko'rgandan beri hayajonda dukurlab urayaptiyu,qo'limni senga uzatsam u ham menga qo'llarini uzatganday -"Uyimga yetib keldik mana shu yerda yashayman voy qo'limni qo'yvoring" -chelakdagi suvni olayotgan ekan hayolim unga ketib qo'lidan maxkam ushlab olibman.Voy.. kechiring... men.n.n, bilmasdan qqo'lizni ushlab olibman.Uzoqdan kelayotganga o'xshaysiz,charchagandirsiz bugun kech tushib qoldi balki mehmon bo'larsiz biznikida. A.a raxmat agar sizlarni bezovta qilmasam -"Nega bezovta bo'lamiz kelavering uyimizda otam-onam va men yashaymiz" -unday bo'lsa mayli.Kechi bilan gaplashib chiqdik,go'zal qizga haligi suv parisi daryo tubidan olib chiqqan dur chig'anoqni sovg'a qildim.U menga shunaqa qaradiki,meni har kuni kutib chelak ko'tarib har kuni suvga chiqadiganday ko'rindi."O'g'lim uzoqdan kelayotgan ekansiz bu yerlarda qarindoshlariz bormi" -Yo'q ona meni xech kimim yo'q bir kuni tush ko'rdim.Tushimda meni parvardigor axvolimni ko'rib achindi va menga yuragingni yarmi seni kutyapti vaqt bo'ldi endi turib uni izla dedi.Shu bilan keng dunyoni kezib shu yerga yetib keldim."Xo'sh yuragizni yarmini topdingizmi o'g'lim". Topgandayman ona topgandayman,mana shu qishloqlaringizga keldimu ko'nglim xotirjam tortdi."Unda shu yerda qolaqoling bu yerda siz o'z baxtingizni ham topasiz.Bizni uyimiz endi sizniki xush kelibsiz".-Raxmat onajon farishtalar aytishganidek onalar dunyoda eng mehribon bo'lar ekan bunga endi amin bo'ldim.Ko'zlarim go'zal qizga tushganda,yuragimda ajib tuyg'u paydo bo'laboshladi.Men yuragimni yarmini izlab topgandim !!!

Sasha.B-Ijodidan...
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1061 | | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz