Статистика |
Hozirda saytda: 2 Mexmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Fevral » 14 » Joze Mourino: «MYu» himoyasini tanqid qilmoqchi emasman, ular bu yerga himoyalanish uchun kelishgandi»
11:30 Joze Mourino: «MYu» himoyasini tanqid qilmoqchi emasman, ular bu yerga himoyalanish uchun kelishgandi» |
Evropa chempionlar ligasining nimchorak final «Real» va «MYu» uchrashuvidan keyin madridliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. «O'ylashimcha, qarama- qarshilikning taqdiri hali hal bo'lib ulgurgani yo'q. Biz mehmonda gol kiritishimiz talab etiladi. Bugun ham juda ko'plab vaziyatlarni yaratdik va bittadan ortiq gol ura olishimiz mumkin bo'lgandi». «Real» uchrashuvni juda yaxshi boshladi. Biz yaxshi hujumlar tashkil qila oldik. Kuentrau ustunni nishonga olgandi. Biroq birinchi golni baribir «MYu» kiritdi». «Manchester Yunayted»ning himoyasini tanqid qilmoqchi emasman. Ular bu yerga himoyalanishni ko'zlab kelishgandi. Buni yaxshi uddalashdi». «Alonsoning zaxiraga olinishi? U bugun o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Bor kuchini sarfladi. Endi u dam olishi kerak. Balki dam olish kuni bo'ladigan o'yinda u ishtirok etmas ham». «O'yindan oldin biz Fergyuson bilan yechinish xonasida gaplashdik. Lekin o'yinda ishlab chiqqan taktikalarimiz haqida gaplashmadik (kuladi) ». «Biz bugun ko'proq gol kiritishimiz mumkin edi. G'alabaga haqliroq edik. Biroq «MYu» ham ko'proq to'p kiritib g'alaba qozonishi mumkin edi», deya Mourinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Real» rasmiy tvitteri.
|
Категория: Sport yangiliklari |
Просмотров: 639 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|