30-oktabr kuni 11:38 da Jizzax viloyati hududida 3 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda 12news.uz. Jizzax shahri. Foto: O‘zA “Toshkent” seysmomarkazi xabariga ko‘ra, yer osti silkinishlari epitsentri Toshkentdan 217 kilometr, Jizzaxdan 32 kilometr masofada joylashdi. Samarqandda yer silkinishi kuchi 2 ballni tashkil etdi. Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma’lum qilishicha, 4 magnitudali zilzila epitsentri Toshkentdan 146 kilometr, Jizzaxdan 40 kilometr va Do‘stlik shahridan 18 kilometr uzoqlikda joylashgan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.