Do'stlar endi holim ko'ring, yerdamanmi yoki go'rda, savob uchun yordam bering, o'likmanmi tirik murda. o'ylay desam o'yim yetmas, yurgandayman saxro qirda, quzg'unlarga yem bo'lganday, tanalarim burda burda. bosgan izim anglolmayman, yantoqzorlar kezib ketdim, boshqa o'zim aldolmayman, bu dunyodan bezib ketdim. yetolmadim bir dildorga, bo'larimcha bo'lib bo'ldim, ketolmayman u dunyoga, bu dunyoda o'lib bo'ldim. tanam so'nib qoldi ruxim, ruxim yerga tashab bo'lmas, qarorim shu so'nggi muxim, ortiq bunday yashab bo'lmas...
|