Статистика |
Hozirda saytda: 13 Mexmonlar: 13 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Aprel » 13 » Javob topolmiyman-2
14:42 Javob topolmiyman-2 |
Bilmadin shu xolda qancha vaqt xayol surdim kimningdir: "nega bunday qildiz?" degan ovozidan o'zimga kelib orqamga qaradim. Ne ko'z b-n ko'rayki qarshimda qalbim o'g'risi turardi. Nima deyishni bilmasdan chuqur uf tortib yerga qaradim u bo'lsa kutilmaganda: ko'zida yosh bilan "axir tushuning rostini aytsam manam sizni yaxshi ko'raman ammo ikkalamiz birga bo'lomiymiz, nega deganda, mana siz yaqinda o'qishga kiraman deyapsiz, Xudo xoxlasa kirib ketsangiz shundan to o'qishlarni bitirgunizcha qancha vaqt o'tadi. Agar xozir man sizga vada bersamu ammo ertaga maktabni bitirishim b-n boshqasiga turmushga berivorsa butun umr sizni oldiyzda yolg'onchi bo'lib qolishni xoxlamiyman." dedi. Bu gapdan boshim gangib qolgandi. Shundan so'ng unga qarab: " manga shu javobizni o'zi yetarli, agar Xudoyim taqdirimizga birga bo'lish bitilgan bo'sa albatta birga bo'lamiz" dedimda qalbimda quvonch b-m uyga qaytdim. Maktabni bitirib Xudoga shukr Toshkentga o'qishga kirdim. Maqtanishmasu bilimim yaxshi edi. Shuning u-n o'z kuchim bilan Toshkent Moliya Instituti qoshida ochilgan Soliq liseyiga aniq fanlar yo'nalishi fakultetiga kirdim. (U yerda o'qigan 2 yil mobaynida xar uyga borganimda qalbim o'g'risiga faqatgina maktub yozardim. Chunki u paytlar uyali telefon deyarli ommalashmagandi.Shuning u-n faqat maktub yozib unga qo'shni turadigan bir yaqin o'rtog'imdan berib yuborardim. Javob maktublarimniyam o'sha o'rtog'im olib kelardi.) U yerni imtiyozli shaxodatnoma b-n tamomlab xujjatlarimni Toshkent Moliya Instituning Kredit iqtisod fakultetining Bank ishi yo'nalishiga kirish u-n topshirdim. Alloxning irodasi va o'z kuchim b-n talaba bo'lish baxtiga erishdim. bundan judayam xursand edim. Buni eshitgan oila azolarim b-n bir qatorda qalbim o'g'risi xam xursandligini o'z maktubida yozib yuboribdi. O'sha paytlar Toshkentda ayniqsa Moliya Institutida o'qish bu biz tarafda juda katta gap edi. O'qish mobaynida xar uyga keganimda barcha maxalladoshlarim, yaqinlarim xavas b-n qarashardi. Albatta buning u-n Xudoga shukr qilardim.(davomi bor)
|
Просмотров: 781 |
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|