Статистика |
Hozirda saytda: 17 Mexmonlar: 17 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Aprel » 13 » Javob topolmiyman.
|
Gapni ochig'i bu narsani yozsammi yozmasammi deb uzoq ikkilandim. Oxiri bu saytdagilarni barchasi mani do'stlarim ekanligini bilganim bois sizlardan savolimga javob toparman degan qarorga keldim. Maktabda o'qib yurgan paytlarim bir sinfdoshimni yaxshi ko'rardim. Uni chiroyliligi uchunmas, og'ir bosiqliligi, odobliligi, jiddiyligi u-n yaxshi ko'rardim. U b-n munosabatlarimiz juda yaxshi edi. Xamma bizga xavas qilardi. U mani o'ziga do'st deb bilardi. 2 yil deganda ya'ni maktabni bitirish arafamda unga tuyg'ularimni aytdim. Aytgandayam xat orqali aytdim. Chunki ko'ziga qarab aytishga o'zimda kuch topa olmasdim. Shunda undan qisqagina: "bittayu bitta do'stim bor edi, undanam ayrildim, endi biz begonamiz" degan javob xati keldi. Ushbu kundan boshlab xayotim zimistonga aylandi. O'sha kundan boshlab xamma sinfdoshlarim ikkalamizni munosabatimiz o'zgarib qoganidan xayron edi. Man bo'sam xar xil baxonalar b-n xammasi joyidaligini tushuntirishga urinardim... Mana vaqti kelib maktabni bitirdik. An'anaga muvofiq bitiruv oqshomini tashkillashtirdik. Mani san'atga qiziqishim balandligi bois tadbirlarda faol qatnashardim. Senariyga maniyam kiritishdi. Senariy bo'yicha so'ngi qo'ng'iroq ashulasini aytishim kerak edi... Kecha judayam qiziqarli bo'layotgan bir paytda boshlovchi saxnaga mani chiqishimni e'lon qildi. Man bo'sam mikrafonni qo'limga oldimda old qatorda o'tirgan qalbim o'g'risiga qaragan xolda: "man hozir o'zim oralaringda o'tirgao bir insonga atab yaratgan ashulamni ijro etib bermoqchiman." dedimda "Azobli muxabbat" degan ashulani ijro etdim. Ashula aytyapmanu ko'zimda yosh b-m qalbim o'g'risiga tikilib turibman. Ashulamni oxiriga cha undan ko'zimni uzolmadim.( bu mani birinchi va so'ngi marta uning ko'ziga tik qarashim edi). Ashulam so'ngida xammaga qarata: " barchangizga yagona tilagim shuki xech biringizni bunday azob hech qachon qiynamasin, doim sevib sevilib yuring" dedimda saxnani tark etdim va to'g'ri sinfxonaga borib, derazadan tashqariga qarab turli xayollar sura boshladim.( davomi keyingi sahifada)
|
Просмотров: 820 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|