Главная » 2013»May»1 » JAHANNAM SARI..yohud TURFA TAQDIRLAR..!
02:08
JAHANNAM SARI..yohud TURFA TAQDIRLAR..!
Muallifdan..
Dunyo judayam qiziq,va mavhumdir..Uning aldovlari va sir sinoatlari shu darajada ko’pki,ba’zan kishi lol bo’lib qoladi..Ammo shu o’tgan vaqtlar oralag’idan inson nimalarnidir yo’qotadi..Bulardan eng dahshatlisi esa hech narsani topa olmaslikdir..Zero o’tayotgan vaqtlarimiz barchasi o’zimizga haqiqiy katta dushman ekanligini unutmaylik..”
Olamga o’z nurlarni ko’z ko’z qilganicha,osmonga quyosh ko’tarila boshladi.. Shahardan hayot esa qaynay boshladi..Ko’p qavatli uylaga esa o’z nurlarini erimasdan sochayotgan quyosh,shahar chetrog’ida joylashgan ko’p qavatli uylardan biriga ham o’z mehrini darig’ tutmadi..Ammo 3-qavatda joylashgan bu honadondan barcha nurlar ko’tarilib bo’lganini hech kim bilmasdi..Hatto buni yoritish uchun quyosh ham ojizlik qilishi mumkun edi..
Xona burchidan o’rin olgan soat esa tonggi 7:30 ni ko’rsatardi.. Nihola o’rnidan arang qo’zg’oldi..Negadir beli juda ham sanchib og’rir edi..Kechagi kaltakning zarbidan hali ham halos bo’la olmagan chog’i..Inqillagancha o’rnidan turdida,narigi xonaga chiqdi..Qisqa koridor joylashagan bo’lib,chap tomondagi ikkinchi xona eshigi qiya ochilgan,ostonada esa dadasining kiyimlari sochilib yotar edi.. Nihola engashib kiyimlarni yerdan terib oldi-da,ichkariga bir qur nazar tashladi.. Ichkarida esa kechagi ichkilik zo’ridan bo’lsa kerak,polda chalqancha bo’lib dadasi yotar edi.. Xonadan esa badbo’y aroq hidi anqir edi.. Nihola ichkaridan chiqayotgan bu xidga toqat qila olmadi..Dadasiga nafrat bilan qaragancha eshikni yopdi-da,oshhona tomonga yo’l oldi.. Oshxonadagi holatni ko’rib esa tepa sochi tikka bo’ldi.. Ichkari shu darajada ivirsib yotar ediki,hatto boshqa biror kimsa kirsa bu holatdan ko’ngli ozib yiqulgidek darajada edi.. O”rtaga qo’yilgan stol ustida yarimigacha ichilgan aroq shishasi,uning yonida esa stol ustiga to’kib sochilgan salatlar..qisqasi bu holat aytarli yomon darajadan ham yomonroq edi.. Nihola asabiylashib stol ustini yig’ishtirishga unnadi.. -Ufff,jonga tegdi.kuniga shu ahvol..! O’z o’ziga gapirib to’ng’illagancha amal taqal qilib bir navi yig’ishtirib olgandan so’ng ko’ngli biroz yorishgandek bo’ldi.. Almisoqdan qolgan xolodilnikni ichini ochib,ichkariga nazar tashladi..Xolodilnikdan ikkita tuxumdan bo’lak hech vaqo yo’q edi.. Tuxumni olib,tovaga solgancha nonushtaga unnadi.. Bu orada esa soat millari 9;00 ga qarab yetib olgan edi.. Nihola nonushtani tayyorlab stol ustiga hozirlagandan so’ng esa,dadasi yotgan xonaga yo’l oldi.. Ichkariga kirib dadasini uyg’otmoqchi bo’ldi.. -Dada,turing,tong otdi..hali ishga borishingiz kerak..! Lekin bu tahlid so’zlar kechasi bilan bo’kib ichgan so’loqmondek erkakni uyg’otishga ojizlik qilar edi.. Nihola ham buni sezdi shekilli,qo’li bilan turta boshladi..Harqalay besh olti marotaba urinishdan so’ng esa,dadasi qimirlab qo’ydi. [ -Nimaaa deysan..eeee onangni…..dadasi so’kingancha mudrab ko’zini ochdi.. -Dada nonushtani tayyorlab qo’ydim..ishga borishingiz kerak,axir..turmasangiz bo’lmaydi..Hali zamon tush bo’ladi..soat ham 9 bo’ldi.. Dadasining ko’zlari katta katta bo’lib ketdi.. -Jin ursin,ishga kechigadigan bo’ldim.. Shosha pisha o’rnidan sakarab turdiyu,engina kiyimini ilishga tutindi..Yuz qo’lini yuvishni ham unitib,eshikka qarab otilib chiqib ketdi.. Nihola dadasining ortidan chiqishga harakat qilgan edi,koridordan eshikning zarb bilan taqqilab yopilganinigina eshitdi holos.. Nihola chuqur uf tortgancha dasturhon boshiga borib,nonushta qila boshladi.. Oyanini bir tavaqasini ochib,erta baxor havosidan ko’ksini to’ldirib,chuqur chuqur nafas olgancha tashqariga qaradi.. Oynak ortida esa hayot go’yo qaynar edi..Kimdir ishga,yana kimdir boshqa tirikchilik dardi bilan uyoqdan buyoqqa yelib yugurar..Uy ichidan o’tiraverib diqqinafas bo’lib ketgan endigina o’n sakkizni qoralagan qizgina esa ularga havas bilan qarab turar edi.. Uning bokira ko’nglidan esa,o’sha bundan ikki yillar muqaddam bo’lgan voqealar esa gavdalana boshladi..
O’sha damlarda barcha ularning oilasiga havas bilan qarar edi..Hatto qo’ni qo’shnilari ularni oilasini bir birovlariga ibrat bilan ko’rsatishardi.. Ammo ko’z tegdimi bib binoyidek oiladan qut Baraka ko’tarildi.. Endilikdan tinch oilada tez tez janjallar bo’ladigan..Umrida onasiga biror qo’pol so’z ishlatmagan Orif aka,endilikdan ikkilanmasdan onasiga qo’l ham ko’taradigan bo’ldi.. Kuniga davom etayotgan ichkiliklar ta’siridan butunlay Orif aka o’zligini yo’qotdi.. Uning atrofida girdikapalak bo’layotgan oshnalari esa tinmay uni ichkilik olamiga boshlar,Orif akayam bundan hushnud holatda,ichkiliklar ta’siridan sarhush edi.. Onasining kuyib pishib,Orif akani bu yo’ldan qaytarishga bo’lgan barcha urinishlari zoya ketardi.. Onanasini uni bag’riga bosgancha burchakka biqinvolib qon yig’laganlari hamon esida.. O’sha damlarni eslasa eti uvushib ketardi.. Onasi Sharifa opaning tinmay hudoga qilgan nolalari ham behuda va besamar edi.. U har doim qizining mungli ko’zlariga boqar ekan,yuragi ezilib ketar edi.. Bir safar hatto kayfining zo’ridan Orif aka Niholani o’lasi qilib kaltakladi.. Ona bilan qizining qo’lidan esa hech narsa kelmasdi..Ammo bechora ona qo’ni qo’shnilarni gap so’zidan qochib biror marotaba eridan shikoyat qilgan emas,U shunday oriyatli ayol edi.. Orif aka esa Sharifa opaning bolalar uyida katta bo’lganini pesh qilganicha,uning hech kimi yo’qligidan foydalar edi.. Oradan shu tahlid vaqtlar o’tar,hatto qo’ni qo’shnilarning ularni murosaga keltirishga bo’lgan urinishlari ham zoya keta boshladi… [JPG.uz-Saytdan olindi] Kunlardan bir kun shunday voqea yuz berdiki bu voqea sabab Niholaning barcha orzulari chilparchin bo’ldi.. Orif aka odatdagi ulfatchilikdan so’ng uyiga o’ziga o’hshagan g’irt mast alast o’rtoqlarini boshlab keldi.. Uyda ham ichkilikdan maromidan bo’lgandan so’ng,uning ulfatlaridan biri shunday deb qoldi.. -Og’ayni..Mana sen bilan biz yaqin oshnalarmiz..Hadeb bir hil kayfu safo qilish ham medamizga tegib ketdi..Kel shu narsalarga qo’shimcha qilamiz…! -Tuushunmadim seni..Bu ichkilikdan muhimroq narsalar ham bormi bu dunyoda og’ayni..! Dedi Orif aka. -Bo’lganda qandoq,mana masalan qimor degan narsalarni sen tushunasanmi..?! -Tushunamankuya,ammo biror marta o’ynab ko’rmaganman. -Unaqada yanayam yahshi..Menda bir fikr bor..QIttak qittak ustidan bir tashlashib ko’rmaymizmi..?! -Qanaqa bo’lar ekan..Orif aka o’ylanib qoldi.. -Oshna zo’r bo’ladi..Tushunayapsanmi zo’r..Qimorni bilasang erkaklarga chiqargan..Qayoqdagi haji qiz emassanku..Qayerda qoldi sening mardliging..?! Oxirgi so’zlarinig kuchi ta’sir qildimi,yohud ichilgan spirli ichimlik ta’siridanmi..Orif aka qanday rozi bo’lganini bilmay qoldi.. -O’yanasak o’ynapmizda..Nima meni shu arzimagan o’yindan qo’rqadi deb o’ylayapsanmi.. Bilsang men erkakman..Va menga bunaqa chirkin o’yinlar "Chepuxa” O”rtada kuchli qahqaha ko’tarildi..Va barcha og’aynilar berilib qartalarga yopishishdi…
Avvaliga o’yin,biroz sust boshlangan bo’lsa-da,birozdan so’ng o’yinga qizg’inlik qo’shila boshladi..Orif akaning boshlanishiga omadli bo’lgan yurishlari unga biroz ko’tarinki kayfiyat bag’ishlay boshladi.. -Bu juda ham jonga tegdi-yu,quruqqa bir birovimizga termulib o’tirishimiz nimasi..?Undan ko’ra o’yinga qiziqarliroq tus bersak bo’lardi.. Orif aka o’zining yutug’idan hursand holatda so’radi: -Biror taklifing bormi? -Menimcha o’rtaga biror narsani qo’ysak ancha o’yin jonlangan bo’larmidi..?! Orif aka o’ylanib qoldi-da,cho’ntagidan bir dasta pul chiqarib o’rtaga qo’ydi.. -Unaqada o’rtaga pul qo’yib o’ynaymiz..Ehtiyot bo’llaring yana cho’ntaklaring bo’shab qolmasin..! Deya qah qah otib kulgancha qartalarni suza boshladi.. O’yin esa brogan sari avjiga chiqib borar,Nihola bilan onasi esa narigi xonada yaratgan faqat Orif akaga insof berishini o’tinib so’rashar edi holos.. Avvaliga Orif akaning oldidagi pullar ikki xissa ko’paydi.. Bundan xurasand bo’lgan Orif aka o’yinga mukkasidan berilib ketib,o’zligini butunlay unutdi..O’rtaga tikilayotgan pullar uning ko’zini butkul ko’r qilib qo’ygan edi.. Oradan tahminan 2 soatlar vaqt o’tdi.. Endilikda Orif akaning oldida yig’ilgan pullarining barkasi ko’tarila boshladi.. Orif aka esa bundan tobora jazavaga tushar,nima qilayotganini o’zi anglamas edi.. -Orifxo’ja,mana barcha pullaringni yutkazib bo’lding..endi o’yinni tamomlasak ham bo’lar dedi ulfatlardan biri..Ammo pul achchig’ida jazavaga tushgan bu erkakga bu gaplar ta’sir kuchini o’tkaza olmadi.. -To’xta yig’ishtirma..men xali o’ynamoqchiman.. -O”zingni bos og’ayni..senda hech vaqo qolmadi..Nimani tikmoqchisan o’rtaga..?! Orif aka atrofga alanglay boshladi..Peshonasidan chiqib ketayotgan terni qo’li bilan artib,so’ng qo’lini musht qilgancha qartalarni ustiga urib: -Hech narsam qolmagan bo’lsa o’rtaga xotinimni tikaman dedi.. -Qo’ysangchi,jinni bo’lganmisan..?!O’zingni bos..!Ahmoqlik qilma deb uning qo’lini qartadan ola boshladi yonida o’tirgan ulfati.. -Qartada yutuqni olgan ulfatlaridan biri,esa -Qo’y,agar tikmoqchi bo’lsa tikaversin..!Qimorda balki shu orqali pullarini qaytarib olar..Shu asnoda yonida o’tirgan ulfatga ko’zini qisib qo’ydi.. Avjiga chiqqan o’yinning so’nggi yurishi boshlandi.. Barchaning ko’zi ularning qo’lidagi qartlarga tikilgan edi.. O’ratadi qartlar,esa… Orif aka qo’lidagi qartalarni olib,yerga tashladi.. Uning qartalariga qaragan ulfati esa qo’lidagi qartani yerga yoyar ekan,labidan qahqaha uchdi.. -Og’ayni.xotinni xam qo’ldan boy berding..endi nimang qoldi..?! Orif akaning ko’z oldida xona charxpalab bo’lib aylana boshladi.. Qo’llari bilan boshini to’sib,yerga qargancha xolsiz egilib qoldi.. -Endi og’ayni qimor bu qimor..Bu erkaklar o’yini..Lafzdan qaytish yo’q..Oxiri yahshi bo’lmaydi deb aytgandim-ku..! Orif aka shahd bilan o’rnidan turdi-da. -Men so’zidan qaytadigan erkak emasman.. Ichkariga eshikni qarsillatib ochib kirib ketdi.. Nihola onasining elkasiga boshini qo’yib,nimalar bo’layotganini ham anglamasdan o’tirar edi.. Onaning sho’r ko’z yoshlari esa yuzini yuvib,uning sochlarini jiqqa ho’l qilishga ham ulgurgan edi.. Orif aka onasining qo’llaridan yulqib tortgancha,o’rnidan turgazdi.. -Menga qara,seni qimorda yutkazdim..Endi bu yerdan ketishing kerak.. O’sha damdagi onasining ko’zlaridan yoqqan alam yoshlarini Nihola hanuz ko’z oldiga keltirsa eti jimirlab ketadi.. Onasini birinchi marotaba Orif akaning ko’zlariga tik boqdi.. -Men shu vaqtgacha sizni jufti halolim,oilamiz suyanchig’I deb hisoblardim..Qancha ho’rlsangiz ham,etimligimni yuzimga solishingizga ham chidadim..Siz uchun..xa faqat siz uchun chidadim barchasiga..Nima uchun..?Nahot sizni qanchalar hurmat qilib e’zozlaganimni sezmadingiz.. Nahot sizga taqdirini ishonib topshirgan ayolni bunchalar ho’rladingiz..Bugun o’sha barcha rishtalarni uzdingiz..Sizni o’zgarar degan umidlarim barchasini chil parchin qildingiz.. Oriyat qilmadingizmi..Yo’q siz ortiyat degan tushunchalardan ancha yiroqlab ketgan tuban kimsasiz..Men hozir ketaman..Qizimni olib chiqib ketaman..Boshqa qaytib kelmayman.,.Sizdek inson nimiga noloyiq kimsa bilan yashashga or qilaman..! Orif akaning kuchli tarsakisidan yerga yuztuban yiqildi.. -Qayoqqa ketasan yetimcha..Seni yutkazdim qimordan..Endi sen ularnikisan.. Orif aka uning sochlaridan changallab sudragancha,koridorga torqiladi.. Nihola onasinin qo’liga yopishgan edi,beliga tushgan tepkidan zor qaqshagancha yerga yiqildi Orif aka onasini sochidan sudrab xonaga olib kirdi.. -Mana yutuq sizlarniki..Men lavzidan qaytadigan erkakmasman Haligi ulfatlar esa,sharifa opaning holatiga qarab,boshlarini silkishdi.. Yutuqni yutgan erkak esa,uning hung bo’lib ketgan ko’zlariga tikilib turib kutilmaganda so’z boshladi.. -Orif..Men sening lafzidan qaytmaydigan erkak ekanligingni yahshi bilaman..Ammo o’z oilasini barcha narsaga alishadigan dayus ekanliginingni bilmasdim..Ayoling o’zingga buyursun..Men seni shunchaki sinagan edim..Ammo sen bungayam arzimaydigan eng jirkanch shahs ekansan.. Eeee suf senga erkak nomi.. Shu asnoda Sharifa opaga qarab so’zida davom etdi.. -Uzr singlim,bizni kechiring..!Sizga hamdardman..!Men eringizni bunchalik tuban ekanligini bilmagan edim.. O’rnidan shart turdida,o’rtoqlarining yelkasidan ushlagancha tashqariga chiqib ketdi.. Ularni ortidan esa Orif aka ham chiqib ketdi.. Sharifa opa esa,ko’zlarida yosh qotib qolgancha bir ahvolar yerda holsiz o’tirar ekan,yelkalari alamdan titrar edi.. O”sha tun Sharifa opa hech narsa demadi.. Orif aka qaytib kelib,hech narsa bo’lmagandek uyquga ketdi.. Niholaning ham ko’zi ilinibdi.. Ertalab esa… Nihola o’rnidan turib,onasing yonida yo’qligini sezdi.. Alanglab atrofga qaradi va biror joyga chiqqanmikan deb ko’zlari bilan onasini qidirdi.. Ammo hech kim yo’q edi.. O’rnidan turib narifi xona eshigini ochib dahshatdan karaxt bo’lib qoldi.. Xona o’rtasida esa uning onasi Sharifa opaning jonsiz gavdasi osilib turar edi..
Ertasi kuni tong..mahallada muazzinning janozaga aytgan takbiri bilan boshlandi.. Qo’ni qo’shnilardan esa birov bu kim edi deb so’rasa,yana boshqa biri hayronlikdan bosh chayqagancha janozaga otlandi.. Nihola esa onasining jonsiz gavdasiga tikilgancha qon yig’lab qolaverdi.. Mahalla imomini amallab janoza o’qishga ko’ndirgan qo’ni qo’shnilari esa,bir ikki kun ularni uyida Orif akani insofga chaqirgan bo’lishdi ammo ularni ham chegarasi bor uy uylariga birin ketin tarqalishdi.. Nihola esa otasidan shu qadar nafratlana boshladiki..uni savollariga javob bermas,bir burchakka tiqilib olgancha yig’layverib yosh qurib qolgan ko’zlarini uzoqlarga tikkancha jim va mayus edi.. Kunlar esa bir birini quvlab o’taverdi.. Orif aka esa yana o’sha oshnalari bilan ichkilikka battar mukkasidan ketdi.. Mahalla kuy esa uni insofga chaqiraverib horishdi shekilli endilikda biror kim uni mushugini pisht demas edi..
Mana o’sha voqealarga ham 2 yil bo’libdi.. Nihola o’sha voqealarni eslab og’ir ho’rsinib qo’ydi.. Shu vaqt qo’l telefoni jiringlab qoldi.. -Aloo..eshitaman.. Trubkani narigi tomonidan yaqin dugonasi Shabnamning ovozi eshitildi.. -Salom..dugon..qalesan..? -Yahshi rahmat.. -Nimaga kayfiyating yo’q..nima balo bo’ldi senga o’zi.? -Bilasanku..yana so’rab nima qilasan..huddi odamni ustidan kulgandek..?! Niholaning ovozi ho’rsiniq aralash chiqdi.. -Qo’ysangchi..yana o’sha gapmi..men senga million marotaba aytaman..o’sha ablahni qachongacha achchiqlariga chidab yurasan deb..axir o’sha emasmidi rahmatli Sharofat ayani umriga zomin bo’lgan..yana qanchongacha shu ahvol davom etadi o’rtoq..!Mundoq o’zingni o’ylasangchi.. -Bo’ldi..bas qil..!Bu yerdan o’zimga qolsa bugunoq qochib ketardim..Katta shaharda qayerga ham borar edim..Biror kim Nihola kelar ekan deb eshik ochib kutib o’tirmagan bo’lsa kerak..! -Biznikiga kel..!Biroz suhbatlashamiz..uyda bir o’zim zerikib ketdim..!dedi Shabnam.. -Bo’pti..hozir uyni biroz tartibga keltirib olay..biror soatlardan so’ng uyingga kirib o’taman..deb Nihola gapni qisqa qilgancha telni o’chirdi.. Oradan chamasi 2 soatlar vaqt o’tib..Nihola shabnamni eshik qo’ng’irog’ini bosdi.. Ichkaridan Shabnamning "Hozir”degan ovozi eshitilib,eshik ochildi-da ostonada shabnamning hushnud chehrasi ko’rindi.. Ikkala dugona bir biri bilan shodon ko’rishdi..SHabnam Niholani ichkariga taklif qilgandan so’ng ikkisi zalga kirishdi..Nihola qo’lidagi sumkasini stol ustiga qo’yib,kresloga og’ir cho’kdi.. -Bilasanmi dugona..oxirgi vaqtlar dadamni qiliqlari judayam haddidan oshib ketayapdi.. Oxiri nima bo’ladi..bu ketishda deb tuni bilan o’ylayverib boshim qotgan..hayotdan judayam to’yib ketdim..deb so’z boshladi Nihola.. -Afsuski bilaman hammasini..kalovlanib qoldi Shabnam -Ket u yerdan deb doim takrorlaysan-u..ammo qayerga ketaman ayta olmaysan..?? Savolli ko’zlari bilan dugonasiga boqdi.. -Xaa..mana shu muommoda..!Bilasanmi hozir meni bitta tanishim eronga tovarga borib keladi.. O’sha bilan seni tanishtirib qo’yaymi?Aytishicha u yerdan yahshigina foyda bilan qaytayapdi..Va hamma narsa joyidaligini aytayapdi.. -Jinnimisan..qanaqa qilib..o’zimni taqdirimni mutloqo bilmagan odamni ihtiyoriga topshira olmayman-ku..?!dedi Nihola -yo’q meni tushunmading..U o’sha yerdan har hil kiyim kechak,,shunga o’hshagan narsalar olib keladi..Yahshi ayol..Oilasini ham bilaman..eri vafot etgandan so’ng..eridan qolgan mablag’ni savdoga urib,ancha o’zini tutib olgan..U halol ayol..! -Yo’q..bu gaplarni juda ham ko’p eshitganman.SHunga o’hshash gaplarga ishonib ketgan qizlarni kuniga televezorda ko’rsatishadi..Hammasida bitta gap.”ISHONGANDIM”tamom..!boshqa gap yo’q..!Men ham aynan ishonmadim degan gaplarni qurboni bo’lishni istamayman..Tushun axir..! -Namuncha qizishasan Nihola..!Men senga to’grichalik tushuntirayapman.. U bilan sen shunchaki tanishib ko’r..!Menimcha fikring o’zgarishiga ishonchim komil.. [JPG.uz-Saytdan olindi] Nihola o’ylanib qoldi..Bir tomonda dugonasi aytayotgan gaplar miyasida aylanayotgan bo’lsa,boshqa tomondan o’sha tanish mudhish manzaralar..oTasining ho’rlashlari ko’z oldiga kelardi..Uning uchun huddi nimadir..xa aynan nimadir qilishi kerak degan fikrlar juda zarur va juyali taklifdek ko’rindi.. -O’ylab ko’rishim kerak-da..Oldindan bir narsa deya olmayman..dedi Nihola Suhbat shu tariqa yakuniga yetdi.. Nihola esa uyiga kelib ham dugonasi aytgan gaplarni hayolida taroziga sola boshladi.. O’ziga o’zi "ehtimol barchasini o’zgartirish vaqti kelgandir..”deb qo’ydi.. Orada 3 kun vaqt o’tdi.. Nihola tushga yaqin dugonasiga qo’ng’iroq qildi.. -Alooo..va nihoyat tel qiladigan kuning bor ekan-ku..! -Bilasanmi Shabnam..men sen aytgan narsani o’ylab ko’rdim..va bu fikrni jo’yali deb topdim.O’sha tanishingni oldiga boramizmi..? -Albatta..ertalab u bilan qo’ng’iroqlashgandim..U ayni vaqtda uyda..Men hozir 1 soatlarda bo’shayman..Seni hiyobonning yonida kutaman dedi.. Nihola gapni qisqa qilib,dugonasi bilan uchrashish joyini belgilab bo’lgan telni qo’ydi..
Oradan kutilgan bir soat ham o’tdi..Nihola hiyobon chetidagi o’rindiqqa o’tirgancha dugonasini kutar edi..Oradan yigirma daqiqa o’tdi hamki o’rtog’idan darak yo’q edi.. Uni qo’l telefoniga qo’ng’iroq qilishga tutindi.. Telni shabnam ko’targandan so’ng tutoqib : -Qayerlardasan o’zi..seni kutaverib bu yerda toqatim toq bo’lib ketdi-ku..?dedi -Chap tarafdagi yo’lning ziyiga o’tgin..Men mashinada borayapman..! Nihola qo’lidan telni qo’ymasdan chap tarafdagi yo’lning ziyiga o’tdi.. -Qanisan o’zi..? Teldan qisqa go’dok tovushlari eshitildi.. Shu vaqt Niholaning yoniga oppoq rangdagi,oynalari biroz qoraytirilgan Epica kelib to’htadi.. Mashina oynaklari tushirildi..Mashina ro’lida olifta kiyingan,ko’ziga qora katta ko’zoynak taqqan ayol va uning yonida Shabnam ko’rindi..