Главная » 2014»Fevral»24 » Istanbulda internet cheklovlariga qarshi chiqqan namoyishchilar tarqatib yuborildi
11:51
Istanbulda internet cheklovlariga qarshi chiqqan namoyishchilar tarqatib yuborildi
Istanbulda internet ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunga qarshi namoyishga chiqqan bir necha ming kishini Turkiya politsiyasi kuch bilan tarqatib yubordi. Bunda politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv sepadigan qurollarni ishga soldi, deb yozadi Pravda.Ru. Mazkur haftada kuchga kirgan yangi qonunga ko‘ra, sayt mazmuni haqoratomuz va o‘rinsiz, deb topilgan taqdirda Turkiya hukumati uni sud qarorisiz bloklab qo‘yish huquqiga ega. Hukumat buni internetning xavfsizligi va erkinligi yo‘lidagi amal, deb hisoblamoqda, biroq fuqarolarning fikri butunlay boshqacha.
Aholi bu qonunga qarshi “Internetdan qo‘lingni tort!”, “Hukumat iste’foga chiqsin!” kabi shiorlar ko‘tarib namoyishga chiqqan. Ularni tarqatish jarayonida o‘nlab kishi qo‘lga olingan.