SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 16:07
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 25
Mexmonlar: 25
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 10 » Ishtahani aldashning 20ta usulari
02:42
Ishtahani aldashning 20ta usulari
Hech kim birdan semirib ketishni istamasa kerak. Ayniqsa, ayollar hamisha qomatlarini asrash uchun turli usullardan foydalanib ko‘rishadi. Buning asosini ochlik tashkil etadi. Lekin... Ochlikka har kimning ham bardoshi yetavermaydi. Beixtiyor qo‘llaringiz ovqat tomon cho‘zilganini o‘zingiz ham sezmay qolasiz. Shuni hisobga olgan psixologlar karnayga aylana boshlagan ishtahani aldashning 20 ta usulini e’tiboringizga havola etishadiki, bu, shubhasiz, sog‘lig‘ingizni, o‘rtacha vaznni saqlab turish uchun qo‘l keladi. 1. Ovqatlanishdan oldin bir stakan mineral suv yoki pomidor sharbatini iching. Shunda odatda yeydigan ovqatingizning bir qisminigina yeya olasiz, xolos. 2. Ovqatni kichik tovoqqa suzing. Bu ko‘zlaringizga ovqatni me’yordan ham
ko‘proq qilib ko‘rsatadi. Ayniqsa, moviy rangli tovoqni tanlasangiz, yanayam yaxshi. Chunki, bu rang ishtahani biroz bo‘lsa-da bo‘g‘adi. 3. Ovqat mahali tuz va qalampirni ko‘p iste’mol qilmang. 4. Bolalikda o‘rgatishganidek, ovqatni shoshilmasdan, asta
chaynab yeng. O‘rningizdan xuddi ko‘p ovqat yeb yuborgan odam kabi sekin, norozi holatda turing. 5. Muzlatkichda yuqori kaloriyali yeguliklarni asramang. Aks holda kunlarning birida bu ovqat esingizga tushib uni paqqos tushirib qo‘yishingiz hech gap emas. 6. Meva, sabzavot, shunga o‘xshash parhez taomlarni ko‘zga yaqin joyga qo‘yish kerak. Oshqozon bezovta qila boshlaganda nafi tegadi. 7. Gazeta o‘qib, televizor tomosha qilib taom iste’mol qilishdan o‘zingizni tiying. Keyin bu odatdan qutulishingiz qiyin kechadi. 8. Bozorga, do‘konga oziq- ovqat xarid qilish uchun borishdan oldin qorningizni yaxshilab to‘yg‘azib oling. Shunda muzlatkichni to‘ldirib tashlash niyati tug‘ilmaydi. Ko‘ribsizki, hamyoningiz ham haddan ortiq zararlanmaydi. 9. Agar tushlikni kutishga sabringiz chidamayotgan bo‘lsa, bittagina konfetni yeb olganingiz ma’qul. Konfetda kaloriya ko‘p bo‘lmaydi. Lekin uglevodlar tez qonga singib ochlik hissi nari ketadi. Shu sababli ham bizlarga
bolalikda ota-onalarimiz ovqatdan oldin shirinlik berishmagan. 10. Kun bo‘yi yeyiladigan ovqatning 80 foizi nonushta va tushlikka to‘g‘ri kelishi kerak. Ertalab ko‘proq non mahsulotlari iste’mol qilish foydali. Chunki ular vitaminlarga boy va organizmda suv yig‘ilib qolishiga yo‘l bermaydi. Qolaversa, non mahsulotlari oshqozonda uzoq vaqt hazm bo‘ladi. Siz yaqin orada ochiqib qolmaysiz. 11. Tushlikda sabzavotli salat yeyish shart. U organizmdagi xolesterinni haydaydi. 12. Kundalik taomlar ro‘yxatiga no‘xat, loviyani ham kiritib qo‘ying. Bu taomlar ovqatni tez hazm qilibgina qolmay, oshqozonni tez to‘ldiradi. 13. Ochlik, ayniqsa, kechqurun kuchayadi. Agar tunda oshxonaga mo‘ralamay desangiz, shusiz uxlayolmayotgan bo‘lsangiz,
picha jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. Bu sizni ovqat haqidagi xayollardan chalg‘itadi. 14. Agar tunda ochiqqaningizni his etsangiz, tishlaringizni tozalang. O‘z- o‘zingizdan ovqat yeyishni istamay qolasiz. 15. Juda ilojini topolmagan taqdiringizda kechasi bir piyola sut qo‘shilgan iliq choy ichib olsangiz ham bo‘ladi. Bu sizni uyqusizlikdan ham xalos etadi. 16. Ko‘p ovqat yeydiganlar, lekin shu bilan birga ozishni orzulayotganlar yaxshisi, besh martalik ovqatlanishga o‘tganlari ma’qul. Faqat ovqatlar miqdori juda oz bo‘lishi kerak. Masalan, bitta olma, bir stakan qatiq va yog‘sizroq yogurt. Olmani po‘sti bilan yeyishni maslahat beramiz. Negaki, po‘sti
tarkibida yod moddasi mavjud. 17. Ishtahani anjir bilan ham
aldasa bo‘ladi. Buning uchun yarim kilo anjirni 3 litr suvga solib, suv 2,5 litr qolgunga qadar qaynatasiz. Bu suyuqlikni har kuni ovqatdan oldin yarim stakandan ichib olasiz. 18. Ishtahani hozirgi kunda urfga kirib qolgan aromaterapiya ham o‘ldira oladi. Qorningiz ochganini sezishingiz barobarida eng shirin hidli atirni to‘yguncha hidlang. Atir hidi ma’lum muddatga ishtahaning bo‘g‘ilishiga sabab bo‘ladi. 19. Iloji boricha tez-tez tor ko‘ylak, shim kiyib yuring. Shunday qilsangiz, ko‘p ovqat
oshqozonga joylasha olmaydi. 20. Tanlagan ovqatingizda uglevodlar, vitaminlar, oqsillar yetarli bo‘lishi lozim. Ana o‘shandagina siz ishtahangizni qandaydir ayyorona yo‘llar bilan aldashga majbur bo‘lmaysiz.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1007 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
Bek_akan10.01.2013 09:27
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz