Yuragim g'amgin bugun yonimda yo'qliging, Holimni qilar mahzun nega achinmading. Pok tuyg'ularni harob,orzularimni sarob, Yuragimga ming azoblar solding ketding.
Yomg'irlar yog'ib o'tdi ammo yuvolmadi, Qalbimda sen qoldirgan bu qora dog'larni. O'zganing mehri sig'mas qalbim azobga qafas, Azoblar tark etolmas meni bir nafas.
2x Netay,azoblaringdan qochib qayga ketay, Sendan o'zgani jonim qanday sevay. Hattoki tushlarimda sensan, Tinch qo'y unutay,seni unutay.
Hayotimga kirib kelding halovatim olib, Ilk bor sevgan edim qalbimga hayajon to'lib. Nahotki yolg'on edi, nahotki sevmas eding, Nega unda sevishga o'rgatib mendan ketding, Ishonolmasman ahir sen ham meni sevarding. Hech kimga ishonmay o'zgalardan qizg'onarding. Bularni bari sarob sof tuyg'ularim harob, Hayotimni ming azoblarga ko'mib ketding.
2x Netay,azoblaringdan qochib qayga ketay, Sendan o'zgani jonim qanday sevay. Hattoki tushlarimda sensan, Tinch qo'y unutay,seni unutay.
|