Главная » 2014»Fevral»13 » iPhone 6 ning ilk taxminiy fotosuratlari e’lon qilindi
22:07
iPhone 6 ning ilk taxminiy fotosuratlari e’lon qilindi
13-fevral kuni mornray886 nikli anonim foydalanuvchi o‘z Twitter sahifasida ehtimoliy iPhone 6 smartfoni fotosuratlarini e’lon qildi, deb yozadi MacRumors. Keyinchalik bu suratlar avstraliyalik texnobloger Sonni Diksonning Twitter sahifasiga ham qo‘yilgan. Uning MacRumors’ga xabar qilishicha, original fotosuratlar Xitoyda e’lon qilingan..
Fotografiyalarga ishonadigan bo‘lsak, yangi chiqadigan smartfon yon gardishining torayishi evaziga uning displeyi kattaygan. Biroq, MacRumors ekspertining ta’kidlashicha, suratdagi smartfon displeyi iPhone 5s’ning tegishli parametri bilan teng..
Bundan tashqari, smartfonning orqa qopqog‘ida AQSh Kommunikatsiyalar bo‘yicha federal komissiya axboroti (FCC) o‘yib tushirilgan, iPhone 5s va 5c modellarida esa bunday yozuv yo‘q edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi xabarlarga ko‘ra, iPhone 6 ikki xil variantda chiqarilishi, ulardan birining displeyi diagonali 4,5 dyuym, ikkinchisiniki esa “besh dyuymdan kattaroq” bo‘lishi taxmin qilingan edi.
Smartfon 2014-yilda, Apple’ning kuzgi taqdimot marosimlaridan birida rasman namoyish etilishi kutilmoqda.