Главная » 2013»Mart»22 » iPhone 5 uchun “Bilayn” nanoSIM-kartalarning yangi to‘plami sotuvga chiqarildi
15:40
iPhone 5 uchun “Bilayn” nanoSIM-kartalarning yangi to‘plami sotuvga chiqarildi
Yagona aloqa operatori "Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton MCHJ QK) Kompaniyaning savdo ofislariga iPhone 5 uchun nanoSIM-kartalarning yangi to‘plami keltirilganligi haqida ma’lum qiladi.
"Bilayn” mijozlarini qisqa tanaffusdan so‘ng, nanoSIM-kartalarga ulanish yangilanganligidan xabardor qilishdan mamnunmiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning ommaviy bozordagi savdo masalalari direktori Maksim Yefremov. – Hozirda "Bilayn”ning Toshkent va butun mamlakat bo‘ylab joylashgan ofislarida nanoSIM li raqamga ulanish yoki amaldagi SIM-kartani unga almashtirish mumkin”.
NanoSIM formati 2012 yil iyunda Yevropa. telekommunikatsion standartlar instituti tomonidan tasdiqlangan. SIM-karta hajmining kichraytirilishi smartfon ichidafi joyni tejash imkonini beradi, uskuna korpusi ichidagi bo‘shagan joy boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkun. Yangi SIM-kartalar xotira hajmi hamda vazifalari bo‘yicha bugungi kunda muomalada bo‘lgan kartalardan hech nimasi bilan farq qilmasa-da, o‘lchamlari bo‘yicha ancha kichik: nanoSIM o‘lchami 9×12 mm (microSIM dagi 15×22 mm ga nisbatan), nanoSIM eni esa taxminan 15% kichik.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yilda "Bilayn” O‘zbekiston operatorlaridan birinchi bo‘lib abonentlarga yangi avlod smartfonlari uchun nanoSIM ni taklif qilgan.