Online...yana ösha olamga shöng'imiz, Virtual döstlar, konferensiyalar, uzoq suhbatlar, Inson zoti chin dildan qiziqqan narsasidan hech charchamaydida! Eng achinarlisi qaytib berilmas, oltin vaqtlar kökga sovrulganini hatto sezmaydi! Internetda bir soat ötiribman xalos xechnimaga ulgurolmadim...,qarang xalos emish. Bir soatda foydali nimalarga ulgurish mumkun? Kaminda 10 metr kvadrat yerni chopish, 30 ta köchat ekish, 30-40 bet kitob öqish mayli xech bölmasa bir soat uxlab olsa, organizm qancha dam oladi! Nega manashu vaqt internet uchun kamlik qilayotganini tushunish qiyin!. Dunyo böyicha bir soatda qancha özgarishlar bölib ketmoqda. Biz esa bir nafasda ötkazib qöyyapmiz! INTERNET NIMA ÖZI? hamma biladiku demay turing! men avvaldan mavjud bölgan narsalarga öxshatmoqchiman! INTERNET-ÖG'RI! vaqtni ög'irlaydi, shunday ög'irlaydiki, qanday qilib topshirib qöyganimizni bilmay qolasiz. Shunday ög'riki unga qayta-qayta ölja bölaverasiz. Qadimda o'g'rini qöli kesilar ekan, bizda esa ög'ri bizni qölimizni bog'lab olgan! INTERNET-SEXRGAR! shunday sexrlaydiki, bitta ekranga termulib 4-5 soat ötiraverasiz, qorin ochgani, tashqarida yomg'ir yoqqani, xatto oyog'ingizni ostidan sichqon ötib ketganini bilmaysiz, bu ham yetmaganday, u butun aqlingiz-u qalbingizni öziga qaratib olgan, tashqaridan qaraganda, xuddi muzlatilgan shaxzoda malikaga öxshaysiz! INTERNET-MUHABBAT xa siz sevib qolgansiz, odam öz sevgilisiga ham , bunchalik uzoq tikilib ötirmasa kerak. Bu qadar berilib xatto yurgan yolingizda uni öylaysiz, ekranga qarab ötirib birdan jilmayasiz, gox asabiylashasiz, bu telbalik emasmi? tashqaridan qarasak! INTERNET-DENGIZ! cheksiz ummon, uning oxiriga yetaman desangiz qirg'og'i körinmaydi, bir sho'ng'isangiz göyoki chökib ketasiz, uning doirasi shu qadar kengki, milliyardlab baliqlar suzib yurishadi. Dengizda kichik baliqlar, kattalarga ozuqa bölishadi! INTERNET-SURUNKALI KASALLIK! chekishni tashlash ham undan osonroq bölsa kerak, u shunday davomiy kasallik bölib, Uni davosi faqat Irodadir. ammo yangi asr bolalarida bunga yarasha iroda köpincha yetarli emas, keyin bu kasallikni tuzatuvchi mutaxasislik yöq! tabletka, uqol, parashoklar, dimlamalar ham yöq bunga qarshi. Xalq tabobati esa, bunaqa kasallik tarixda misli körilmagan demoqda, yana bir yomon tarafi, töshakga emas stulga mixlanasiz, bel, böyin, köz va xatto MIYA shikastlanish darajasiga yetib boradi. INTERNET-OLAM! olam bölganda ham yangi olam. Bundan 20 yil avvar birortasiga Moy Mir (mening olamim) desangiz ustingizdan kulishardi, endi buni bilmasangiz kulguga qolasiz. Xar bitta odamning öz olami bölib, internet barchasini bir joyga jamlaydi, ösha olamga maxliyo bölib, xaqiqiy olamingizni 99% ga unutasiz, faqat beixtiyor 1 % qoladi, u xam bölsa nafas olish uchun! INTERNET-NARKOTIKA! qörqmang bu öxshatish xolos, oxiri ölimga olib bormaydi, lekin köpincha faqat ölimgina uni sizdan mosuvo qiladi, borgan sari öz domiga tortib boraveradi, yangi-yangi qirralar chiqaveradi, battar kirishib ketaverasiz! INTERNET-ULFAT! shunday ajoyib ulfatki, xech zeriktirmaydi, siz xoxlagan tilda gapiradi, sizdan yuz ögirmaydi, ammo aldab pulingizni shiladi. INTERNET -SAYOXAT! unda siz butun olamni sayoxat qilasiz, Google, Yandex, Yahoo, Mail.Ru va boshqalar sizga yaqindan yordam beradi, istalgan soxa böyicha istalgan xududga kira olasiz. Google Maps va shunga öxshash kartalar orqali, yer yuzining xoxlagan nuqtasini tamosha qila olasiz. YouTube sizga ajoyib yordamchi, chunki U istalgan videoni ekraningizda namoish etib beradi. Göyoki siz uchib yuripsiz! INTERNET-BOZOR! xamma narsa topiladi, yaxshi narsalar ham yovuz narsalar ham bor, xoxlaganingizni sopib olasiz pulingiz bölsa bas. Bozordagilarning yarmidan köpi bir-birini aldash bilan band. INTERNET-OLOV! vaqtingizni va pulingizni kuydurib kul qiladi, ortga qaytara olmaysiz, tilsiz ofatdir, xatto bazi insonlar shu qadar berilib ketganki, parvona misol özini ushbu yorug'likga uradi. Mail.Ru agentida 24 soatlab Onlineda butun olam bilan gaplashadi, zaruriy gaplar bölsa mayli, g'irt telba-teskari oldi qochti gaplar, Buyoqda esa umr yonib bormoqda, INTERNET-TUSH! unda xamma narsa bölishi mumkun, tush körayotgan inson, men tush köryapman deb öylamaydi. Uyg'ongach esa tush ekanligini tushunadi, tushdagi insonlar va ular bilan suxbat ajoyib, xayotda esa ularni tanimaysiz körmagansiz, tushda esa judayam yaqin gaplashasiz, kimlardir aka-singil, kimlardir opa-uka va xatto sevishganlar böladi! Xayotda esa biri Rassiyada biri Amerikada yashaydi, bir-biri bilan yuzma yuz gaplashmagan, bir kunda öttiz milliyondan ortiq inson tashrif buyuradigan Odnaklasniki.ru ijtimoiy tarmog'ida, xatto qiz bola ög'il bola bölib, ög'il bola qiz bola bölib chiqishi xam ajablantiradi, tushga nimalar kirmaydi deysiz, lekin bu tush xar kun davom etaveradi xuddi Kurtlar Vadisi serialiga öxshab xech tugamaydi... _NaFiS_
|