SHERLAR.BIZ Sheshanba, 19.03.2024, 10:11
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Iyul » 27 » INTERNET INJIQLIKLAR YOXUD
15:43
INTERNET INJIQLIKLAR YOXUD
Internet injiqliklari yoxud
blok qilingan saytlar
xususida Internet yordamida ma'lumot topish
kerak bo'lganda ko'pincha
"google" qidiruvidan
foydalanaman. Ba'zan ish
osonga ko'chadiyu, ba'zan
umuman boshqa ma'lumotlarni taqdim etishi
asabni buzadi. Mana, topdim,
deb navbatdagi manzilga
kirmoqchi bo'lganimda u
qolib, qandaydir msn.com ga
tushib qolaman. Sabab - u saytga blok qo'yilgani, ya'ni
kirish va foydalanish
taqiqlangani! Virtual olamda cheklovning
turli ko'rinishlari mavjud.
Rasmiy blok qilinmagan oddiy
saytlarning ba'zilarida ham bir
qancha ochiq-yopiq qismlar
bo'ladi. Masalan, saytning barcha uchun ochiq qismiga
"Mehmon" foydalanuvchilar
kira oladilar. "Mehmon"lar
uchun yopiq qismi ham borki,
uning foydalanuvchisiga
aylanish uchun ro'yhatdan o'tish kerak. Saytlarda
maxsus qism ham bo'lib,
bunga ba'zi guruh
foydalanuvchilari kira oladilar.
(misol uchun, diniy
saytlarning "Muslima" bo'limiga faqat qizlar
kiritilishi, moderatorlar
paneli). Bu internetning eng oddiy
cheklovi. Bundan tashqari,
tijorat maqsadida reklama oldi
blok ham qo'yilishi
kuzatilgan. Bu ko'pincha
auditoriyasi ko'p saytlarda bo'lib, reklamaning kichik
oynasini (o'qiysizmi-yo'qmi)
o'chirmasdan, ortidagi
ma'lumotdan voqif
bo'lolmaysiz. Asosiysiga endi keldik. Ba'zi
saytlar ko'rish va
ma'lumotlarini o'qishni
taqiqlash maqsadida siz uchun
yopiq bo'ladi. Internet
rivojlangan sari, taqiqlar ham ko'payib bormoqda. Bir necha
davlat mutaxassislari mazkur
xolatga ijobiy qaraydilar.
Aytishlaricha, bu internet
tarmog'iga e'tibor va nazorat.
Bu - "sozlash", "tozalash", "tartibga keltirish" deb talqin
qilinayotgani bilan, internet
foydalanuvchisi uchun birgina
so'z - "senzura" bo'lib
qolaveradi. Vaziyatga xolis qarash uchun,
saytlar nima maqsadda blok
qilinishini anglab olish kerak.
Blok qilinadigan saytlar
turlicha. Ularning bir turi
radikal ruhdagi, siyosatga "aralashgan", boshqa
davlatlarga axborot xuruji
o'tkazgan veb sahifalardir.
Bunday saytlarga "e'tibor"
qaratish har bir davlatda bor,
xavfsizlik chorasi muhim siyosatga aylangan. Jumladan,
Toni Bler internetda tartib
o'rnatish tarafdori ekanligini
bir necha bor bayon qilgan.
Rossiyada ham academ.org
sayti, "Сибирь Телеком" , "Академтелеком", "Полимекс
плюс", "Первая миля" tuman
provayderlari
foydalanuvchilar uchun yopiq.
Xitoyda internet uchun
"firewall" degan tushuncha bo'lib, bu "yong'indan
himoyalovchi devor" degan
ma'noni bildiradi. Bu
internetni viruslardan,
"xakker"lardan va hazil qilib
aytganda, foydalanuvchilardan
himoyalashdir. Xitoyda va
Eronda hattoki Wikipedia
sayti ham blok qilingan.
Kubada ma'lum qatlam,
masalan mediklargagina internetdan foydalanish
ruxsat etilgan bo'lsa, Shimoliy
Koreyada faqat hukumat va
partiya saytlari ochiq
hisoblanadi. Dunyodagi ko'plab
mamlakatlarning hukumatlari
internetdan erkin
foydalanishni cheklashga
urinayotgani sababli,
AQShdagi Global masalalar bo'yicha Davlat kotibining
o'rinbosari Paula Dobrianskiy
xususiy sektorni internet
tarmog'iga qo'yilayotgan
cheklovlarga qarshi turishga
chaqirdi. Tilga olganimiz Xitoy, bundan tashqari, Misr, Kuba
kabi davlatlar internetdan
erkin foydalanishni cheklagani
uchun xalqaro
hamjamiyatning tanqidiga
uchradi. O'zbekistondan bir necha
saytlarga kirish mumkin
emas. Avvallari BBC va
Amerika ovozi hizmatlarining
elektron variantidan
foydalana olar edim, hozir bular ham msn.com ga
kuzatadigan bo'ldi. Internet keng ommaga kirib
bormoqda, taqiqlarga ehtiyoj
sezilmoqda, shu bilan birga
internet foydalanuvchilari
ham uddaburon bo'lib qoldi.
Kirish mumkin emas ekan, deb jim o'tiradi deysizmi?
Hammasini "proxy" saytlar hal
qildi. Buning yordamida siz
istagan yopiq saytga kirar
ekansiz, veb manzil
yoziladigan joyda ham proxy sayt adresi bo'ladi. IP orqali
tekshirilganda ham, yopiq
sayt manzili ko'rinmaydi.
(ehtiyot shart-da). Lekin
baribir proxy o'zidek
bo'lolmas ekan. Tegishli joyga aniq sayt manzilini yozsangiz
topiladi, saytning biror
ma'lumot joylashgan qismini
"ssilka" qilib bersangiz, yana:
"The page can not be found". Yana biri, davlat hududidan
blok qilingan forumlarga
kirishingiz mumkin, a'zo
bo'lolmaysiz. Masalan,
O'zbekistondan
forum.arbuz.com ochiq emas. Proxy sayt orqali kirib,
ro'yhatdan o'tasiz,
a'zoligingizni tasdiqlash
bosqichi esa elektron
pochtangizga yuboriladi.
Buyurilgan manzillarga murojaat qilganingizda: "Page
under construction". Xuddi internetni nazorat
qiluvchi va internetdan
foydalanuvchi o'rtasida kim
o'zarga bahs boshlanganga
o'xshaydi. Blok qilingan
saytlar haqidagi saytlar ham ochildi. Unda boshqa saytda
ta'qiqlangan narsa ochiq-oydin
ko'rsatiladi. Ta'qiqlangan
fotosuratlar namoyish
qilinadigan bir saytga tashrif
buyurganimda, hayron qoldim. Nega taqiqlashdi?
Deyarli oddiy rasmlar:
manzaralar, masjid-madrasa,
cherkovlar. Balki gapning
tagida gap bordir, men uqib
ololmadim. Inson ruhiyati shunaqa. Ba'zan
negativ informatsiyaga,
taqiqlangan narsaga ehtiyoj
sezadi. Shuning uchun,
saytlarning blok qilinishi hech
bir foydalanuvchiga yoqmasa kerak. Ammo tanganing
ikkinchi tomoni ham bor. Ba'zi
saytlar uchun ikki martalab
cheklov o'rnatilishiga
tarafdorlik qilgan bo'lardim.
Chunki hozirgi kunda porno- saytlar, o'z joniga qasd qilish
usullari va sigaret chekishni
o'rgatuvchi virtual "dars"lar,
vahshiy o'yin saytlari, alkogol
va tamaki mahsulotlari ishlab
chiqaruvchi korxonalarning shaxsiy veb-saytlari ko'payib
ketgan. Ayniqsa pornografik
saytlar eng o'quvchisi ko'p va
serdaromadiga aylandi. Yopiq
porno-saytlar uchun ochiq
porno-sayt, "pornoyulduz" atamasi paydo bo'la boshladi.
Ahvol shu darajaga yetdiki,
avvallari jiddiy saytlarning bir
chetiga behayo suratlar
qo'yiladigan bo'lsa, endi
porno-saytlarga huquqiy va siyosiy mavzudagi
materiallarni joylashtirish,
to'g'ririog'i "tiqishtirish" udum
bo'ldi. Parlament qonunlariyu,
bunday saytlarga tinmay qulf
qo'yish yechim bermasligi ham ayon bo'ldi. Ammo bu
kurashni to'xtatish kerak
degani emas. Ma'lumot uchun,
O'zbekistonning internet
kafelarida porno-saytlarga
tashrif buyurganlarga jarima
solish haqida rasmiy e'lon
mavjud. Shuningdek, "uz" domenida yoki O'zbekistonda
joylashgan xosting
maydonlarida pornografik
saytlar ochish mumkin emas. Demak, virtual taqiqlarning
ham inkor qilib bo'lmaydigan
tomonlari bor ekan. Cheklov
turlari haqidagi gapimizni
davom ettirib, ta'kidlashimiz
kerakki, internetdagi ba'zi saytlar idora doirasida ham
blok qilinadi. Ko'p davlat
ofislarida chat hizmatlari,
ko'ngilochar va bir qancha
bloggerlarning sayti yopiq
hisoblanadi. Internet endi-endi hayotga
kirib kelayotgan paytlari
unga berilgan ta'riflar ichida
"senzura o'tmaydigan OAV"
degani ham bor edi. Hali ham
shu fikrdamizmi? Isbotlashingiz mumkin, axir
elektron jurnalist o'zi yozib,
o'zi joylashtiradiku, deb.
To'g'ri, gazetada chiqadigan
material muallifdan so'ng
bo'lim muharriri, bosh muharrir, musahhih, harf
teruvchi kabi bir necha
shaxslaning qo'lidan o'tadi.
Televideniye misolida bu
ro'yhatni ikki qayta sanab
chiqsa ham kam. Boshqa OAVlarda tayyorlangan
mahsulot ming chig'iriqdan
o'tib, e'lon qilinmay qolishi
ham mumkin. Internetdachi?
Chiqqan maqolaga to'siq
qo'yish mumkin emas deb o'ylaysizmi? Aksincha, bu
osonroq. Ko'rsatiladigan
sababi ham oddiy - "texnik
nosozlik". Yana solishtirib aytamiz.
Internetda interaktivlik bor,
o'quvchi erkin mulohaza
bildira oladi. Uzr, internetda
administrator ham bor,
xohlagan mulohazasini o'chirib tashlay oladi.
Forumlarda erkinlik bor va u
yerda moderatorlar ham bor! Erkinlik istab, monitor
qarshisini tanlagan bo'lsangiz,
sizga omad!
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1879 | | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 6
muslima27.07.2012 16:15
muslima27.07.2012 17:57
Bek_akan27.07.2012 18:37
MuroD_BoY27.07.2012 20:09
MuroD_BoY27.07.2012 20:10
╚_G_A_I_H_O_N_I_M_►27.07.2012 22:12
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz