Italiya A Seriyasi 29-tur doirasidagi “Inter” hamda “Atalanta” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakulandi. Unda mehmonlar 1:2 hisobi bilan g'alaba qozonishdi
Birinchi bo'limning 35-daqiqasida ”Atalanta“ a'zosi Bonaventura mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, shu zahoti Ikardi muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda durang natijasi o'yinning 90-daqiqasiga saqlanib turdi, ammo, ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda, yana o'sha Bonaventura mehmonlarga g'alaba keltirdi.
Demak, “Inter” ushbu mag'lubiyatdan so'ng 47 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi o'rinda qoldi.
Italiya A Seriyasi. 29-tur Inter – Atalanta 1:2 (1:1, 0:1) Gollar: 0:1 – 35 Bonaventura, 1:1 – 36 Ikardi, 1:2 – 90 Bonaventura. Inter – Xandanovich, D’Ambrozio (Nagatomo, 72), Ranokkiya, Kampanyaro (Kovachich, 82), Rolandu, Ernanes, Guarin, Jonatan, Kambyasso (Alvares, 61), Ikardi, Palasio. Atalanta – Konsili, Nika (Raymondi, 75), Yepes, G. Stendardo, Del Grosso, Karmona, Bonaventura, Estigarribia, Morales (Brientsa, 38), Chigarini (Bazelli, 86), Denis. Ogohlantirishlar: Nika (34), Chigarini (45), G. Stendardo (76), Konsili (86).
|