SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 21:55
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Oktyabr » 16 » Insonni “Kashf Etish”ning O‘n Usuli
13:57
Insonni “Kashf Etish”ning O‘n Usuli
Psixologlar fikricha, imo-ishoralarni va fe’l-atvorni
“o‘qiy olish” samarali suhbat qurishning eng muhim
shartidir. Bu ajoyib ilmni har kim o‘rganishi mumkin,
agar bunday qobiliyat tug‘ma bo‘lsa, uni
rivojlantirish juda oson.
Ma’lumotlarga qaraganda, odam 70 foiz axborotni
ko‘zlardan oladi, ya’ni aksariyat ma’no ko‘zlarda
ifodalanadi. Mana shu ma’noni tushuna olish yashirin
fikrlar va tuyg‘ularni anglashga yordam beradi.
Odamning qadam tashlashi, yuz ifodasi, imolari,
qarashi, odatlariga qarab u haqdagi ilk xulosani
chiqaramiz. Bu holat ongosti hodisasi hisoblanadi.
Ong osti jarayoni degani nimani anglatadi? Masalan,
gazeta o‘qib o‘tiribsiz. Ko‘chadagi mashinalar,
odamlarning shovqin-suronini ongingiz siz
istamasangiz ham qabul qiladi, miyangizda shu
to‘g‘rida ma’lumot hosil bo‘ladi. Xuddi ana shu holat
anglashning ongosti jarayoni hisoblanadi.
Ko‘plab imo-ishoralar ongga bog‘liq bo‘lmagan
tarzda amalga oshadi, lekin insonning kayfiyati va
fikri haqida keng qamrovli axborot berishi mumkin.
Yaxshi suhbatdoshni topish, yaxshi suhbatdosh
bo‘lish uchun imo-ishoralar va harakatlarning
“ma’no”sini to‘g‘ri fahmlay olish kerak. Quyida
mutaxassislar tadqiq qilgan o‘nta vaziyatni
e’tiboringizga havola qilamiz. Bilib olgan harholda
zarar qilmasa kerak.
1. Bamoqlarni jipslashtirish. Uchta varianti bor:
barmoqlarni yuzda birlashtirish, stolga yoki tizzaga
qo‘yib o‘tirish. Bu holat suhbatdoshingiz zerikkanini,
o‘zining salbiy munosabatini yashirishga
urinayotganini bildiradi. Bunday paytda suhbat
mavzusini, vaziyatni tubdan o‘zgartiring.
2. Og‘izni qo‘l bilan berkitish (bir nechta barmoq yoki
musht bilan). Bu holat suhbatdoshingiz sizni
“aldayapti” deb o‘ylayotganidan dalolat.
3. Quloqni qashish yoki siypalash. Bu narsa
suhbatdoshingiz me’yoridan ortiq tinglagani,
gapirishni istayotganini bildiradi. Bunday paytlarda
monolog emas, diolog hosil qiling.
4. Bo‘yinni qashish yoki siypalash.
Suhbatdoshingizning bu kabi harakatlari sizga
ishonmayotgani, gumonni anglatadi.
5. Barmoqlarni og‘iz chekkasiga qo‘yish. Mazkur
holat suhbatdoshingiz fikringizni ma’qullayotganini,
siz tarafda ekanini bildiradi.
6. Suhbatdoshingiz peshanasi, chakkasi yoki iyagini
siypalaydi, yuzini qo‘llari bilan berkitadi. Bu holat u
hozir hech kim bilan gaplashishni istamayotgani
belgisi. To‘xtash kerak, bu tarzda davom etadigan
suhbatdan baribir yaxshi natija chiqmaydi.
7. Ko‘zni olib qochish. Bu suhbatdoshingiz nimanidir
yashirayotganini bildiradigan eng yorqin belgi.
8. Qo‘llarni ko‘krak atrofida birlashtirish. Mazkur
vaziyatda suhbat mavzusini o‘zgartirish yoki biryo‘la
to‘xtatib qo‘ya qolish kerak. Agar suhbatdoshingiz
qo‘llarini qovushtirib yelkasidan o‘tkazib olgan
bo‘lsa, bu narsa uning haddan ziyod
asabiylashganini bildiradi.
9. Qanshar (ikki qosh orasi)ni chimdish. Bu narsa
suhbatdoshingiz fikrlayotganini, nimanidir
o‘ylayotganini ko‘rsatadi.
10. Suhbatdoshingizning xona bo‘ylab uyoqdan-
buyoqqa yurishi. Mazkur holat bahs-munozara
o‘rtog‘ingizni qiziqtirayotganini, biroq o‘ylab, bir
qarorga kelishga urinayotganini ifodalaydi.
Shoshishning, shoshirishning hojati yo‘q.
Yuqoridagi holatlarning ayrimlari, balki sizga
allaqachon ma’lumdir. Bu xulosalar tadqiqot natijasi,
xolos. Balki ularda xatoliklar bordir. Agarda siz
kuzatuvchan bo‘lsangiz, vaziyatni to‘g‘ri tahlil qila
olsangiz, to‘g‘ri xulosani mustaqil chiqara olasiz.Har
holda hayot, odamlar, voqea-hodisalarning mohiyati
haqida muntazam o‘ylash, fikrlash miya faoliyati
yaxshilaydi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1390 | | Теги: Insonni “Kashf Etish”ning O‘n Usuli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz