Janubiy Koreya hayvonot bog‘laridan birida yashovchi fil koreys tilida "so‘zlashish" mahorati bilan olimlarini lol qoldirgan. Tadqiqotchilarga ko‘ra, Koshik deb nomlangan fil koreys tilida beshta: salom, yo‘q, o‘tir, yot va yaxshi, so‘zlarini taqlid qilishga o‘rgangan. Olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalari "Bugungi Biologiya" jurnalida chop etilgan.