Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Dekabr » 1 » Ikki marta dunyoning eng ingichka smartfonini ishlab chiqargan kompaniya yana bir rekord o‘rnatmoqchi
20:19 Ikki marta dunyoning eng ingichka smartfonini ishlab chiqargan kompaniya yana bir rekord o‘rnatmoqchi |
Xitoyning Gionee kompaniyasi Elife S5.5 va Elife S5.1 smartfonlarini taqdim etib, dunyodagi eng ingichka smartfon ishlab chiqaruvchisi nomiga ikki marta sazovor bo‘lgan va Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan. Ushbu kompaniya endilikda yana bir smartfon ishlab chiqarishi va rekord o‘rnatishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Gionee kompaniyasi 4 dyuym 1080×1920 pikselli ikkita displey o‘rnatilgan dunyodagi ilk smartfonni taqdim etishi mumkin. Ushbu smartfon W900 deb nomalanadi va u ochilib-yopiladigan smartfon bo‘ladi.
Shu bilan birga ushbu smartfonda 1,5 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 2050 mA·soat quvvatga ega batareya, 5 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatiladi. U 172 gramm og‘irlikda bo‘ladi va qalinligi 14,8 millimetrni tashkil etadi.
|
Категория: Qiziqarli malumotlar |
Просмотров: 794 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|