Ignatiy Nesterov o'z rekordini yangiladi O'zbekiston milliy terma jamoasining so'ngi yillardagi asosiy darvozaboni Ignatiy Nesterov Gongkong terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yinda, rasmiy o'yinlardagi “quruq” seriya, ya'ni o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish bo'yicha bo'yicha o'z rekordini yangiladi.. Endilikda yangi rekord 388 daqiqani tashkil qiladi. Nesterov uchun bu rekord o'tgan yilning 12 oktyabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinidan boshlandi. Aynan shu o'yinning 62-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Said Al-Kasiriy tomonidan urilgan goldan buyon Ignatiy o'z darvozasini “qulf”da saqlab kelmoqda. 12.10.2012 BAA – O'zbekiston 2:2 (so'ngi 28 daqiqa) 16.10.2012 Qatar – O'zbekiston 0:1 (90 daqiqa) 14.11.2012 Eron – O'zbekiston 0:1 (90 daqiqa) 01.02.2013 O'zbekiston – Ozarbayjon 0:0 (90 daqiqa) 06.02.2013 O'zbekiston – Gongkong 0:0 (90 daqiqa) Jami: 388 daqiqa. 350 daqiqadan iborat oldingi rekord ham Nesterovga tegishli bo'lib, 2007/2008 yillar davomida o'rnatilgan edi: 22.08.2007 Ukraina – O'zbekiston 2:1 (so'ngi 25 daqiqa) 13.10.2007 O'zbekiston – Xitoy Taypeyi 9:0 (90 daqiqa) 28.10.2007 Xitoy Taypeyi – O'zbekiston 0:2 (90 daqiqa) 21.11.2007 O'zbekiston – Estoniya 0:0 (Nesterov bu o'yinda 45 daqiqa to'p surdi) 06.02.2008 Livan – O'zbekiston 0:1 (90 daqiqa) 22.03.2008 O'zbekiston – Iordaniya 4:1 (dastlabki 10 daqiqa) Jami: 350 daqiqa Terma jamoamiz safida "quruq" seriya bo'yicha mutloq rekordchi Pavel Bugalo sanaladi. U 1999/2000 yillarda 447 daqiqa davomida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Manba: www.orzular.com