Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Fevral » 13 » Ian Rash: «Agar Beyl sovrin yutmoqchi bo'lsa, «Tottenhem»dan ketishi kerak»
10:10 Ian Rash: «Agar Beyl sovrin yutmoqchi bo'lsa, «Tottenhem»dan ketishi kerak» |
Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq hujumchisi Ian Rash Londonning «Tottenhem» klubi yarimhimoyachisi Garet Beylning klubdan ketishi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Menga «Yuventus»dan taklif bo'lganida shokka tushib qolgandim. Hozir bunday holatlar 20 yil oldingisidan ko'ra, hazm qilish oson bo'lgan holatlar. Ammo Beyl yangi klubga o'tishi kerak». «Agar bu amalga oshmaydigan bo'lsa, u o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmaydi. Unga «Tottenhem»da o'ynash yoqishi esa eng muhim jihat bo'lmasligi kerak». «Shporlar» uning transferini Yevropa chempionlar ligasiga chiqishi yoki chiqa olmasligiga qarab aniqlashtirishmoqchi. Bu bilan nimadir o'zgarib qolishiga ochig'i, ishonmayman». «Agar Garet lozim topsa «Tottenhem»da qolishi mumkin. Ammo u biror-bir sovrinni yutishni istasa, «Barselona», «Real» kabi jamoalarga o'tishi lozim. «Shporlar» hozircha chempionlar ligasi va premer- ligada g'oliblik uchun kurasha olmaydi. Agar Beyl dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishni istasa, eng yuqori saviyadagi jamoada o'ynashi kerak. Masalan Ispaniya yetakchilaridan biriga o'tsa, chempionlar ligasida g'alaba qozonishi mumkin», deya Rashning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «VVS» nashri.
|
Категория: Sport yangiliklari |
Просмотров: 595 |
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|