Hurmatli foydalanuvchilar, mana bu savollarga iloji boricha to'g'ri javob berishga harakat qiling, evaziga... bu yog'i endi sir 1. Eng qo'rqgan narsangiz bu...(Tangri va ohiratdan tashqari) a) yolg'izlik b) o'lim c) semirib ketish d) baxtsizlik e) nochorlik f) boshqa narsa… 2. (Yigitla rga): Siz o’z qizingizni ko’proq qaysi fazilatlariga qarab tanlagan bo’lardingiz? ( Faqat beshta javobni tanlashingiz mumkun. 1-javobni eng muhimidan boshlang) 1. Kiyinishi / boyligiga 2. Odob-axloqiga 3. Qaddi-qomatiga 4. Qora / uzun soch 5. O’zini tutishiga 6. Ko’zlarini maftunkorligiga 7. Muomulasiga 8. Qalb go’zalligiga 9. Nozlanishlariga 10. Ibo-hayosiga 3. (Qizlarga): O’z yoringiz sizdan nimani darig’ tutmasligini istardingiz? a) vaqtini b) mehr-muhabbatini c) pulini d) shirin so’zlarini e) yordamini f) bo’salarini 4. Yashashdan maqsadingiz? a) bola-chaqa qilib, hammasini uyli-joyli qilish b) tevarak-atrofga foydam tegsin deyman c) hammani bezor qilish d) o’ynab-kulish e) ota-onam ishonchini oqlash f) maqsadim yo’q, yashashga majbur ekanligim uchun ham chidab yuribman… 5. Million dollaringiz bo’lsa… a) ziyofat uyishtirardim b) shartta bozorga yo’l olardim c) shaxsiy biznesimni ochardim d) kiyim-kechak, uy, moshina deganlaridek… e) kelajak-avlodim uchun saqlab qolardim f) butun oilab bilan bo’lishib olardim 6. Qo’l urayotgan ishingiz nafaqat hato, balki katta gunoh ekanligini juda ham yahshi bilasiz-u, ammo uni bajarishdan qaytmaysiz, nima uchun? a) ba’zi bir holatlarda o’zimni boshqara olmay qolishim uchun b) kayfiyatim ko’tarilishi uchun c) mag’rurligim va o’z bilganimdan qolmasligim uchun d) e-e-e bitta hato qilsam qilibman-da e) unaqa holat hayotta bo’lmagan va bo’lmaydi ham f) chuqur o’ylab ko’rmasligim uchun 7. Qilgan aybingiz uchun uzr so’rash… a) shart va zaruriydir b) odat c) o’zimni yerga urishdek bir gap d) majbur bo’lsam so’rayman, bo’lmasa yo’q e) menga mutlaqo begona hislat f) e-e-e bor e 8. Deylik ota-onangiz sizni uydan quvib yuborishdi, nima qilardingiz? a) eng yaqin do’stimnikiga ravona bo’lardim b) bir kun kelib qasd olardim, (qriganda o’zlarini ko’tarolmay qolishadi- ku hali shoshmay turishsin…) c) yalinib-yolvorib uyga qaytib kirishga ruhsat so’rardim d) tilamchilar safiga qo’shilardim (urrre yana bir tilamchi dunyoga keldi) e) ish qidirardim f) odamni qo’rqitmang, tuf-tuf 9. Oynaga qarab ancha to’lishib qolganingizni sezdingiz, shunda siz… (javobingiz yoniga qiz bo’lsangiz "f”, yigit kishi bol’sangiz albatta "m” harfini yozib qoldirishni unutmang) a) alamimni yanada ko’proq ovqat yeyishdan olardim b) dieta tutib mashq qilishga o’tardim c) jarrohlik yo’li bilan bu falokatdan qutulardim d) oyna oldida ohu- faryod chekardim, "Voy Hudoyim nima gunoh qiluvdim a, nima gunoh qiluvdim?” e) Hmm…menga semizlik ham yarasharkanmi, ochilib ketibman f) Ko’zimni tekshirtirardim 10. Tabriklayman, barcha savollarga a’lo darajada javob berdingiz… a) ha baraka top , baraka top b) arzimaydi c) uf shuncha vaqtimni bekor ketkazding d) hizmat haqqim qani? e) Qani Bismilloh, shu yigitni bir duo qilib qo’yaylik f) Tarjimon ko’rinmaydimi?
|