Главная » 2014»Oktyabr»24 » HTC Desire Eye selfi smartfoni keyingi haftadansotila boshlanishi kutilmoqda
20:04
HTC Desire Eye selfi smartfoni keyingi haftadansotila boshlanishi kutilmoqda
9-oktabr kuni HTC kompaniyasi selfi suratlar olish uchun mo‘ljallangan Desire Eye smartfonini taqdim etgan edi. Biroq uning qachon sotuvga chiqarilishi haqida ma’lumot berilmagandi. Phonearena.com saytining Focus Taiwan’ga tayanib ma’lum qilishicha , keyingi haftadan ushbu smartfon kamida Osiyoda sotila boshlanadi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi. Foto: The Verge Smartfonning narxi haqida hozircha ma’lumotlar mavjud emas, ammo uning texnik xususiyatlari HTC One (M8) smartfoni bilan bir xil ekanligini inobatga olib, u ham One (M8) bilan bir xil narxda sotilishi kutilmoqda. HTC One (M8) smartfoni esa 12-oktabr holatiga ko‘ra Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida 1 740 000 so‘mdan sotilmoqda . Eslatib o‘tamiz, HTC Desire Eye smartfonida 28 mm kenglikda tasvirga tushira oladigan 13 megapikselli va ikkita vspishkaga ega old kamera o‘rnatilgan. Shu bois u selfi suratlar olish uchun ajoyib gadjet. Shuningdek, uning orqa kamerasi ham 13 megapikseli va ikkita vspishkaga ega. Smartfonning texnik xususiyatlari va suratlari bilan “Parol” nashrining ushbu maqolasi da tanishishingiz mumkin.