SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 17:52
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 27 » HIYONAT
21:22
HIYONAT
Kunlarning birida o'qishdan chiqib uyga ketayotsam ketimdan bir bola gap ota boshladi uyim o'qishimga yaqin bo'lgani uchun doim piyoda ketishga odatlanganman u ham meni ketimdan yurib uyimgacha kuzatib bordi, men esa bu odatiy havas deya ahamiyat bermadim ertasi kuni ham uni o'qishimiz yonida uchratdim uni ko'rishim bilan qo'l telefonimga habar keldi " Nilufar balki sizni yana kuzatib qo'yarman" notanish raqam hayron bo'lib atrofga qaradim u menga qarab kulib turardi. Men esa unga jaxil qilganday tez-tez yurib uyga ketdim. Bu hol 1 hafta
davomida qaytarildi telefonimga har xil smslar kela boshladi Va men ham unga o'rganib qolganimni his etdim u sms yozmasa havotir ola boshlardim va shunday qilib biz tanishdik uning ismi Farxod ekan. Farxod bilan men kunlar o'tgan sayin bir-birimizga o'rganib qoldik o'sha damlar dunyoda faqat ikkimizdan bo'lak hech kim yo'q edi kunlar o'ta boshladi Farxod mendan o'zini olib qochishga urinib har xil bahonalar bilan urish boshlar va mendan ayb qidirardi. Men esa hech nimaga tushunmas edim, kunlardan bir kun ko'chada ketayotsam uzoqdan Farxodni ko'rib quvonib endi yoniga bormoqchi bo'layotganimda uni yonidagi qizni ko'rdimu es- xushimdan ayrila yozdim, Farxod hech nima bo'lmagandek huddi o'sha qarash va kulishlar bilan qizga tikilib nimlarnidir gapirardi. O'sha damda birinchi hiyonatga duch kelishim bo'ldi hayollarimdan nimalar o'tmadi, qanchalar qiynaldim buni faqat men va yolg'iz Allohga ayon. Shunda ularni uzoqdan kuzatadim ular katta yo'ldan ketishardi men ham bildirmay ularni kuzata boshladim. Farxod u qizni meni qanday o'qishga olib borsa uni ham shunday kuzatib qo'ydi. Qiz o'qishga kirib ketti, Farxod ham qayergadir manimcha yana o'sha bekorchi do'stlarining oldiga ketti. Men u qizni o'qishdan chiqishini kuta boshladim 1 soat o'tgandan so'ng qizlar tanaffus vaqtida o'qishdan chiqa boshlashdi ular orasida men kutgan qiz ham bor edi, men u qizni oldiga borib salom alikdan so'ng Farxod unga kim bo'lishini u bilan qanchadan beri gaplashayotganini so'radim va o'zimni tanishtirib u qizni ham aldanib qolishini istamaganimdan shu ishni qilayotganimni va Farxod bilan birga tushgan suratlarni unga ko'rsatdim u qizni ismi Setora ekan. Biz setora ikkimiz hiyonatkor bolaga duch kelganimizdan afsuslanardik... Oradan ikki kun o'tgach Setora Farxod bilan gaplashmadi va Farxodning hayotiga yana men kirib kela boshladim u menga meni sevishini sovchi yuborishini oq'ishga kirib keyin yaxshi ish topishini takrorlab uzrlar aytar, menda esa bu gaplar endi zarracha yuragimga yaqin emas edi. Men Farxod bilan 3 kun gaplashdim va 4 chi kuni Farxodga Setora qo'ng'iroq qilib gaplashibdi Setora ishlari ko'payib ketganini shunga telefon qilolmaganini aytibdi shunda Farxod Setoraga ham sevishini u siz har soniyasini o'tkazolmasligini o'tgan 3kun u uchun qanchalar azoblarga boy bo'lganini aytibdi . Setora ham bu gaplarga endi umuman ishonmas edi. Farxod Setora va men bilan 3 kun gaplashib yurdi ikkimizga ham bir xil gaplarni takrorlar bizga esa u huddi eski qo'shiqni aytayotgandek tuyulardi. va o'zimizga o'zimiz savol berardik yana kimlarni shunday deb aldagan ekana deb kulib qo'yardik. Setora Farxodni sog'inganini unga judayam zo'r sovg'a tayorlab qo'yganini aytib uchrashuvga taklif qildi. Farxod har doimgi uchrashuv joyida Setorani kuta boshladi. Uzoqdan Setora va meni ko'rib hushidan keta
yozdi u bu sovg'ani kutmagan , bir menga bir Setoraga qarar hech nimaga tushuna olmas edi. Shunda men ham Setora ham uni yuziga tarsaki tortib Xayr deb ketib qoldik. Oradan vaqt o'tgach Shundan so'ng Farxod o'qishga kirib endi qizlar haqida emas faqat o'qish, ishga o'zini bag'ishlagani haqida do'stlaridan eshitdim. Setora ham endi o'z sevgan yorini topgan endi uni Farxod umuman qiziqtirmas edi. Biz Setora bilan rejamiz amalga oshganidan quvongan edik, chunki endi Farxod hech qanday qizlar bilan gaplashmaydigan, aldamaydigan insonga aylangandi.. Setora va men esa juda yaqin dugonalarga aylandik. Hiyonatkor yorimning hiyonati tufayli men o'zimga yaqin dugona topgan edim....
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 768 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz