SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 07:04
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 8
Mexmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 28 » Hayot ummonida Baxt oroli tomon
06:26
Hayot ummonida Baxt oroli tomon
Hayot ummonida "Baxt
oroli” tomon o’z kemamda
maqsad yelkanlarini
mayin esayotgan orzu
shamoliga ixtiyoriga
topshirib suzib borar ekanman notanish orol
qirg’og’ida yolg’iz sayr
qilayotgan bir qizga
ko’zim tushdi. Nega
shunday malak kimsasiz
orolda yolg’iz sayr qilayotganini bilish istagi
uyg’ondi qalbimda.
Kemamni to’xtatdim.
Qiziqish qayig’ini suvga
tushurdim. Ishtiyoq
eshkaklarini eshgancha orol tomonga suza
boshladim. Orol
qirg’oqlariga qadam
qo’ygan cho’gimda meni
go’zallikda tengi yo’q
malaklar qarshi olishdi. Men xattoki ularga e’tibor
beymay yolg’iz sayr
qilayotgan qiz tomonga
oshiqdim. Nihoyat uni
oldida paydo bo’ldim.
- Yaxshi qiz ! Nega yo’lgiz sayr qilyapsiz? Yo
kimnidir kutayapsizmi?
- Men sizni kutayotgan
edim yaxshi yigit
– uning bu javobidan
qalbimda nimadir uzilganini his ettim.
- Qanaqasiga?
- Shunaqasiga! Siz "Baxt
oroli”ga ketyabsiz
to’g’rimi ? Bu orol siz
izlagan oroldir. Men esa sizning Baxtingizman.
- Agar siz meni Baxtim
bo’lsangiz bu orolda bir
umr qolishga roziman -
deb javob berdim, chunki
uni shu o’tgan qisqa fursat ichida sevib qolgan
edimda. U meni orol
ichkarisiga boshladi. Men
so’zsiz unga ergashdim.
"Baxt oroli” juda chiroyli
ekan atrofni hayrat ila tomosha qilib, "Baxtim”ni
uyiga yetib kelganimni
sezmabman. Bizni o’rta
yoshdagi go’zal bir ayol
qarshi oldi.
- Opa men sizga aytgan edimku meni baxtim izlab
keladi deb! Siz
ishonmagan edingiz. Mana
u yigit – deb meni opasiga
tanishtirdi. "Baxtim”ni
opasi juda hushchaqchaq ekan. Biroz chanqagan
edim. Chanqog’imni bosish
uchun suv so’radim.
"Baxtim”ni opasi esa
manga qadah to’la may
tutdi - Uzr opa men may
ichmayman.
- O’z baxtini topgan yigit
ichmasa kim ichadi. Bu
oddiy may emas. Bu
MUHABBAT SHAROBI "yigit” – deya meni
ichishga undadi. Men yana
rad etmoqchi edim, lekin:
- Baxtim men uchun bir
qultum iching – deya
erkalana boshlagan "Baxtim” sabab qadahni
qo’limga oldimu, bir
ko’tarishda bo’shattim.
Ichimda olov yona
boshladi. O’zimni nazorat
qilolmay qoldim. Xuddi olovga moy sepgan kabi
"Baxtim” ham alambalo
qiliqlar qila boshladi. Men
uni bag’rimga bosdim u
qarshilik qilmadi.
"Baxtim”ni opasi shu onda menga yotoqxonani
ko’rsatdi. Men Bahtimni
ko’targancha ko’rsatilgan
xona tomonga yurdim.
Ertalab ko’zimni ochsam u
yonimda yo’q edi biroq Baxtimni opasi menga
jimayib qarab turgan
ekan.
- Opajon singlingiz qani?
- Sizga nonushta
tayorlayapti. - MUHABBAT SHAROBI
bormi? Yana ichgim
kelayapti opajon!
- Kechagi oxirgisi edi.
Ko’chamizni tugashida
bozor bor o’sha yerda sotadi.
- Men hozir – dedimu
kiyimni egnimga ilib
bozor tomonga chopdim.
Baxtimni opasi esa meni
qaytarishga rosa urindi biroq uddalay olmadi.
Sharob sotuvchisidan
MUHABBAT SHAROBI harid
qilib ortimga qaytar
chog’da ko’chani bir
chekkasida chamasi menga tengdosh eti suyagiga
yopishgan, yerda
yuztuban yotgan
telbanoma bir yigitni
odamlar bir qultim suv
so’rab qilayotgan nolasi eshittim. To’g’risi unga
rahmim keldi. Yoniga
bordim:
- Iltimos. Bir qultim suv
bering birodar?
- Uzr. Hozir oldimda suv yo'q lekin sharob
ichaverasizmi?
- Bir oydan buyon na
ovqat yedim na biror nima
ichdim. Yolvaraman
sharob bo’lsa ham mayli bering iltimos.
- Mana xoxlaganizcha
iching – deya unga
MUHABBAT SHAROBI
tutqazdimda Bozorga yo’l
olmoqchi bo’lganimda uni bergan savoli meni
to’xtashga majbur qildi.
- Siz ham baxt orolini izlab
safarga chiqib,
qirg'oqdagi Baxtingizni
uchratibsizda birodar? - Buni qayerdan bildingiz?
- Ey birodar Men ham siz
kabi baxt orolini izlab
safarga chiqib,
qirg'oqdagi Baxtimni
uchratib, siz menga xozir bergan MUHABBAT
SHAROBIni ham
ichganman.
- Tushunmadim! Bu bilan
Meni Baxtim sizni ham
Baxtiz bo’lganini aytmoqchimiz menga ?
- Ha shunday. Hozirda sizi
Baxtiz bo’lib turgan o’sha
go’zal Sizdan avval meni
Baxtim edi. . Birinchi
kundanoq Baxtizman deb uyiga boshlagan ham
manga opasi bilan ilk
marotaba MUHABBAT
SHAROBIni ichirgan ham,
turli maqsadlari yo’lida
noz karashma ila meni bor budimni ishlatishga
majbur aylagan ham va
nihoyat meni tuzalmas
dardga mubtalo etib shu
kuyga tushushimga sabab
bo’lgan ham o’sha ekanligini aytmoqchiman.
Nimalar bo’layapti o’zi
Baxtimni gaplariga
ishonaymi yo mana bu
telbani xaqiqatigami
bilolmaymay boshim qotgan mahalda
Onajonimni gaplari
yodimga tushdi. "Bolam
Baxtga osonlikcha
erishilmaydi buni unutma.
Osonlikcha qo’lga kiritilgan baxt xech
qachon senga vafo
qilmaydi va seni
tubsizlikka boshlaydi.
Mashaqqatlar ila yetishgan
baxting esa bir umr seni oldinda bo’ladi va seni
baxtiyor qiladi ” Xammasi
boshidan o’ylay
boshladim. Birinchi
suxbatdanoq rozi bo’lgani
uyiga boshlagini opasi esa menga MUHABBAT
SHAROBI ichirgani va
gunohga boshlagani …..
- Birodar nimalarni
bunchalik o’ylab qoldiz
hali ham kech emas O’z kemangizga shoshiling bu
lanati oroldan tezroq
keting. Aks xolda uni noz
karashmalari oldida telba
bo’lib mani holimga
tushasiz. - Ahir man uni sevib
qoldim Baxtimdan qanday
voz kechib ketaman
- Bidodar bu Faxsh oroli
Siz Baxtim deyayotgan qiz
Foxisha u bilan faqat gunoh ishlar qilinadi.
Gunohlar orasida tug'ilgan
sevgi xaqiqiy sevgi emas,
GUNOHRANG SEVGI bo’ladi.
Tezroq keting bu Faxsh
orolidan gunohlariz ko’paymasindan
- Telba yigit shu so’zlarni
aytdi bir ikki marta qattiq
yo’taldi keyin jim bo’lib
qoldi.
Men esa achchiq xaqiqatdan qotib qolgan
edim. Shu holda qancha
vaqt turdim bilmadim.
O’zimga kelganimda esa
telba yigit indamay yerda
yuztuban jim yotardi. - Rahmat senga menga
xaqiqatni aytganing
uchun – deb uni bag’rimga
bosmoqchi edim biroq….
Endi kech Telba yigitni
joni uzilgan edi… Faxsh orolini tark etar ekanman
ortimga so’ngi bor
boqdim. Orol qirg’og’ida
esa meni sobiq Baxtim
yo’lg’iz sayr qilar edi…
Beixtiyor shu so’zlar u bilan birga qolishni
istayotgan qalbimdan
otilib chiqdi: Xayr endi
Faxsh orolida tug’ilgan
GUNOHRANG SEVGIM
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 948 | | Рейтинг: 5.0/10
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz