SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 17:33
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Avgust » 18 » HAYOT SINOVLARI 4-qism
12:36
HAYOT SINOVLARI 4-qism
Bu nimasi axir ? Taqdir ustimdan kuldi- mi ? Ahdlashganman, dedilami ? Otasini va'dasi deb, beg'ubor sevgimizdan endi voz kechamanmi ? Nima uchun ? Uni taqdiri, o'zgaga oldindan taqdir qilingan ekan, nega taqdir bizlarni qalbimizni birlashtirdi ? 

Hammasiga aybdor o'zim. Uni sevib qolgan o'zim. Gapirgan ham o'zim. Allohim, o'zing sabr ber menga ! Endi nima qilaman ? 
Sevgimni unuta olamanmi ? Shu savollar bilan yarim kechada uyga yetib keldim. Uydaman, lekin ko'zimga uyqu kelmadi. Ertalabgacha o'ylab chiqdim. Erta tongda ko'zim ilinib uxlab qolibman. 
-Akajon ? ... Turaqoling, nonushta tayyor. Akajon ? 
-A ? ... Ha-ya ... Hozir. 
-Nega buyerda yotibsiz ? Nega o'rnizda yotmadiz ? 
-Ha, haligi ... O'rnimda edim, biroz vaqtli turib, shuyerga o'tirgandim. Ko'zim ilinib qolibdi. Shahnoz, soat nechchi bo'ldi? -Hozir qaraychi ... 8:15 bo'libdi. 
-Men ketdim. Oyim va dadam qayerdala ? 
-Uydala, qayerga shoshilyapsiz ? -Ishga ketdim. 
-Voy, nonushta qilmaysizmi ? Namuncha shoshilmasangiz ? 
-Yo'ldan biron nima yeb olarman. Bir zarur ishim bor edi. Men orqa eshikdan chiqib ketaman. Dadam so'rasalar, ishga ketdila degin xo'p singiljon ? 
-Voy, nimalar bo'lyapti o'zi akajon ? 
-Keyin aytaman. Bo'pti men ketdim ... Qo'l yuzimni yuvib, to'g'ri istirohat bog'iga otlandim. Maftunaga telefon qilib, o'qishga bormay, birinchi uchrashib olishimiz kerakligini aytdim. Biroz xavotirlanib, u ham yo'lga chiqdi. Istirohat bog'idagi o'rindiqlarning birida o'tirib, nima qilish haqida o'ylay boshladim. Maftunga nima deyman ? ... Garchi og'ir bo'lsada, men sevgimdan voz kechib ketishim mumkin. Ammo beg'uborim voz kecha oladimi ? Buni yuragi ko'tara olarmikan ? 
Eh, bu kabi o'ylovlar yurak bag'rimni tilka-pora qilmoqda ... Bir payt kimdir qo'li bilan, ikki ko'zimni yopib oldi ... -Topingchi kimman ? 
-Voo-oy, hechnarsani ko'rmayapman-ku. 
-Shuning uchun ham aytiyapman-da, xo'sh, kimman ? 
-Bu nozikkina qo'llar, faqatgina meni beg'uborimda bor ! Meni Maftunim ! 
-Ooo-o, zo'rsiz-u ! Baribir bilib oldiz-a ... Qalesiz ? Kutdirib qo'ymadimmi ? 
-Yo'q, o'zim ham endi keldim. 
-Unda yaxshi. Otabek aka, negadir ko'zlariz qizarib ketibdi. Tinchlik -mi ? 
-Tinchlik Maftun. Kechqurun biroz yozishlarim bor edi. Ko'p o'tirganimdan bo'lsa kerak. 
-Xoo-o, birdan ilhom kelib qoldimi deyman ? 
-Yo'q, ish yuzasidan yozishlarim bor edi ... 
-Voy, nega buncha ko'p ishlaysiz ? O'zizni uruntirmang. Shunchalik zarurmidi ? Ertasi kuni ham yozaverardiz. Bunaqada, kasal 
bo'lib qolasiz-u ! Iltimos, o'zizni asrang. 
-Xo'p Maftun ... 
-Endi gapiring, nega o'qishga bormasligimni, uchrashishimiz kerakligini aytdiz ? Tinchlikmi ishqilib ? 
-Tinchlik Maftun. Negadir seni ko'rgim keldi ... 
-Xayriyatey ! Biron gap bo'libdimi deya, qo'rqib ketibman. Otabek aka, negadir kayfiyatiz yo'q ? Rostdan ham, hechgap bo'lgani yo'qmi ? 
-Ha, hechgap bo'lgani yo'q. Shunchaki o'zim. Hammasi joyida. 
-Negadir unaqaga o'hshamayaptida ... Ha mayli, qani bo'lmasa, bitta tabassum qiling-chi ! Qani-qani-qani ko'rmayapman. 
-Xo'p ... 
-Bu boshqa gap. Kayfiyatizni tushurmang. 
-Maftun ? ... 
-Labbay ? 
-Bir ikkita savol beraman, javob bera olasanmi ? 
-Xo'p, harakat qilaman. Qani aytingchi ... 
-Shunchaki tasavvur qilib, javob ber xo'p ?! 
-Xo'p bo'ladi. 
-Maftun, tasavvur qil, agar taqdirda yo'limiz ayro bo'lsa, nima qilarding ? Ya'ni, agar birga bo'lolmasak ? 
-Voy Otabek aka, Xudo saqlasin-ey ! Nega unaqa deyapsiz ? 
-Shunchaki o'zim. Shu mavzuga fikringni bilmoqchi edim xolos. Xo'sh, fikringni aytchi ... 
-Otabek aka, bu savolni bir berdingiz, boshqa bermang iltimos ! Shundog'am bu haqda o'ylasam, yuragim qattiq og'riy 
boshlaydi. Undan ko'ra, baxtli kunlar haqida fikrlashaylik ... 
-Maftun, sen shu savolimga fikringni ayt bo'ldi, bu haqda boshqa umuman so'ramayman, gapirmayman ham ! So'z beraman ! 
-Faqat boshqa bu haqda gapirmaslik sharti bilan ! 
-Xo'p ... Qani endi fikringni aytchi ... 
-Odatda yashirincha gaplashamiz, lekin bir kun kelib dadam bilib qolishlaridan qattiq qo'rqaman. Qachondir bilishlari 
aniq. Lekin men sevgimdan ayrilishni xohlamayman ! Avval aytib o'tganimdek, dadam o'zlarini og'aynilarini o'g'liga, 
meni mo'lljallayaptila. Lekin u bolani dadam bilmaydila. U juda ham qo'pol, qanaqadir mafiyalarga, g'arazli kishilarga o'xshaydi. 
Bilasizmi, sizga aytmagandim, bir kuni o'sha bola va uni oila a'zolari uyimiz kelgandi. Dadam bizlarni atayin uchrashtirmoqchi bo'ldila. Lekin men gaplashmadim. Menga qo'pol-qo'pol muomilalarini, bezbetligini eslasam, undan nafratlanib 
ketaman. Qanday qilib unga turmushga chiqishim mumkin ? Dadam ham, bir gapga turib olganla, "Shu yigitni kuyov qilaman" deb. Qanaqadir va'da qilgan ekanla o'rtog'lariga. Lekin men, qanaqadir va'dani deb, sevmagan insonimga turmushga chiqishim kerakmi ??? (Yig'lab yubordi) Sizdan ayrilib qolishim haqida o'ylasam, yuragim negadir tinmay og'riy boshlaydi. Sizdan ayrilishni istamayman Otabek aka ! Dadam nima desala ham, men faqat sizni deyman ! U bola bilan baribir baxtli bo'lolmayman. Unga majburan berishsa, sizsiz begona xonadonda yashay olmayman. Undan ko'ra o'lga ... ..... 
-Jim !!! O'lim dema beg'uborim ! Axir shu so'zni yomon ko'rarding-ku ! Nega endi o'lim deyapsan ? 
-Nima qilamiz unda Otabek aka ? Nega siz ham yig'layapsiz ? Siz yig'lamang ! 
-Yig'lamayapman Maftun. Menga e'tibor berma. Sevishganlarning ko'p qismati .... afsuski "Ayriliq" bilan tugaydi. Men shunchaki bu mavzuda fikringni bilmoqchi edim. Bo'ldi, fikringni bildim. Hammasi joyida beg'uborim ! Xudo xohlasa, bundan keyin ham shunday bo'ladi ! Maftun, qo'ygin yig'lama. Ko'z yoshlaringni baxtli kunlarimizga asrab qo'ygin xo'p ? Inshaalloh bu quvonch ko'z yoshlari bo'lsin ! Maftun, avval ham aytganman, hozir ham aytaman: "Bizni faqatgina o'lim ayirishi mumkin !" O'zim ham O'lim deyapman-mi ? ... Allohim o'zi meni kechirsin-u, sendan ayrilgandan, sensiz o'zgasi bilan baxtsiz yashagandan ko'ra, umrim hazon bo'lsin !!! 
14. Maftunani o'qishiga kuzatib qo'ydim va ishga qaytdim. Ishxonadaman-u, lekin hayolim ishda emas ... Hayolim parishon 
edi. Buni dadam sezib, uyga borib, biroz uxlab olishimni ta'kidladila. Kimlardir menga gapiryapti, lekin, hayolimda o'ylovlar kuchliligidan, hechkimning gapini eshitmasdim. Ishxonadan chiqib, uyga qaytdim. Xonamga qamalib olib, nima qilish kerakligini o'ylay boshladim. "Ey Allohim, menga madad ber ! Bunday vaziyatda nima qilishim kerak ? Qanday yo'l tutay ? Menga yo'l ko'rsat, Robbim !" Qanday qilib bo'lmasin, aniq bir yo'lni tanlashim kerak ... Bir payt, xonam eshigi taqqillay boshladi ... -Akajon, eshikni oching ! Iltimos, nega qulflab oldiz ? Ocha qoling, iltimos ... 
-Shahnoz, hozir gaplashadigan ahvolda emasman. Biroz yolg'iz qolmoqchiman. Keyin gaplashamiz. 
-Yo'q ! Hozir gaplashamiz ! Sizga nimadir bo'lgan. Xavotirlanib ketyapman. Oching eshikni ! ... 
-Hechnima bo'lgani yo'q singlim ! Yolg'iz qolmoqchiman dedim-ku, biroz charchaganman. 
-Akajon, bir-ikki og'iz gapim bor xolos. 
-Iltimos singlim, keyin gaplashaylik ! ... 
-Yo'q ! Gaplashmasam, ketmayman ! Nega bunaqa qilyapsiz ? Ocha qoling eshikni. 
-Ob-bo, namuncha qaysarsan- a ? Xo'p, hozir. Kiraqol ... 
-Rahmat akajon ! (Kulib) 
-Xo'sh, nima gaping bor ? 
-Sizga nimadir bo'lgan. Sezib turibman ... 
-Hechnarsa bo'lgani yo'q menga ... 
-Maftuna bilan arazlashib qoldingiz-mi ? 
-Shuni so'rash uchun, keldingmi singlim ? 
-Yo'q, unday emas ! Sizdan xavotir oldim. Sezib turibman, nimadandir qattiq xavotirdasiz va o'sha xavotirni, ichingizga 
yutyapsiz. Akajon, nima bo'ldi ? Iltimos, mendan yashirmang. Shu paytgacha, bir-birimizdan hechnarsani sir tutmaganmiz. 
Endi nega sir saqlayapsiz ? Bu bilan o'zizni yanada qiynayapsiz. Nimagadir tushkunlikga tushib qolgansiz ... 
-Singiljon, menga hechnima bo'lgani yo'q. Xavotir olma. Ko'rib turibsan, soppa-sog'man. Faqat charchaganman xolos. Endi boraqol. Men uxlamoqchiman. Keyinroq bafurcha gaplashamiz xo'p. 
-Yo'q ! Ketmayman ! Nimadan xavotirda ekanizni aytmagunizcha ketmayman ! 
-Shahnoo-oz !!! Nega buncha qaysarsan ? Axir keyin gaplashamiz dedim ! 
-Xo'p ... Yaxshi yotib turing ... (Xafa holda) 
-Singiljon, meni kechir. Biroz qizishib ketdim ... Men ahmoqni kechir, iltimos ... 
-Hechqisi yo'q akajon. Xohlamasangiz mayli, keyinroq gaplasharmiz. 
-Kel, o'tiraqo. Mayli gaplashamiz singlim. 
15. To'g'ri, meni eng yaxshi sirdoshimsan. Bu uchun senga mingdan-ming rahmat. Biroz dardlashaylik. Sen haqsan. Ichimdagi xavotirni, ichimga yutyapman. Bilmadim, to'g'ri qilyapmanmi, yo'qmi ... Bir birimizga chin mehribon bo'lib, katta bo'ldik. Esingdami, yoshligimizda dadam meni urishayotganlarida, kelib meni himoya qilganding. "Akamda ayb yo'q, urushmang" deb ... -Esimda akajon. O'shanda sizga jahl qilayotgan edila. Bunga qarab turolmagandim. 
-Shundan so'ng, qalbimda senga nisbatdan o'zgacha mehr uyg'ondi. Sendek singlim borligidan doim quvonaman. Senga bo'lgan 
ishonchim, ummondek cheksiz !Shu uchun ham, sendan bor dardlarimni yashirmaganman. Oyim va Dadamdan ham, ko'proq sen bilan chiqishaman. Minnatdorman singlim. 
-Qo'ysangiz-chi akajon. Shunga ham rahmat deysizmi ? Singilingizman, sizni hurmat qilish, meni burchim va bundan 
faxrlanaman. Qolaversa siz ham, shu kungacha menga mehribon aka bo'lib keldingiz. Har doim yaxshi muomilada bo'lgansiz. 
Nimanidir olib bering deganimda, bir marta ham, yo'q demagansiz. 
-Iye, yolg'on gapirmang singiljon ! Yo'q derdim-ku ! 
-Xooo-o, yo'q deb meni qo'rqitardiz-da, ertasi kuni keltirib berardiz. Manashu xarakteriz biram ajoyib-ki ... 
-Hmm ... 
-Sizni juda ham yaxshi ko'raman. Oyim va dadamdan ham ko'proq, sizni yaxshi ko'raman akajon ! Bu gaplarimdan erib ketmang 
tag'in ?! 
-Hey-hey-hey, bo'ldi ! Ko'p maqtab yubormadizmi singiljon ? Hozir muz kabi, erib ketaman-ku ... Rahmat singlim. 
-Yana nima uchun rahmat deysiz ? 
-Ko'nglimni biroz bo'lsada, ko'targaning uchun. 
-Hechqisi yo'q akajon. O'zingiz menga aytardiz-ku, "Doim kulib yur, nima bo'lgan taqdirda ham, qalbingdan quvonch ruhini 
so'ndirma" deb. Men xuddi siz aytganizdek qilyapman. Hozir shu gaplarni o'zingizga ham aytgan bo'lardim. Doim kulib yurishizni istayman akajon ! 
-O'zimni mehribon singlim. Barchasi uchun rahmat senga. 
-Sizga ham rahmat akajon ! Endi ayting, nimadan buncha xavotirdasiz ? 
-Aa-a ... Haligi ... 
-Xo'sh ? 
-Ko'p ishlabman shekilli. Boshim og'ridi. Shunga biroz yolg'iz qolmoqchi edim. 
-Rostdanmi ? 
-Ha, rost ... 
-Akajon, tilingiz yolg'on so'zlayotgan bo'lsada, ko'zlaringiz haqiqatni ta'kidlab turibdi. Nega yolg'on gapiryapsiz ? Bilib turibman, Maftuna bilan janjallashib qolgansiz. Shunaqami ? 
-Yo'q, unday emas ! Qayerdan olding bu gapni ? 
-Unda nega g'amginsiz ? Bundan boshqa sabab ham bo'lishi mumkinmi? Dovomi bor
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 692 | | Теги: HAYOT SINOVLARI 4-qism | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 1
Azik-mu18.08.2013 20:52
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Avgust 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz