SHERLAR.BIZ Juma, 26.04.2024, 20:24
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Avgust » 18 » HAYOT SINOVLARI 3-qism
12:35
HAYOT SINOVLARI 3-qism
-Biron gap bo'ldi-mi ? 
-Hechnima bo'lgani yo'q. Hammasi joyida. 
-Aha, Mayli. Unda sen ham boraqol. Uyga yetib olganingda qo'ng'iroq qil xo'pmi ... 
-Xo'p. Ishlarizga omad tilayman. O'zizni ehtiyot qiling. 
-Rahmat Maftun ... Sen ham o'zingni ehtiyot qil. Ko'rishguncha ... 
-Xo'p. Ko'rishguncha ... Xayrlashib ishxonaga qaytdim. 

O'shanda juda ham xursand edim. Chunki, Sevgan insonim oldimda. Uning beg'ubor tabassumi, hazilomus xafa bo'lishlari, bir- biridan ajoyib so'zlari, meni chin oshiq kabi, telba qilardi. U ham meni ishonchimdan baxtli edi. Bilasiz, hayot bir to'kis emas. Hamisha, biz xohlagandek bo'lavermaydi. Buni yaxshi bilganim uchun, barcha qiyinchiliklarga tayyor edim. Maftunani ota-onasini xabari yo'q edi. Ya'ni, bizni sevgimiz haqida bilishmas edi. Maftuna menga ko'p bor aytardi, "Dadam eng yaqin bir og'aynilarini o'g'liga meni mo'ljallayaptila, nima qilamiz ?" deb. Maftun qo'rqib, dadasiga ham, onasiga ham "Sevgan yigitim bor" deb aytolmasdi. Biz yashirincha gaplashib yurardik. Ammo, bu hol qachongacha ? Bir kun kelib, buni bilishlarini, Maftuna ikkimiz juda ham yaxshi bilardik. Shuni o'ylab, Maftuna ko'p yig'lardi. "Nahotki biz ham, boshqa 
sevishganlar singari birga bo'lolmaymiz ?" deya ... Uni ovutish maqsadida "Bizni faqatgina O'lim ayirishi mumkin" derdim. Aynan shu gaplarimga, Shayton: -"Chuchvarani xom sanabsan, Jo'jani kuzda sanaymiz" degandir ... 
Kechga yaqin, ishxonadan chiqib, uyga qaytayotgandim. Bir payt telefonim jiringlay boshladi. 
-Alo ? Eshitaman ? 
- Otabekmisan ? 
- Salom, ha Otabekman. 
-Valekum Assalom. Bo'shmisan ? Gaplashib olishimiz kerak. 
-Tushunmadim ? Kimbu o'zi ? 
-Maftunani taniysanmi ? 
-Maftunani ? Ha taniyman. 
-Maftuna kim bo'ladi senga ? 
-Iye, kim bu o'zi ? Nega so'rayapsiz ? 
-Men Maftunani otasiman. 
-A ... Nima ? ... Buni eshitib, qattiq shokga tushdim. Nima deyishni bilmay, qotib qoldim. Maftunani otasi meni ismimni, telefon raqamimni qayerdan bilibdi deya o'zimga-o'zim savob bera boshladim. Maftunani otasi men bilan yuzma-yuz gaplashib olishi kerakligini aytib, bir manzil berdi. Xo'p deb, aytilgan manzil tomon otlandim. Yo'lda ketyapman-u, yuragim qandaydir qo'rquv sezganday, tez ura boshladi. Eh, nima desam ekan endi otasiga ? ... "Qizizni sevaman, uylanmoqchiman deymanmi ?" ... 20 minutlar o'tib, aytilgan manzilga yetib bordim. Kech tushib bo'lgandi. Atrof qop- qorong'u. Qanaqadir eski uylar, 
endi qurilayotgan uchastkalar ... Xullas yetib bordim. G'ishtlar ortida bir mashinaga ko'zim tushdi. Asta-sekinlik bilan 
mashinaga yaqinlasha boshladim. Bir payt, mashinadan bir govdali kishi tushdi va men tomonga qarab turardi. U Maftunani otasi 
edi. Kelib salomlashdim. Otasi menga birin-ketin savol bera boshladi 
-Qayerdansan ? 
-Men ... Haligi ... .....dan. 
-Tushunarli. Hoynahoy Ismimni, telefon raqamimni, qayerdan bilibdila deb o'ylab turgan bo'lsang kerak. Maftuna bugun mehmonxonaga telefonini zaryadkaga qo'ygan ekan. Kelsam, telefoni musiqa chala boshladi. Ozroq kutdim, musiqa o'chmadi. Odatda qizimni telefoniga tegilmasdim. Bu safar olib, musiqani o'chirmoqchi bo'ldim. Sms kelgan ekan. Qiziqib ochib ko'rmoqchi bo'ldim. Chunki sms kimdan kelganligini ko'rsatadigan joyda, "Jurnalistim" yozuvi turardi. Kim ekan deb ochdim. Qanaqadir sevgi izhorimiyey, she'rmiyey yozilgan ekan. Oxirida esa, Otabek yozuvi turardi. Shunda barchasini tushundim-ki, Maftunani hayoli o'qishda emas, sevgida ekan ... Jurnalistmisan ? 
-Aaa-a ... Haligi ... Yo'q, hechqanaqa jurnalist emasman. Haligi ... Qizingiz, meni shunday deb chaqiradi. Aybga 
buyurmaysiz ... 
-Hmm ... Qizim bilan, qachondan tanishsizlar ? 
-A ... Haligi ... 
-Namuncha haligilading ? Xo'sh ? 
-Uzr ... 5oycha bo'ldi. 
-5 oy degin ? Tushunarli. Shuncha paytgacha yashirib kebsizlarda. Nima,bundan keyin ham yashirincha gaplashib yurmoqchimidiyla ? 
-Kechiring ... Oldinroq aytishga jur'atimiz yetmadi ... 
-Jur'atimiz yetmadi de ... Unda qachon yetardi ? Tuyani dumi yerga tekgandami ? Hmm ... Hozir aytadigan gaplarimni ikki 
qulog'inga ham, yaxshilab quyib ol. Maftuna qizimni, bir oshnamni o'g'liga beraman ! U bilan qalin oshnamiz. Bir paytlar, bolalarimiz tug'ilganda, ikkimiz ham, bir yilda farzandlik bo'lgandik. Avval u o'g'illik bo'ldi. Oradan 3 oy o'tib, 
men qizlik bo'ldim. Ya'ni Maftuna qizim tug'ildi. Shunda o'rtog'im bilan, ahdlashganmiz, bolalarimiz katta bo'lishsa, quda bo'lamiz deb. Nima demoqchiligimni tushungandirsan-a ? Ortiqcha hoy-u havaslarga berilmasdan, u bilan oralaringni ochiq qil ! Bu yurishlaring barchasi befoyda ! Shunda o'zinga ham yaxshi bo'ladi. Bekorga vaqtingni sarflab, urinma. Maftuna men aytgan odamning uyiga kelin bo'ladi ! Shuni unutma yigitcha !!! 
-A ... ... ..... . ... ... Bu so'zlar, yuragimga shu qadar og'ir botdiki, nafasim ortga qaytdi. Axir, qanday qilib sevgimdan voz kechardim ? Shu savol ich- etimni kemira boshladi. Xuddi, qalbimni yulib olishgandek bo'ldi. Qo'limga bir tomchi suv kelib tushdi. Nahotki men yig'layapman ? Ko'zimdan yosh chiqganini hatto sezmadim. Bu ko'z yoshimmi ? Yoki yuragimdan qon, ko'z yosh bo'lib chiqyaptimi ? Otasiga nima deyishni bilmay, turgan joyimda toshdek qotdim ... Maftunani Otasi esa, mashinaga o'tirdi-da, endi ketmoqchi bo'lib, birdan to'xtadi. Mashina oynasini tushurib: 
-Ha, yana bir gap, bu yerga kelganimni, uchrashganimizni, Maftuna bilmaydi. Sen ham bu haqda unga gapirmaysan. Men ham unga 
hechnarsa demayman. Bu gaplar o'rtamizda qolsin, tushunarlimi ? O'zing bir ilojini qilib, u bilan orangni ochiq qil ! Shunday qil-ki, Maftuna seni ko'z yoshsiz unutsin. Telefon raqamingni o'zgartirasanmi, buyerlardan ko'chib ketasanmi, o'zing bilasan. Agar qizimni ko'zida bir tomchi ko'z yosh ko'rsam, mendan yaxshilik kutma ! Omon bo'l !!! 
Shu so'zlarni aytib, Maftunani otasi ketdi ... Ko'z oldim qorong'uda yanada qorong'ulashib ketdi. Qalbimdagi sevgiga, armon 
xanjar sanchgandek bo'ldi. Go'yo, yuragimdan ayirishgandek, turgan joyimdan qimir etmay, qotib qoldim. O'z-o'zimga savol 
bera boshladim. Bu nimasi axir ? Taqdir ustimdan kuldi- mi ? Ahdlashganman, dedilami ? Otasini va'dasi deb, beg'ubor sevgimizdan endi voz kechamanmi ? Nima uchun ? Uni taqdiri, o'zgaga oldindan taqdir qilingan ekan, nega taqdir bizlarni qalbimizni birlashtirdi ?
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 713 | | Теги: HAYOT SINOVLARI 3-qism | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Avgust 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz