SHERLAR.BIZ Juma, 26.04.2024, 01:58
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Avgust » 18 » HAYOT SINOVLARI 2-qism
12:34
HAYOT SINOVLARI 2-qism
O'sha kuni kechqurun, ko'zimga uyqu kelmadi. Eh Muhabbat ... O'ylay-o'ylay u haqda o'rtog'im Elyorga aytishga va dardlashishga qaror qildim. Ertasi kuni o'rtog'im bilan 
Xiyobonga chiqdik va bor gapni unga aytdim. 

-Elyor, kecha uyimizga singlimni dugonalari kelganidan xabaring bor. 
-Xo'sh ? 
-Shu desang ... 
-Nima ??? 
-Haligi ... Sen o'shanda haq eding. 
-Nimani aytiyapsan o'rto ? 
-Ovqatni olib kelgan qiz ... 
-E, ha-a-a-a, bo'ldi. Xo'sh - xo'sh ??? 
-O'sha qiz, rostdan ham yuragimdan urdi ... 
-Ha-ha-ha-ha (Kulib ketdi) 
-Nega kulasan ? Elyor, shu kulguli gapmi ? 
-Voy, kechirasan o'rto. O'zimni tutib turolmadim. Bilasanmi Otabek, buni birinchi o'zgarib qolgan parishonxotirligingdan sezgandim. Ko'zlaring kimnidir qattiq sevib qolganingni ta'kidlab turardi. Xo'sh, endi nima qilmoqchisan ? 
-Eh, hamma gap shunda-da ... U qizni tanimayman ham ... 
-Hmm ... Mayli siqilma o'rto. Bir iloji topilar. Aytgancha, Singlingni dugonasi ekan. singlingdan so'rasangchi ? 
-So'ramoqchi bo'ldim, ammo jur'atim yetmadi. 
-Singling-ku axir ! So'rayvermaysanmi. Eh, senga ham qoyilman-da ... 
-Singlimdan uyalmay shuni so'rash, oson deb o'ylaysanmi ??? ... Shu so'zimni aytib, Elyorni oldidan turib ketdim. 
-Iye, qayoqga ? Shoshmasangchi ! Ortimga qaramasdan uyga keldim ... Shu ishimga jahl qilibmi bilmadim, Elyor hammasini o'zi aniqlabdi. Oradan 2 kun o'tib Elyor uyim keldi. Xonamga kirib, ozroq suhbatlashdik. 
-Otabek, qani telefoningni olib yozchi. 
-Nimani Elyor ? 
-Bitta nomer aytaman yoz. 
-Iye ... 
-Qani yoz-yoz ... 
-Nima uchun ? 
-E, yozsangchi tez-tez. Keyin aytaman. 
-Xo'sh ... 
-+998 ......... 
-Xo'p yozdim. Kimni telefon raqami bu ? 
-Maftunani. 
-Maftuna ? 
-Hmm ... 
-Kim-u Maftuna ? 
-Qalbingni, keyin aql-u hushingni o'g'irlagan qiznida ! 
-Nima ? Qanaqasiga ??? 
-Shunaqasiga ! O'zing ismini, kimligini bilmoqchi eding. Mana, senga birgina ismi emas, telefon raqami ham. Endi sevgingni unga bildir. 
-Qanday aniqlading buni ? 
-Uzumini yegin-u, bog'ini surishtirma o'rto. Qani endi olg'a ! Bo'pti, men ketdim. Haliroq 
senga qo'ng'iroq qilib, nima bo'lganini so'rayman. Omadingni bersin ! Elyor uydan chiqib ketdi. Men esa bir so'z deyolmadim. Chunki kutmagandim. Bu so'zlaridan bir quvongim kelardi, 
bir shubhalanardim. Shubham esa, asosli ekan. Keyinroq bilsam, Singlimdan so'rab, aniqlashtirgan ekan. Yolg'ondan: "U qiz meni kelajakda kelinoyim bo'ladi, nomeri kerak edi. Faqat o'zi bilmasin Shahnoz. U qizda 2 og'iz gapim bor edi, iltimos" deb, singlimdan qo'l telefon raqamini olgan ekan. Mayli, unga nima ham derdim. Har holda buni men uchun 
qilgan-u ... Shuni o'ylab biroz tinchlandim. Qo'l telefonimda uning raqamlari terilgan holda, ko'z o'ngimda turardi. 
ORADAN 5 OY O'TDI ... 
-Alo ? Maftun, qayerdasan ? 
-Voo-oy, sizni 1 soatdan beri kutib o'tiribman-u ! O'ziz qayerdasiz ? Nega kelmayapsiz ? -Maftun, uyga qaytgin. Men borolmayman. 
-Nima ? Bu nima deganiz ? 
-Shunaqa bo'lib qoldi ... 
-Nima gap o'zi ? Tinchlikmi ? 
-Tinchlikga-tinchlikku-ya, lekin endiuchrasholmaymiz. Meni kechir ... 
-Axir ... Axir ... 
-Maftun, Ortinga bir qarachi ! Ortida men telefonim bilan turgandim. Uni bir hazil qilib, qo'rqitmoqchi bo'ldim. Ortiga qayrilib, meni ko'rishi bilan, suyunib ketdi. Lekin bildirmay, jahl qila boshladi ... 
-Nega bunaqa qilasiz ? 
-Voy, hazillashdimku ! 
-Shunaqayam hazil qilasizmi axir ? 
-Bo'ldi-bo'ldi, bir tomchi qonimdan keching malikam ! 
-Yo'q ! Malikam demang endi ! Kechmayman ! 
-Boshqa takrorlanmaydi Maftun. So'z beraman ! Darrov arazlaysan 
-a ... -Ha arazlayman ! Qo'rqib ketdim-ku ! ... 
-Qo'rqma beg'uborim, seni hechqachon tashlab ketmayman ! Men hamisha yoningdaman. Qaysidir 
kinoda aytardi, "Oldinga kelmagan kunim, o'lgan kunimdir !" O'lim yoqasida bo'lsam ham, kelaman beg'uborim. Qani kelchi, ko'z yoshingni artib qo'yaman. 
-Oh-ho, yangi ijod namunalarizdan birimi-bu ? Doim shunaqa samimiy gapirib, bir zumda 
ko'nglimga taskin bera olasiz. (kulib) Otabek aka, faqat o'lim haqida gapirmang, xo'p. -Mayli beg'uborim, boshqa bu so'zni aytmayman. Nima desang, shu bo'ladi. 
-Rahmat. Ajoyibsiz-da ... Nega kech qoldiz ? 
-Ha-aa, ishxonadan chiqib kelyapman. Shunga biroz kech qoldim. Uzr kuttirib qo'yganim uchun. -Hechqisi yo'q. Tushunaman. 
-Tushunganing uchun ham, seni qattiq yaxshi ko'raman- da ... 
Aytgancha Maftun, hozir sentyabr oyi-ha ? 
-Ha. 
-Demak, 5 oy bo'libdi. 
-Nimaga 5 oy bo'libdi ? 
-Tanishganimizga ... 
-E, haa-a ...To'g'ri ... 
-Birinchi uchrashuvimiz yodingdami Maftun ? 
-Ha yodimda. (Kulib) 
-Rosa kulguli bo'lgandi o'ziyam. Elyor o'rtog'im, bizni atayin uchrashtirgandi. Singlimga aytib, seni biznikiga chaqirtirgandi. Senga yolg'ondan "Tikish- bichishga yordamlashgin" 
deb ... 
-Hmm, o'zim ham hayron qolgandim. Chunki singliz bilan qalin dugonamiz-u, lekin biron marta 
ham, birga tikish tikmaganmiz. 
-Ha ... Elyor bizni atayin uchrashishimiz uchun, turli xil rejalar qilib qo'ygan ekan. 
-Men uyizga borganimda, boshida ancha cho'chiganman. -Bilgandim 
Maftun hech o'ylamagandim, o'rtog'im Elyor tuzgan rejalar sabab tanishib ketamiz deb. Seni 
uchratganimdan baxtliman beg'uborim ! Allohga shukur ! 
-Men ham ... To'g'risini aytsam, sizni birinchi bor ko'rganimda, qanaqadir tuyg'ularni his 
etgandim. 
-Yo'g'ey ? Rostdanmi ? 
-Ha, rost ... 
-Qiziq, aslida men seni birinchi bor ko'rganimda, g'alati bo'lib qolgandim. 
-Xooo-oo, shunaqa bo'lganmidi ? 
-Ha-da ... Ovqatni olib kelganing yodingdami ? 
-Yodimda ... Singliz Shahnoz qo'limga tutqazib, shu xonaga kiritib bergin degandi. 
-Sen esa "Xo'p bo'ladi" deb olib kelding, shunaqa-mi ? 
-Shunaqa ... 
-Voy, o'lib turgan ekansanda- a ? Ikkalamiz ham, kulib yubordik ... Shunda Maftun birdan kulishdan to'xtadida, o'zini dadil tutib, so'z boshladi: 
-Hecham-da ! Ko'zim uchib turgani yo'q edi. Singlingiz iltimos qilgani uchun, "Xo'p bo'ladi" emas, Xo'p degandim xolos. 
-Hazil qildim Maftun. Senga ishonaman. 
-Rahmat. (Kulib) 
-Keyin nima bo'lgandi bilasanmi ? O'sha voqeadan so'ng, ikki kun o'tib senga qo'ng'iroq qiluvdim. Sen esa, jahl qilib ketganding. 
-Ha endi, o'shanda sizni tanimasdim-da ... 
Voo-oy, Otabek aka, men ketishim kerak. Hozir oyim qo'ng'iroq qilib qolishlari mumkin. Dugonamnikiga tezda borib kelaman degandim. Bugun manti qilamiz degandila oyim. Shunga 
vaqtliroq borib, tayorgarlik ko'rishim kerak. Keyin, shu kunlarda dadam mendan shubha 
qila boshlaganla. Bormasam bo'lmaydi ... 
-Iye, darrov ketasanmi ? Ha, Manti degin. 
-Hmm, kechqurun keling. O'zim tayorlayman. Qanaqa chiqganiga baho berardiz. 
-Xuddi bundan oldin men uying borganday gapirasan- a. Ko'nglim uchun aytganing uchun, juda ham xursandman. Nasib qilsa oila qursak, bir qo'lbola manti qilib berasan. Kelishdikmi ? -Kelishdik. Aytganiz kelsin ilohim. 
-Bo'pti, seni kuzatib qo'yaman. 
-Yo'q, siz ham endi ishizga boraqoling. Ishxonadan kelgansiz. Yordamiz kerakdir. 
-Xo'p ... Lekin Maftun, negadir xomush ko'rinasan ? 
-Yo xomush emasman ... 
-Biron gap bo'ldi-mi ? 
-Hechnima bo'lgani yo'q. Hammasi joyida. 
-Aha, Mayli. Unda sen ham boraqol. Uyga yetib olganingda qo'ng'iroq qil xo'pmi ... 
-Xo'p. Ishlarizga omad tilayman. O'zizni ehtiyot qiling. 
-Rahmat Maftun ... Sen ham o'zingni ehtiyot qil. Ko'rishguncha ... 
-Xo'p. Ko'rishguncha ... Xayrlashib ishxonaga qaytdim. Давоми Бор..........
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 724 | | Теги: HAYOT SINOVLARI 2-qism | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Avgust 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz