" Bu yerlardan qochib ketamiz..."" (Sabr bilan o'qing. Aminman ko'zingizga yosh keladi) Hayot qizig'-a? Gohida mehribon, gohida beshavqat, goh quvonch, goh g'am ... Hayotimizning eng go'zal damlarini "baxt" deb ataymiz. Bu hayotga baxtli yashash uchun kelganmiz. Ammo bu oson emas. Hayotning son- sanoqsiz qiyinchilig-u, mashaqqatlari mavjud. Chunki bu sinovli dunyo ! Ushbu sinovlarning eng shirin dardliligi, bu "Muhabbat" ! Aytilishini o'zi bir, juda ham hayajonli. Qalbingiz o'zgacha bir olamda yashayotgandek o'zgarishlarning kuzatilishi ham, bu "Muhabbat" tuyg'usi sababli. Ilgari bu so'zga uncha tushunmasdim va shu so'zni eshitsam jahlim chiqardi. Nimaga, deysizmi ? Chunki har kun kechqurun muhabbat seriallari berardi. Oyim ko'rardila. Televizor shovqinidan ko'zimga uyqu kelmasdi. Qaniydi bitta serial bersayu, televizorni o'chirishsa. Afsus, unday emas. Biri tugashi bilan, ketidan boshqa kanalda yana bittasi. "Muhabbat mojarosimiyey", "Qalbim chechagimiyey", "Esmeraldamiyey" ... Voy-dod deb baqirgim kelardi. Muhabbat nimaligini tushunmaganingdan keyin, serialni ham ko'rishing kelmas ekan. Bitta serialdan qutulsang, ertaga yana bittasi paydo bo'ladi. Reklamalarini-ku aytmasam ham bo'ladi. "Yoshlar teleradiokanalida yana bir yangi serial "Muhabbat faloncha- falonchasi" !" Eng asabimga tegadigani ham, manashu edi. Bir marta reklama qilsa-ku mayli desangiz. Yo'q, bular har 15 minutda ko'rsatishi kerak. Tovba ...
Shu tariqa kunlar o'ta boshladi. 2009 - yilning aprel oyiga kelib men, birinchi bor "Muhabbat" nimaligini tushundim. Umrimda birinchi bor sevib qoldim va "Muhabbat" tuyg'usiga e'tibor beradigan bo'lib qoldim. Singlimni, aprel oyida tug'ilgan kuni edi. Uyda erta tongdan tayorgarlik ko'ra boshlagan singlim, dugonalari kelishini aytdi.
-Ha erkatoy singlim, tug'ilgan kuning bilan. -Rahmat akajon !Voy to'xtangchi, faqat tilak xolosmi ? -Aha, yana nima bo'lishi kerak ? -Sovg'a qani ? -Qanaqa sovg'a ? Tilakga ham shukur qil ... Odatda singlim bilan ko'p hazillashib turardik. Bu safar ham hazil qilmoqchi edim. Shunda singlim: -Sizdan xafaman ... Birinchi sizdan sovg'a kutgandim. ( Biroz xafa holda ) -Unda qo'lingni berchi. -Nimaga ? -Hozir ko'rasan. -Yo'q ! -Voy, qo'ysangchi singlim. Arazlama endi. Axir bugun tug'ilgan kuning. -Hmm ... Ha-Mayli ... -Bu senga. Tug'ilgan kuning bilan, o'zimni go'zal singlim. -Iye, nima-bu ? -Ochib ko'r. -Hozir ...Voooy, tumormi ? Buncha chiroyli. Sovg'a yo'q deb o'tirgandiz-u ? ... -Hazil qildimda. Singlimga sovg'a ololmasam,nima qilib yuribman. -Rahmat akajon ! Sizni juda ham yaxshi ko'raman. -Men ham singlim. Ha aytgancha, oyim va dadam ko'rinmaydila ? -Buvimlarnikiga ketuvdila. Biron soatda qaytarkanla. Dadam: "Akang uyg'onsa ishxonaga ham bir borib, xabar olsin" dedila. Sizga nonushta tayyorlab qo'yuvdim. Oshxonaga kirib ovqatlanib oling. -Aha, xo'p.Bo'lmasa tayorgarlikni davom etdiraver. Biron nima kerak bo'lsa, bemalol menga aytgin xo'pmi. -Xo'p bo'ladi akajon ...
Ishxonaga bordim va qaytishda barcha kerakli mahsulotlarni keltirib berdim. Soat 10:30 lar chamasi Elyor degan o'rtog'im uyimiz keldi. Kompyuterda bir ishni tushunmayotganini va ko'rib berishini aytdi. Shundan so'ng u bilan xonamda suhbatlashib o'tirdik ... Soat 11:40 lar chamasi eshik qo'ng'irog'i jiringladi. 3 - 4 bor jiringladi ... -Singlim, eshikga qarachi, kimdir keldi. -Akajon,o'ziz ochaqoling. Qo'lim biroz ho'l. Ovqatni tayorlayotgandim. -Ob-bo ... Xo'p, hozir. Eshikni ochdim. Singlimni dugonalari kelishibdi. Bu dugonalari ichida esa ....... Men muhabbatimni uchratdim. Aniqrog'i, juda ham chiroyli husni, qosh-u ko'zlari bilan bir qiz, meni o'ziga maftun etdi. Nima deyishni bilmay, o'zimni yo'qotib qo'ydim. Taqdirni ishimi-bu bilmadim, aynan o'sha qiz so'z boshladi. -Salom. Shahnoza uydalami ? Biz dugonalari bo'lamiz. -A-a-a ... Ha-ha uyda, uyda. Kelinglar. Marhamat. Singlim, dugonalaring kelishdi. -Hozir, ketyapman akajon. -Marhamat, mehmonxonaga kiringlar. Xush kelibsizlar ... Singlim ham keldi va ular bilan ko'rishdi. Men esa, negadir birdan o'zgarib, o'zimni yo'qotib qo'ydim. Xonamga kirdim. Xayolparishon bo'lib,o'rtog'imni gaplarini eshitmabman. Muhabbat shunchalik ham sehrli bo'ladimi-a ? "Muhabbat, inson qalbiga kutilmaganda kirib keladi"deganlari rost ekan ... -O'rto ? Bu kompyuterga bir qaragin. Zagruzka qilib bo'ldi. Hey ? Eshityapsanmi ? -A ... Ha-ya uzr ... Hozir. -Tinchlikmi ? Birdan o'zgarib qolding ? -Hech gap yo'q Elyor. Tinchlik Shunchaki o'zim. -Aldama ! Iye, shoshmachi. O'rtog'im eshikdan chiqdida, mehmonxonaga qaradi. Uyerdagi singlimni dugonalarini ko'rib, xuddi sezganday oldimga kelib, kula boshladi. -Ha, nimaga kulyapsan ? -Qaysi biri Otabek ? -Nima deganing bu ??? -O'zingni bilmaganga olma o'rto. -E, nimalar deyapsan ? Hechnarsani bilmayman. -Qo'ysangchi,yashirma endi. Qaysi biridir yuragingdan urgani aniq. Ha-ha- ha bu aniq ! Mendan yashirolmaysan. -E bo'ldi qil.Boshqa gap yo'qmi ? Kel yaxshisi kompyuterdagi ma'lumotlarni to'g'irlaylik. Shunaqa deb gapni olib qocha boshladim. Lekin o'rtog'im baribir sezardi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, singlim oldimga keldi. -Akajon, ovqatni suzyapman. Qayerda yeysizlar ? Oshxonadami yoki xonangizga olib kelay ? Menga gapirishni o'rniga, Elyor gapira ketdi. -Shahnoz, yaxshisi sizlar bilan ovqatlanaylik. Otabek ham menimcha bunga qarshi emas ... (Tirjayib) O'rtog'imni bu gapidan jahlim chiqib ketdi. -E jinni, nimalar deyapsan ? Singlim bunga e'tibor berma. Ovqatni yaxshisi xonamga keltira qol. Shu yerda ovqatlanamiz. -Xo'p bo'ladi akajon. Hozir. -Rahmat singlim. Senga qarashib yuboraman. -Yo'q, siz o'tiravering. Dugonam yordamlashyapti. -Voy, mehmonni ovori qilib qo'yamiz-ku. -O'zi deyarli ish yo'q. Hamma narsa tayyor. Ovqatni suzamiz xolos. -Ha mayli ... O'rtog'im bilan kompyuter ishlarini davom etdirdik. Biroz vaqdan so'ng xonam eshigi taqqilladi. -Kiraqo singlim, eshik ochiq. -Kechirasiz ... Mana ovqat. Dasturxonni hozir olib kelaman. (Past ovozda) Hayron bo'lib arasam, u singlim emas, meni o'ziga maftun etgan qiz ekan. Yugurib turib qo'lidan ovqatni oldim. -Voy, sizni ovora qilib qo'yibmiz-ku. Qo'ying, hozir dasurxonni o'zim olib kelaman. Siz mehmonxonaga chiqing ... Xijolat bo'lib ketganimdan o'shanda nima deyishni ham bilmay qoldim. O'rtog'im esa tinmay kulib, asabimga tegardi. Oshxonaga borib, qolgan narsalarni olib keldim. Ovqatlanayotib fikr- u xayolim, o'sha qizda edi. Eshikni ochganida, qo'lida ovqat bilan yerga qarab turgan nigohlari, hech xayolimdan ketmasdi. Nahotki sevib qoldim ??? Ovqatlanib bo'lganimizdan so'ng, biroz vaqt o'tib, oyim va dadam ham kelishdi. Meni xayolim esa, hali ham o'sha qizda edi. Yolg'ondan "Suv ichib kelay" deb xonamdan chiqib, uni bir bor uzoqdan bo'lsada, ko'rishga oshiqardim. Shu tariqa 2 - 3 soat tug'ilgan kun o'tdi. Singlimning dugonalari ketishayotganda ham, eshikdan sekingina qarab qo'yardim. Uni yana bir bor ko'rish uchun ... Anavi jinni o'rtog'im Elyor esa, ustimdan kulishdan to'xtamasdi. Dugonalari ketishdi. O'rtog'imni ishini bitkazib berdim. U ham ketdi. Keyin singlimni oldiga kelib, o'sha qiz haqida bilmoqchi bo'ldim. Aslida, qanday so'rashni, nima deyishni ham bilmasdim ... -Shahnoz ... -Labbay ? -Haligi ... -Nima akajon ? -Nima desam ekan ... -Xo'sh ? ... -Tug'ilgan kun yaxshi o'tdimi singlim ? -Ha rahmat. Xudoga shukur, hammasi zo'r o'tdi. Sizga ham rahmat. -Yaxshi. Xursandman ... -Akajon, negadir parishonxotirsiz. Nimadir bo'ldimi ? Menga nimadir demoqchiga o'xshaysiz. Tinchlikmi ishqilib ? -Tinchlik singlim. Hech gap bo'lgani yo'q. Xavotir olma. Shunchaki o'zim. Men bora qolay. Ishxonaga ham bir o'tib kelaman shunday. -Xo'p, mayli akajon. Yaxshi boring ... Men singlimga aytolmadim. Jur'atim yetmadi. Yo'lda ketyapman-u, fikr-u xayolim o'sha qizda edi. Ismi nima ekan, qayerda turar ekan deb qiziqa boshladim. Ammo, qanday qilib bilishni, bilmasdim. Uyga qaytdim. Kechqurun oila a'zolarim bilan singlimni tug'ilgan kunini nishonladik. O'sha kuni kechqurun, ko'zimga uyqu kelmadi. Eh Muhabbat ... O'ylay-o'ylay u haqda o'rtog'im Elyorga aytishga va dardlashishga qaror qildim. Ertasi kuni o'rtog'im bilan Xiyobonga chiqdik va bor gapni unga aytdim. Давоми Бор...........